O‘zbekiston respublikasi maktab va maktab ta’limi vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti



Yüklə 0,92 Mb.
səhifə15/52
tarix14.12.2023
ölçüsü0,92 Mb.
#177149
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   52
JMN va M. UMK 4-kurs Sirtqi

2. Mashqni davomiyligi masofani bo‘laklarining uzunligi va masofa bo‘ylab harakatlanish tezligi bilan aniqlanadi. Davomiyligini o‘zgartirish ikki xil ahamiyat kasb etadi. Birinchidan, faoliyatni bajarish uchun energiya qaysi manba hisobidan bo‘lishligiga qarab ishning davomiyligi belgilanadi. Agarda ishning davomiyligi 3-5 min.ga yеtmasa nafas jarayoni kerak bo‘lgan darajada kuchayib ulgurmaydi, energiya bilan taominlashni anaerob reaksiya o‘z bo‘yniga oladi. Bu shunda yuz beradiki ish nisbatan organismni holati tinch, qo‘zg‘alish jarayoni ham kuchaymagan holda bo‘lsa yoki ishgacha boshqa faoliyat bajarilgan bo‘lib, nafas jarayoni yеtarli darajada yuqori holatga ko‘tarilsa, kislorodga muhtojlik sodir bo‘lishi uchun vaqt cho‘zilishi mumkin. Mashqni davom ettirilishi me’yori qancha qisqartirilsa nafas jarayonining roli shuncha pasayadi va avvaliga glikolitik undan keyin esa kreotin fosfokinez reaksiyalarini ahamiyati ortib boradi. Shuning uchun glikolitik mexanizmlarini takomillashtirish maqsadida asosan 20 sek.dan 2 min.gacha, fosfokreotin mexanizmlarigacha 3 dan 8 sek bo‘lgan yuklamalardan foydalaniladi. Ikkinchidan, ishning davomiyligi yuqori kretik tezlikda kislorodga muhtojlikning ko‘lami aniqlansa, subkretik tezlik esa kislorodni еtkazib beruvchi, uni sarflovchi faoliyat tizimlarini uzoqroq zo‘riqishda ishlashini talab qiladi. Organizm uchun bu tizimlarni uzoq vaqt davomida mukammal ishlashini taominlash ancha og‘ir kechadi.
3. Dam olish intervalining katta-kichikligi organizmni yuklamaga javob reaksiyalari ko‘lami va uni xarakterli xususiyatlarini aniqlashda muhim rol o‘ynaydi. Takrorlash-larda organizmga bo‘ladigan ta’sir reaksiyasihar bir nagruzkadan so‘ng bir tomondan oldin bajarilgan ishga va boshqa tomondan urinishlar orasidagi dam olishning davomiyliligiga - katta kichikliligiga bog‘liq.
Katta dam olish intervali subkretik va kretik tezlik-larda mashqlarni bajarishda fiziologik funksiyani nisbatan normallashishi uchun yеtarli bo‘lib har bir urinish yoki navbatdagisi birinchi urinishdagi holatga yaqin bo‘lgan fonda boshlanadi. Bu boshlanishida energiya almashinuvining fosfo-kreotin mexanizmi qatorida tursa, so‘ng bir-ikki minut o‘tib glikoliz maksimalga ko‘tariladi va uch-to‘rt minutdan keyin nafas jarayonlari keng faoliyatini boshlaydi. Uzoq davom etmaydigan ish bajarilsa ular lozim bo‘lgan darajadagiholatga kelishga ulgurmay ish asosan ana aerob sharoitda bajariladi. Agarda dam olish intervali ozaytirilsa nafas jarayoni qisqa vaqt ichida bir ozga pasayadi holos, ishni davomi birdaniga kislorod еtkazish aktivtizimi (qon aylanish, tashqi nafas va boshqalar) hisobiga bajariladi.
Bundan xulosa shuki: subkretik, kretik tezlikda intervalli mashq bajarishda dam olishning intervalini ozaytirish yuklamani nisbatan aerob qiladi. Teskarisi, yuqori kretik tezliklarda harakatlanish va dam olish intervali kislorodga muhtojlikni yo‘qotishga yеtarli bo‘lmasa kislorod еtishmovchiligi takrorlashdan – takrorlashga qo‘shila boshlaydi. Shuning uchun bu sharoitda dam olish intervalini qisqartirish anaerob jarayonlar hissasini ortiradi-yuklamani nisbatan anaerobroq qiladi.

Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin