O‘zbekiston respublikasi maktab va maktab ta’limi vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


CHAQQONLIKNI TARBIYALASH METODIKASI



Yüklə 0,92 Mb.
səhifə12/52
tarix14.12.2023
ölçüsü0,92 Mb.
#177149
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   52
JMN va M. UMK 4-kurs Sirtqi

CHAQQONLIKNI TARBIYALASH METODIKASI.

Reja:


  1. Chaqqonlikka ta’rif.

  2. Chaqqonlik turlari.

  3. Chaqqonlikni rivojlantirish vosita va metodlari.

  4. Chaqqonlikning inson organizmiga ta’siri.

Harakatlarning koordinatsiyaviy murakkabligi chaqqonlikning birinchi o‘lchovidir. Agar harakatning fazo, vaqt, kuch xarakteristikalari harakat vazifasiga mos bo‘lsa, harakat yеtarli darajada aniq bo‘ladi, harakat vazifalari harakatning aniqligi tushunchasini keltirib chiqaradi. Harakatning aniqligi chaqqonlikning ikkinchi o‘lchovidir.


Hayotda va sportda duch kelishi mumkin bo‘lgan barcha harakatlarni ikki guruhga ajratamiz.
1. Nisbatan stereotip harakatlar. 2. Nosteriotip harakatlar.
Yengil atletika yo‘lkasida, tekis joyda yugurishlar, uloqtirish va sakrashlar, gimnastika mashqlari, birinchi guruh harakatlariga, sport o‘yinlari, yakkama-yakka olishuv, slalom, kross va shu kabilar ikkinchi guruhga kiritiladi. Stereotip harakatlardagi aniqlik, kishi bu harakatlarni bajarishning qanchalik uzoq mashq qilganligiga, va uni texnikasini o‘zlashtirganligiga bog‘liq. Agar inson to‘g‘ridan-to‘g‘ri, tayyorgarliksiz yangi harakatlarni birdaniga bajara boshlasa, harakatni o‘zlashtirib olishi uchun vaqtni turlicha sarflanishiga qarab chaqqonlikka baho beriladi. Shuning uchun yangi harakatni o‘zlashtirib olishga ketgan vaqt shug‘ullanuvchida chaqqonlik sifatining ko‘rsatkichlaridan biridir.
Yuqorida aytganlarni hisobga olib, birinchidan chaqqonlikni yangi harakatlarni tezda o‘zlashtirib olish qobiliyati (tez o‘rganish qobiliyati), ikkinchidan, harakat faoliyatini to‘satdan o‘zgarayotgan sharoit talablariga muvofiq tezda qayta moslash deb tushunish to‘g‘ri bo‘ladi. Bu ta’rifimizdan ko‘rinib turibdiki, chaqqonlik – bu baholash uchun yagona o‘lchovga (kriteriyga) ega bo‘lmagan murakkab kompleksli fazilatdir. Har bir muayyan holda, sharoitga qarab u yoki bu kriteriyni tanlab oladilar. Chaqqonlik anchagina xususiy fazilatdir. Sport o‘yinlarida chaqqon bo‘lib, gimnastikada unchalik chaqqonlik ko‘rsata olmaslik mumkin. Chaqqonlikning hayotiy muhim harakat sifati tarzida namoyon bo‘lishi gavdaning nisbatan kam harakatda bo‘lgani holda, qo‘llar bilan mohirona harakat qilishda qo‘l chaqqonligini namoyon bo‘lishi (ajratuvchi, uymakorlik, duradgorlik, stanokda ishlash, kosiblik va boshqalarda) ko‘zga tashlanadi. Har qanday harakat qanchalar yangi bo‘lib tuyulmasin, doimo koordinatsiyaviy bog‘lanishlar asosida bajariladi.8
Sxema tarzida har qanday individ yangidan-yangi harakatlarning barchasini oldindan o‘zlashtirgan tajribalari zahirasi asosida o‘zlashtiradi va mustahkamlangan, g‘oyat ko‘p elementar koordinatsiyaviy bo‘lak chalarning yig‘inini tuzadi. Kishida harakatlar koordinatsiyalarining zahirasi, harakat ko‘nikmalari zamini qanchalik ko‘p bo‘lsa, u yangi harakatlarni shuncha tez o‘zlashtirib oladi. Unda chaqqonlik darajasi aytarli yuqori bo‘ladi. Chaqqonlikning namoyonlik darajasi analizatorlar faoliyatiga, jumladan, harakat analizatorlarining faoliyatiga bog‘liqdir. Individning harakatlarni aniq tahlil etish qobiliyati qanchalik rivojlangan bo‘lsa, yangi harakatlarni tez egallab, ularni qayta o‘zlashtirish, yangilash imkoniyatlari shunchalik yuqori bo‘ladi. Sport bilan endigina shug‘ullana boshlagan kishilardi harakat tuyg‘usi (kinesteziya) ko‘rsatkichlari zahirasiga tayanib o‘rgatish (o‘qitish) jarayoni yo‘lga qo‘yiladi. Boshqacha qilib aytsak, shug‘ullanayotganlarda o‘z harakatlarini aniq sezish va idrok qilish qobiliyatlari qanchalik yaxshi bo‘lsa, yangi harakatlarni ular shunchalik tez o‘zlashtiradilar. Chaqqonlik markaziy nerv sistemasining plastikligiga ham bog‘liq va uning darajasi shu bilan aniqlanadi. Chaqqonlik, psixologiya nuqtai nazaridan, o‘zharakatlarini va tevarak-atrofidagi harakatni ijro etish, sharoitni idrok etish qobiliyati qanchalik ekanligiga, shuningdek, shug‘ullanuvchining tashabbuskorligiga bog‘liq. Bu harakat sifati murakkab harakat reaksiyalarining tezligi va aniqligini namoyon qilishda juda muhim rol o‘ynaydi.
Chaqqonlikni rivojlantirishi usuliyati bilan tanishib chiqsak. Birinchidan-chaqqonlikni rivojlantirish koordinatsiya jihatdan murakkab harakatlarni bajarishni, ikkinchidan - harakat faoliyatini to‘satdan o‘zgargan sharoit talablariga muvofiq ravishda qayta tuza olish qobiliyatini tarbiyalashdan iboratdir. Bunda chaqqonlik uchun zarur bo‘lgan o‘z harakatlarini fazo va vaqtda aniq idrok etish, lozim bo‘lsa, stabil harakatlar qila bilish, muvozanat saqlay olish, galma-gal zo‘r berish va muskullarni bo‘shattirish yoki, aksincha, muskullarni taranglashtirish qobiliyati va shunga o‘xshash boshqa xususiyatlarni tanlab takomillashtirish muhim ahamiyatga ega. Demak “chaqqonlik” deganda, harakatlar koordinatsiyalarning umumiy to‘plami-yig‘indisi tushuniladi.
Chaqqonlikni rivojlantirish va tarbiyalashning asosiy yo‘li yangi xilma-xil harakat malakalarini va ko‘nikmalarini shakllantirish demakdir. Bu esa harakat malakalarining zahirasi ortib borishiga sabab bo‘ladi va harakat analizatorlarining funksional imkoniyatlariga samarali ta’sir ko‘rsatadi. Yangi harakatlarni o‘zlashtirish uzluksiz bo‘lgani yaxshi. Agar uzoq vaqt oralig‘ida yangi harakatlarni o‘rganish rejalashtirilgan bo‘lsa ham, o‘quvchilarga vaqti-vaqti bilan o‘zlariga ma’lum bo‘lmagan mashqlarni bajarib turish tavsiya etiladi. Chunki yangi harakatlar (mashqlar) o‘zlashtirib turilmasa shug‘ullanuvchini harakatga o‘rgatish qiyinlashadi. Bunday mashqlarni to‘la o‘zlashtirib olish shart emas, chunki u shug‘ullanuvchilarning qandaydir yangi harakatlarni his qilib turishlari uchun zarur. Bu kabi mayda-chuyda harakatlarni, odatda, aktiv dam olish uchun ajratilgan kunlardagi trenirovka jarayoni tarkibiga kiritiladi. Chaqqonlikni rivojlantirishda yangi harakatlarni o‘zlashtirib olish qobiliyati sifatida har qanday ihtiyoriy harakatdan foydalanish mumkin, lekin ular faqat mashq tarkibidagi yangi elementlar bo‘lgani uchungina o‘rganiladi. Malaka avtomatlashib borgan sari shu jismoniy mashqning chaqqonlikning rivojlantirish vositasi tarzidagi ahamiyati kamayib boradi. Harakat faoliyatini tez va maqsadga muvofiq qayta to‘zish qobiliyati to‘satdan o‘zgargan sharoitdagi ta’sirlarga darhol javobning berilishi chaqqonlikni rivojlanayotganligidan dalolat beradi. Bunda yuklamaning o‘zgarishi sodir bo‘ladi, chaqqonlikni rivojlantirishga yo‘naltirilib yuklamani oshirish shug‘ullanuvchilarga koordinatsiyaviy qiyinchiliklarni oshiradi. 9
Ular yеngishi lozim bo‘lgan koordinatsiyaviy qiyinchiliklar uch guruhga bo‘linadi:
1. Harakatlarning aniqligiga erishishdagi qiyinchiliklar;
2. Ularning o‘zaro moslasha olishidagi qiyinchiliklar:
3. Birdaniga, qisqa, o‘zgargan sharoitda duch kelinadigan qiyinchiliklar.
Amaliyotda qayd qilingan qiyinchiliklarni oson hal qilish uchun, asosan, L.P. Matveevning chaqqonlikni tarbiyalash uslubiyatidan ko‘proq foydalaniladi:
1. G‘ayritabiiy, g‘ayri oddiy dastlabki holatdan foydalanish (zarur bo‘lgan tomonga orqa bilan turib uzunlikka sakrashlar vah. k).
2. Mashqni oynaga qarab bajarish (diskni chap qo‘l bilan uloqtirish yoki bokschini chap tomonlama turib zarba berishi).
3. Harakatlar tezligi va sur’atning o‘zgartirish (masalan, tezlashtirilgan usulda yoki sekinlashtirib mashqlar bajarish).
4. Fazoda mashqlar bajarilayotgan chegaralarni o‘zgartirish (masalan, uloqtirishda snaryadlarni kichiklashtirilgan aylanadan uloqtirish yoki maydoni satxi kichiklashtirilgan sport o‘yinlaridan foydalanilanish, chunki keng maydon tor maydonga nisbatan chaqqonlikni namoyon qilish uchun qulaylik tug‘dirmaydi; balandlikka turli usul bilan: orqamachasiga, oldi, yonlama, aylanib yugurib sakrash va hokazolar).
5. Qo‘shimcha harakatlar kiritib mashqlarni murakkablashtirish (masalan, еrga tushish oldidan qo‘shimcha burilishlar qo‘shib, tayanib sakrash va boshqalar).
6. Tanish mashqlarni oldindan rejalashtirmay, ma’lum bo‘lmagan tarzda qo‘shib bajarish (masalan, gimnastik kombinatsiyalarini ko‘rgan va o‘qitgan zahoti bajarish musobaqasi va shunga o‘xshashlar).
7. Juft va gruppa bo‘lib bajariladigan mashqlarda shug‘ullanuvchilarning bir-biriga ko‘rsatadigan qarshiliklarini o‘zgartirish (masalan, o‘yinlarda turli taktik kombinatsiyalarni qo‘llash, mashqlarni bajarishda tez-tez sheriklarni o‘zgartirish).
Chaqqonlikni nisbatan xususiy bo‘lgan sifatlaridan biri muskullarni ratsional bo‘shashtira bilishni o‘rganish va uni takomillashtirishdir. Har qanday harakat ma’lum ma’noda muskullarni ko‘zg‘alishi va bo‘shashtirilishining natijasidir. Ko‘zg‘alishdek, bo‘shashtirish (lozim bo‘lgan muskulni, lozim bo‘lgan paytda) ni bilish har qanday harakatni samarali bajarishda muhim rol o‘ynaydi. Harakatni qoyilmaqom qilib bajarish uchun vaqtincha bo‘shashib turishi kerak bo‘lgan muskullar guruhining tarangligi harakatni bajarish uchun lozim bo‘lgan bemalollik (bo‘g‘iqliq) ni, harakatni erkin bajarishni yo‘qqa chiqaradi. Harakatni bug‘iq, emin-erkin bajara olmasak ruhiy va muskul tarangligi orqali sodir bo‘ladi deb uni ikki guruhga ajratiladi. Ruhiy taranglik asosan his-hayajonga sabab bo‘ladigan faktorlar (kuchli raqibni ko‘rish, musobaqalashadigan muhit, tomoshabinlar va h.k.) orqali sodir bo‘ladi va chaqqonlikkagina emas, organizmning boshqa funksional hamda jismoniy sifatlariga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bu diqqatni to‘play olmaslik, faoliyat tarkibidagi o‘zgartirish qilishda kechiqish, harakatlar ketma-ketligini bo‘zilishi va boshqalar tarzida namoyon bo‘ladi. Bu noqulayliklar bilan ko’rashish yo‘llari haqida “Sport psixologiyasi” fanida lozim bo‘lgan ma’lumotlarni olish mumkin. Ruhiy taranglik albatta muskul tarangligini sodir bo‘lishi bilan kuzatiladi.
Muskul tarangligi turli sabablar orqali vujudga kelib quyidagi qayd qilingan uch shaklda namoyon bo‘ladi: a) muskul tonusini ortishi (gipermoiotoniya) orqali muskul taranglashishi; b) o‘ta tez bajarish oqibatida muskulni taranglikdan tushishga, bo‘shashishga ulgurmasligidan sodir bo‘ladigan taranglik; v) koordinatsiyaviy, (takomillashmagan koordinatsiya sababli muskul bo‘shashishi fazasida bir oz qo‘zg‘aluvchanlikni mavjudligi orqali sodir bo‘ladigan) taranglik.10
Qayd qilingan chaqqonlikni namoyon bo‘lishiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan muskul tarangligini yеngish usullari sport fiziologiyasi va jismoniy tarbiya nazariyasi fanlari orqali o‘rganiladi.
Chaqqonlikni rivojlantiruvchi mashqlar tez charchatadi. Bunday mashqlarni bajarishda muskullar nihoyatda aniq va yuqori darajadagi sezgi talabiga muhtoj bo‘lib, charchash sodir bo‘lganda, mashqni bajarish kam samara beradi. Shunga ko‘ra organizm sarflangan energiyani nisbatan to‘liq tiklanishi uchun yеtarli bo‘lganda dam olish oraliqlaridan (intervaldan) foydalaniladi. Yuqori darajada energiya sarflash bilan bajarilgan mashqlardan so‘ng chaqqonlikni tarbiyalaydigan mashqlarni bajarish biz kutmagan natijani beradi.

3-MAVZU. EGILUVCHANLIKNI TARBIYALASH. CHIDAMLILIKNI TARBIYALASH.





Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin