O’zbekiston respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi маktabgacha ta’lim tashkilotlari director va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti


Xalqimizda bir gap bor: oshsiz uy bo'lishi mumkin, lekin nizosiz uy bo'lmaydi. Faqat, nizoning nizodan farqi bor. Bu haqda quyida batafsil to‘xtalib o‘tamiz



Yüklə 78,69 Kb.
səhifə5/16
tarix25.06.2022
ölçüsü78,69 Kb.
#62306
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Adxamova Lola Baxodirovna kurs ishi

Xalqimizda bir gap bor: oshsiz uy bo'lishi mumkin, lekin nizosiz uy bo'lmaydi. Faqat, nizoning nizodan farqi bor. Bu haqda quyida batafsil to‘xtalib o‘tamiz.
Haqiqatdan ham ilk bolalikdanoq ko'plab ertaklar eshitib, keyinchalik o'zlari ham ularni turli kitoblardan o'qib o'sgan yoshlar o‘zlarining bo'lajak oilaviy hayotlarini adekvat tasavvur eta olishlari mushkul. Chunki ertaklarda ham, kinofilmlarda ham qahramonlar bir-birlariga yetishgunlariga qadar ne-ne mashaqqatlarni, zahmatlarni boshlaridan kechirib, bu yo'lda duch kelgan qora kuchlarni yengib, oxir-oqibatda visolga erishadilar, el-u yurtga «qirq kecha-yu qirq kunduz to'y berib, murod-maqsadlariga erishadilar». Deyarli barcha ertaklar, filmlar. ayniqsa, bizning yoshlarimiz, qizlarimiz sevib tomosha qiladigan hind Filmlari, aksariyat hollarda shu tariqa yakun- lanadi. Bunga sizlar ham ko'p martalab guvoh bo'lgansiz- lar.
Bundan tashqari aksariyat niuvaffaqiyatli oilalarda tarbiya topgan yigit-qizlar o'z ota-onasi oilasini, ularning turmush tarzini, bir-birlarga nisbatan bo'lgan o'zaro munosabatlarini va qator shu kabilarni o'zlarining bo'lajak oilaviy havotlari uchun ideal deb olishadi va ular ham oila qurishganlaridan so'ng o'g'il bolalar xuddi o'z otasidek va qizlarimiz o'z onalaridek «ota», «опа», «ег», «xotin» bo'lishni orzu qiladilar. Chunki ular o'z ota-onalari misolida, bir-birlariga nisbatan salbiy muno- sabatda boiuvchi, bir-birlari bilan nizolashib turuvchi er-xotin- larni ko'rmaganlar. Mabodo bunday vaziyatlar va nizolar yuza­ga kelib qolgudek bo'lsa ham ularning ota-onalari bu holatni farzandlariga sezdirmaslikka harakat qiladilar. Bundan tashqari ommaviy axborot vositalari orqali namunaviy ahil, baxtli oilalar haqida berib boriladigan materiallarda ham aksariyat hollarda er-xotinlik munosabatlarini bir yoqlama, faqat yaxshi tomon­dan ko'rsatish an’analari mavjud. Bularning hammasi yoshlar- da oilaviy hayot haqida bir yoqlama ijobiy tasavvurlarning shakllanishiga asos bo'ladi.
Shunday ertakmonand tasavvurlar, orzular og'ushida oila qurgan yoshlar, o'zlarining oilaviy hayotlarida dastlabki muam- molarga duch kelishlari bilanoq, ularning oilaviy hayotlari o‘zlari kutganlaridek bo'lmayotganligi, turmush o'rtog'ini tan- lashda «xato qilganligi», ular oldingi (to‘ydan oldingi) holatiga nisbatan ma’lum darajada (albatta) «salbiy» tomonga o'zgarib qolganligi kabilarni «tushuna» boshlaydilar. Shuningdek, yosh oilada er-xotinlarning o'zaro munosabatlari rivojlanishining o'ziga xos qonuniyatlari, ayniqsa, yosh o'zbek oilasida uning etnik, hududiy xususiyatlaridan kelib chiqqan holda yosh kelin va kuyovning yangi ijtimoiy sharoitlarga moslashishi jarayoni bilan bog'liq qiyinchiliklar er-xotin munosabatlarida nizoli vaziyatlar va nizolarni yuzaga keltirishi mumkin.

Yüklə 78,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin