O‘zbekiston respublikasi maktab va maktab ta’limi vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti



Yüklə 0,92 Mb.
səhifə17/52
tarix14.12.2023
ölçüsü0,92 Mb.
#177149
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   52
JMN va M. UMK 4-kurs Sirtqi

VIII SEMESTR
1-MAVZU. JISMONIY TARBIYANING DIDAKTIK TAMOYILLARI.
Reja:

  1. Onglilik va faollilik tamoyili.

  2. Ko‘rgazmalilik tamoyili.

  3. Muntazamlilik tamoyili.

  4. Asta-sekinlik tamoyili.

  5. Ketma-ketlik tamoyili



Ta’lim jarayonida onglilik va faollilik - O‘qitishga ongli munosabat va unda shug‘ullanuvchining faolligi har qanday pedagogik jarayonning kimmatini oshiradi. Ulug rus pedagogi, ana tomi, vrachi P.F. Lesgaft ilgari surgan ta’limdagi onglilik va faollik prinsipi harakat faoliyatlarini mexanik ravishda taqlid qilib baja rish orqali o‘zlashtirishni kat’iyyan koraladi va birinchi bo‘lib harakatlarni takkoslay olish, uning taxlilini qilish orqali nazariy bilimlarni egallash g‘oyasini ilgari surdi. U “jismoniy mashq bilan mashq qilish faqat kuchni, jismoniy rivojlanganlikni ko‘rsatkich larini oshiradi”, - degan qo‘pol tushunchani asosiy xatolardan biri deb ko‘rsatdi.
Tarbiya jarayonida bu prinsipni qo‘llash mashg‘ulotni umumiy vazifa lariga qiziqish uygotish va fikrlashni shakillantirish bilan boshlanadi. Eng avvalo, harakat faoliyatini hayotiy-amaliyligi aniq misollar yordamida ta’limning mavzulashtirish orqali amalga oshirila boshlanishi lozim. Tarbiyasi tanlangan mavzu mohiyatini asta-sekinlik bilan ocha boshlaydi. O‘qitishning boshlangich etapidagi tor, ongli fikrlash doirasi mazmuni (komatining chiroyli bo‘lishi, kuchining ortishi vax.klar) mashg‘ulotlardagi hayotiy-amaliy holatlar orqali, jismoniy madaniyat va spot mashg‘ulotlari shaxsni ijodiy mehnatga va Vatan mudofaasiga tayyorlashdek vazifalarni asta-sekinlik bilan mutaxassis bilimlarga tayanib tushuntiriladi. Maxsus ommabop adabiyotlar, qo‘llanmalar tavsiya qilinadi. Nazariy bilimlar ortishiga erishish onglilik prinsipining uzoq maqsadlaridan biridir. Bu maqsadga erisha olmaslik kundalik bajariladigan jismoniy mashqlar bilan shug‘ullashnish mashg‘ulotlariga odatning shakillanishi susaytiradi, mashq qilishning turmush tarziga aylanishiga to’sqinlik qiladi. Bundan tashqari, shug‘ullanuvchilar jismoniy madaniyat, sport mavzulariga oid muntazam leksiyalar, suhbatlar, hikoyalar eshitishlari, maktab fizkultura dasto‘rining nazariy qismini o‘rganish lari, metodik va hujjatli filmlar kurishlari, o‘z-o‘zini tibbiy nazorat qilish qoidalarini bilishlari, “aktiv, passiv dam”, “bajara olish”, “harakat malakasi”, “oliy harakat tartibi”, “malakaning ijobiy va salbiy kuchishi” atamalari mohiyatini tushunishlari lozim.
O‘zlashtirilishi, mustahkamlanishi, takomillashtirilishi lozim bo‘lgan, nima uchun harakat faoliyatini aynan shunday(ko‘rsatilgandek) bajarilishi shart ekanligi o‘quvchi ongiga еtkazilishi kerak. Mashqlangan barmoqlar (voleybolchiniki) turmshda nozik barmoq harakatlarini talab qiladigan kasblarni egallashda (soatsoz, zargar va boshqalar) kul kelishi ongiga еtgan shug‘ullanuvchi ta’lim jarayoniga ongli munosabatda bo‘lishi dan tashqari, uning faolligi ortadi.
Mashq, harakat texnikasini egallash oz energiya sarflab samarali harakat qilish, uni bajarish orqali organizmda sodir bo‘ladigan turli xil o‘zgarishlarni tushuntirish, topshiriqqa nisbatan onglilik va faollikni oshiradi.
O‘qituvchilarning ko‘tarinki kayfiyati, yuzidagi tabassumi, kiyimlarning yarashganligi va ixchamligi, harakatlarni xavas qiladigan dara jada chiroyli, ravon ketma-ketlikda bajarishi, mashqlar tarkibini uning bajarilishi ritmiga moslab, turtliklar tarzidagi xor bo‘lib, baravariga aytiladigan aytishuvlar kiritilishi ta’lim jarayonidagi vazifalarni hal qiilishga zo’r qiziqish uygotadi va fikrlashni shakillantiradi.
Jismoniy tarbiya jarayonida ongli analiz va jismoniy mashqni bajarishda nazoratdan foydalanish ta’limning prinsipial mexanizmlaridan biridir.
Ongli ravishda bajarilayotgan “ixtiyoriy harakat» ning mohiyatiga еtib, uning bajarilishi texnkasi asosi, zvenolari, detallarini nazorat qila olishning ahamiyati ta’lim jarayonida o‘z samarasini berishi ilmiy - amaliy isbotlangan.
Amaliyotda yuqori malakali sprotchilar mashqni sport texnikasi avtomatlashgan darajada, ya’ni harakatni oliy makomda bajara olishni o‘z oldilariga maqsad qilib qo‘yadilar. Mexanik ravishda tushunmay, kur-kurona, taqlid tarzida mashq qilishning samarasizligi surunkali mashq qilish jarayonida me’ridan ortiq energiya sarflashga, shug‘ullanuvchida shu hara katga nisbatan sovish “tokatsizlikni» ni shakkillantiradi. Shuning uchun ongli taxlil - o‘z harakatini baholay olish, o‘qitish jarayonining cho‘zilib ketishini oldini oladi.
Ongli analizda mashq texnikasini taxlili bilangina bilangina chegaralanmay, uni biomexanik, matematik hisoblash, bioritmika va sport metrologiyasining qonuniyatlarini nazarda tutgan holda, shug‘ullanuvchining anatomiya, sport fiziologiyasi, biokimyo sohalaridagi bilimlarga tayangan holdagi izohlanishi tushuniladi. Tezlikni talab qiluvchi mashqlar vaqtning mikrointervalini, gimnastika jihozlaridagi mashqlar esa harakatning fazodagi chegaralarini, harakatning yutka zilayotganligini his qilishdek talablarni qo‘yadi, bu o‘z navbatida, ixtiyoriy harakatlarning bajarilishini ongli nazorat qilishga o‘rgatadi.
Mashqni bajarishdan oldin uni tuzilishi, namoyon qilinishi, ifoda si fikran ko‘z oldiga keltira olish (“ideomotor trenirovka”) - onglilik prinsipining asosiy vositalaridan biridir.
Faollik asosan mashg‘ulotlarda shug‘ullanuvchilarning barchasini tugal band qilish, ular faoliyatini “frontal”, guruhli”, tashkillash orqali, asosiy jihozlar yoniga kushimcha sport anjomlari qo‘yish, kuchiga yarasha bo‘lmagan mashqlarni bir-ikki haftalik tayyorgarlik va mashqdan so‘ng bajara boshlasalar, o‘z-o‘zidan shug‘ullanuvchi mashqni mustaqil baja rishga urinishini ortishini vujudga keltaradi.
Ta’lim jarayonida o‘yin va musobaqa (“Jismoniy tarbiyaning uslublari” mavzusiga qaralsin) metodlarining qo‘llanishi, sport maydoni, mashg‘ulot o’tkaziladigan joylarning badiiy jihozlanishi, gigiyenik orastaligi ta’lim jarayonida shug‘ullanuvchilarda jonbozlik (initsiativa) ko‘rsatish, vazifani hal qilish uchun javobgarlik hissini o‘z buyniga olabi lish, ma’suliyatni his etish va o‘zlashtirish jarayoniga ijodiy yondoshishni tarbiyalaydi.

Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin