O‘zbekiston respublikasi maktab va maktab ta’limi vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti



Yüklə 0,92 Mb.
səhifə14/52
tarix14.12.2023
ölçüsü0,92 Mb.
#177149
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   52
JMN va M. UMK 4-kurs Sirtqi

CHIDAMLILIKNI TARBIYALASH.
Reja:

  1. Chidamlilikga ta’rif.

  2. Chidamlilik turlari.

  3. Chidamlilikni rivojlantirish vositalari va metodikasi.

  4. Charchash.

Muskul ishi faoliyatida jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish davomida charchoqka qarshilik ko‘rsatish darajasi chidamlilik sifati deb ataladi.
Jismoniy mehnat (sport faoliyati) ni bajarayotgan kishi sekin asta o‘z faoliyatni davom ettirishi qiyinlashayotganligini sezadi. Ter quyuilib oqa boshlaydi, yuzida qizillik kuchayadi, rangi o‘zgaradi, muskullarida horg‘inilik sezadi, harakat koordinatsiyasi, harakat texnikasi tarkibidagi elementlarning bajarish ketma-ketligi bo‘ziladi, nafas olishi ritmi chuqurligi o‘zgaradi. Bajarayotgan harakati tarkibida qo‘shimcha keraksiz harakatlar paydo bo‘ladi, qo‘shilib qoladi. Bunga asosan, organizmda kechayotgan fiziologik, biokimyoviy va biomexanik o‘zgarishlar sabab bo‘ladi. Faoliyatni davom ettirish esa ruhiy, irodaviy va boshqa sifatlar evaziga bajariladi. Bunday holatni konpensatsiyali charchoq fazasi deyiladi.
Agarda iroda namoyon qilish darajasini ortganligiga qaramay, ish intensivligi pasaya borsa, konpensatsiyasiz charchoq fazasi boshlanganligini kuzatamiz.
Charchoq o‘zi nima? Mehnat (mashq qilish) davomida ish qobiliyatining vaqtinchalik susayishi CHARCHOQ deyiladi. Bir xil ish faoliyati davomida charchoq turli kishilarda turlicha bo‘lishi amaliyotda isbotlangan. Chunki, har bir individning chidamliligini rivojlanganligi turlichadir.
Bobkalonimiz Abu Ali ibn Sinoning ilmiy merosidan charchash mavzusiga katta e’tibor berilgan. Bir minginchi yili yozishni boshlab, bir ming yigirma to‘rtinchi yili mukammal tarixiy ilmiy asarga aylangan «Kitob ul qonun fit Tib”da surunkali jismoniy mashq bajarish charchoqni vujudga keltirishiga to‘xtalib uni to‘rt xilga ajratib izoh bergan:
1. Yarali charchash – unda terini yuzida yoki tagida yara kabi narsa seziladi.
2. Qotib charchash – unda kishi go‘yo gavdasini ezilgan yoki majag‘langan gumon qilib tanasida issiqlik va bo‘shashishni sezadi.
3. Shishli charchash – bunda tana odatdagidan qizarganroq bo‘lib, g‘ovlaganga o‘xshashhissiyat sezadi.
4. Ozib charchash – unga uchragan kishi gavdasini qurigan va kovjiraganroq sezadi.
Jismoniy tarbiya amaliyotida aqliy, jismoniy, emotsio-nal, sensor charchoqlarni farqlashimizga to‘g‘ri kelmoqda.
Chidamlilik vositalar va vositalarsiz o‘lchanadi. Chidamlilikni vositali o‘lchash uchun ma’lum tezlik bilan yugurish tavsiya qilinadi, hamda o‘sha intensivlikni bo‘shashtirmay ushlay olish vaqti (tezlikni susayishi boshlangunga qadar)hisoblanadi. Shuning uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri chidamlilikni o‘lchash juda noqulay. Ko‘proq vositasiz ulchashdan foydalaniladi. Sport amaliyotida, uzoq masofaga (10.000 m; 20.000 m) yugurish uchun sarflangan vaqtiga qarab chidamlilikga baho beriladi.
Kishining harakat faoliyati turlichadir. Charchoqning xarakteri va mexanizmiga qarab maxsus va umumiy chidamlilik farqlanadi. Tanlab olingan (ixtisoslik) sport turi yoki mehnat faoliyati uchun talab qilinadigan chidamlilikni maxsus chidamlilik, boshqa hayotiy sharoitdagi faoliyat uchun lozim bo‘lgan chidamlilikni umumiy chidamlilik deyiladi. Bokschining maxsus chidamliligi, futbolchining umumiy chidamliligi degan iboralar dan amaliyotda foydalanilmoqda.
Yugurish, suzish, chang‘ida yurish, qayiq xaydash kabi sport turlarida deyarli barcha muskullar harakat faoliyatida ishtirok etadi. Shuning uchun charchoq ayrim muskullar guruhida hamda organizmning barcha muskullarida bo‘lishi chidamlilikni maxsus va umumiyligini keltirib chiqaradi va shakl jihatdan bir xil bo‘lgan mashqlarni turli intensivlikda bajarish imkonini yaratadi. Bunda chidamlilik ham turlicha namoyon bo‘ladi. Shuning uchun jismoniy mashqlarni bajarishda organizmning charchoqqa nisbatan talabi turlicha bo‘ladi.
Chidamlilik talab qilinadigan mashqlarni bajarishda insonning funksional imkoniyatlari, bir tomondan, lozim bo‘lgan harakat malakalari va texnikani egallanganligi darajasiga bog‘liq bo‘lsa, boshqa tomondan, organizmning aerob va anaerob (kislorodli, kislorodsiz) imkoniyatlariga bog‘liq. Nafas imoniyatlarining xususiyligi nisbatan yuqori emas, ularharakatni tashqi formasigaham aytarli bog‘liq bo‘lmaydi. Shuning uchun yugurish mashqi yordamida o‘zini aerob imkoniyatlarining darajasini oshirgan shug‘ullanuvchi boshqa harakatlarni, masalan, eshkak eshish, yurish, velosipedda yurish mashqlarni bajarishdaham o‘zining chidamliligidan ijobiy naf oladi. Misol, yurish va yugurishdagi harakatlarning koordinasiyaviy tuzulishi va tezlik, kuch xarakteristikasi ko‘phollarda turlicha. Trenirovka orqali yugurishda erishilgan tezlikni yaxshilanganligi yurushni maksimal tezligiga ijobiy yoki sal-biy ta’sir ko‘rsata olmaydi. Ya’ni “ko‘chish” yo‘q. Yugurish tezligi yurish tezligini o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatmagan. Lekin uzun masofadagi shug‘ullanganlik bir vaqtni o‘zida yurish bilan yugurishda biri-biriga «ko‘chishi» mumkinligi ilmiy-amaliy isbotlangan (V.M.Zatsiorskiy va boshqalar). Demak, koordinasiyaviy biri-biriga yaqin bo‘lgan harakatlarni bajarishda sportchi organizmining vegetativ sistemasini funksional imkoniyatini e’tiborga olsak umumlashtirilgan holat, shartli aytilganda, “vegetativ” shug‘ulaganlik chidamlilikning “ko‘chi-shi” (o‘tish)ga qulay imkoniyat ochiladi. Lekin har bir holatda ko‘chish ro‘y bermasligi organizmning energiyasi imkoniyatlariga, harakatlarning barcha sifat xususiyatlariga talab qo‘ymay, harakat malakalarining o‘zaro muvofiqlashuvi xarakteriga ham bog‘liq bo‘ladi.
Umumiy va maxsus chidamlilikning aniq vazifalarinihal qilish og‘ir, ko‘ngilga tegadigan darajadagi bir xil va eng kattahajmdagi og‘ir ishni bajarishni taqazo qiladi. Charchash toliqishga aylana boshlanganda ham mashqni to‘xtatmaslik talab qilinadi. Bu esa ruhiy tayyorgarlikning namoyon bo‘lishi uchun yuqori darajada katta talabni qo‘yadi.
Chidamlilikni rivojlantirish mehnatsevarlikni, katta yuklamalarga, shuningdek, nihoyatda horg‘inlik hissiga bardosh berishga tayyor turishni tarbiyalash bilan olib boriladi. Sportchilar mashg‘ulotda ozmi-ko‘pmi charchoqni his qilsalargina, ularda chidamlilik ortib boradi. Bu esa tashqi tomondan chidamlilikning ortib borishida namoyon bo‘ladi. Moslashuv o‘zgarishlarning miqdori va qay maqsadga qaratilganligi, trenirovka yuklamalari natijasida organizmdagi javob reaksiyasi xarakteri darajasi bilan belgilanadi.12
Chidamlilikni tarbiyalashda yuklamini kriteriyasi va komponentlari muhim ahamiyat kasb etadi. Chidamlilik mashg‘ulotlar davomida sportchini bir oz bo‘lsada charchashnihis qilishi orqali rivojlanishiga e’tibor bersak yuklamadan so‘ng tiklanish juda oz vaqt ichida sodir bo‘lsa chidamlilikni rivojlanmasligi ma’lum bo‘ladi. Ishhajmi katta bo‘lib charchoqhis qilish bilan bajarilsa organizm yuklamaga moslasha boshlaydi va qator mashg‘ulotlardan so‘ng chidamlilikni ortib borayotganligi ko‘zga tashlanadi. Moslashuv organizmdagi o‘zgarishlar darajasi, yuklamaga javob reaksiyasi xarakteri, uni ko‘lami yo‘nalishi orqali sodir bo‘ladi. Har xil tipdagi yuklamada charchoq bir xil bo‘lmaydi.
Siklik mashqlarni bajarishda chidamlilik uchun yuklamaning to‘la tavsifini quyidagi besh komponentda ko‘rishimiz mumkin;
1) mashqni absolyut intensivligi (harakatlanish tezligi);
2) mashqni davomiyligi (uzunligi);
3) dam olish intervalining katta kichikligi;
4) dam olishning xarakteri (aktiv yoki passiv);
5) mashqni takrorlashlar (qaytarishlar) soni;
Bu komponentlarni bir-biri bilan o‘zaro uzviy olib borish orqali berilgan yuklama organizmning faqat javob reaksiyasi ko‘lamigagina emas, hatto uning sifati xususiyatiniham turlicha bo‘lishiga olib kelishi amaliyotda isbotlandi. Yuqorida qayd qilingan komponentlarni ta’sirini siklik mashqlar misolida ko‘rib chiqamiz:
1. Mashqni absolyut intensivligi faoliyatni energiya bilan taominlash xarakteriga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir qiladi. Harakatlanishning tezligini pastligida katta energiya sarflanmaydi. Sportchini organizmini kislorodga talabining ko‘lami uni aerob imkoniyatlaridan oz. Bunda kislorodga bo‘lgan joriy talab, agarda, ishni boshlanishida nafas jarayoni yеtarli darajada yo‘lga qo‘yilib ulgurmagan payitdagi kislorodga muhtojlikni ko‘p emasligini hisobga olmasak, sarflanayotganini o‘rnini qoplamaydi va ish xaqiqiy turg‘unholatdagi sharoitda bajariladi. Bunday tezlik subkretik tezlik deb nomlanadi. Subkretik tezlik zonasida kislorodga muhtojlik taxminan harakatlanish tezligiga to‘g‘ri proporsiyada bo‘ladi. Agarda sportchi tezroqharakatlanayotgan bo‘lsa kretik tezlikka erishadi, bu еrda kislorodga muhtojlik uni aerob imkoniyatlariga teng. Buholda ishning bajarilishi bilan kislorod sarflanishining ko‘lami maksimal darajada debhisoblanadi. Kretik tezligi qanchalar yuqori bo‘lsa sportchini nafas imkoniyati shuncha yuqori bo‘ladi. Tezligi kretik tezlikdan yuqoriligi uchun yuqori kretik tezlik deb nomlanadi.
Yuqori kretik tezlik zonasida energetika mexanizmi samaradorligini ozligidan kislorodga muhtojlik tezlashadi,harakat tezligiga nisbatan ortadi. Taxminan kislorodga muhtojlik tezlikni kubiga nisbatan proporsional oshadi (Xill A.B.). Masalan, yugurish tezligini 6 dan 9 m. sek.ga oshirilsa (ya’ni 1.5 marta) kislorodga muhtojlik esa taxminan 3,3-3,4 martaga ortadi. Bu degani, tezlik bir ozgina oshirilsa kislorodga muhtojlik ahamiyatli darajada ko‘payadi. Bu o‘z navbatida anaerob mexanizmlar rolini muvofiq ravishda ko‘taradi.

Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin