O’zbekiston respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi маktabgacha ta’lim tashkilotlari director va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti


Ba’zan katta xonadonda ovsinlar qaynona iltifotini qo- zonish yo'lida bir-birilaridan rashk qilishlari asosida kelish- movchiliklar kelib chiqadi



Yüklə 78,69 Kb.
səhifə14/16
tarix25.06.2022
ölçüsü78,69 Kb.
#62306
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Adxamova Lola Baxodirovna kurs ishi

Ba’zan katta xonadonda ovsinlar qaynona iltifotini qo- zonish yo'lida bir-birilaridan rashk qilishlari asosida kelish- movchiliklar kelib chiqadi.

Oilada ikki va undan ortiq kelin bo'lsa, qaynona ularning hammasiga bir xilda qaray olmasligi tabiiy holdir. Kelinlardan birontasi qaynonaning didiga yaqinroq, ba’zisi uzoqroq bo'iadi. Ayollar o'ta ruhiy sezgirliklari tufayli buni tezda sezadilar. Natijada «o'gay» kelin bilan qaynona o'rtasida kelishmovchilik boshlanadi. Bunday holning oldini olish va ovsinlar orasiga sovuqchilik tushirmaslik uchun qaynona o'z kelinlariga mumkin qadar bir xilda munosabatda bo'lishi (ammo bu yerda har bir kelinnnig muomalasi, munosabat ini, qaynonaga boMgan mehrini hisobga olish inkor etilmaydi) rashk qilishlariga imkon yaratib qo‘yishdan ehtiyot boMishlari kerak. Bu o'rinda shaxsan kelinlardan ham aql-idrok, mulohazalilik va sabr-toqat talab qilinadi.

  1. Ba’zi hollarda qaynona-kelinning yosh xususiyatlarini, qiziqishini, orzu-havaslarini, ishlashi yoki o'qishini hisobga ol­maydi.

Qaynonalar orasida umr bo'yi uy bekasi boMganlari ham bor. Ular ishlash bilan uy-ro‘zg‘or ishlarini barovar olib borish- ni o‘z boshidan o‘tkazmagan. Ana shunday qaynonalar yosh- ligida o‘zlarini risoladagiday kelin boMganman deb biladilar, Qaynota-qaynonalarini qanday izzat qilganliklarini «ularning soyalariga ko'rpacha solganlarini» (rostmi-yolg‘onmi, baribir) tez-tez eslashni yaxshi ko‘radilar va kelinlarining ham «o‘zlari- day» boMishini istaydilar. Ba’zan esa uni o‘gMi orqali ochiqdan ochiq talab qiladilar. Bunga kelinlarining irnkoni bormi, yo‘qmi, o'ylab ham ko‘rmaydilar. Bunday qaynonalar «ehtiyo- jini» qondirish imkoniyatiga ega boMmagan kelinlar ularning g‘azabiga uchraydilar. Kelini haqida boMar-boMmas gaplarni

  1. gMllarining qulogMga quyadilar. «0‘gMimga aytib seni qoydirib yubormasam, yurgan ekanman», deya doq-popisa qiladilar. Bazi hollarda maqsadlariga erishadilar ham. Bunday qaynonalar ogMllari, nabiralari baxtidan kora oz huzur-halo- vatlarini koproq oylaydilar. Buning oldini olish uchun o‘gMl- dan g'oyat tadbirkorlik talab qilinadi.

  1. Ayrim kelinlarning yangi oilaga moslashishi qiyin boMa­di, oqibatda, qaynona-kelin orasida kelishmovchiliklar kelib chiqadi.

Har bir oilaning o‘ziga xos muhiti, qonun-qoidalari, an’analari, atrofda yuz berayotgan voqea-hodisalarga beradigan baho mezonlari, hatto faqat shu xonadon a’zolari tushunadi- gan, shartli ravishda qabul qilingan so‘z, iboralari boMadi. Yangi tushgan kelin o‘zi bilan o‘z tugMlib o‘sgan uyining muhitini, odat-ko‘nikmalarini ham olib keladi. Shuning uchun ham ayrim hollarda kelin bilan qaynonaning oilaviy muhitlari mos kelmay qoladi.
Ota-onalar iqtisodiy, moddiy, ijtimoiy saviyasi orasidagi tafovut ham aksariyat kelin-kuyov orasidagi munosabatlarni keskinlashuviga ta’sir qilishi mumkin.
Bunda iqtisodiy omil shu bilan ifodalanadiki, kelin yangi tushgan xonadonda qizlik xonadonidagi iqtisodiy mo‘l-ko‘lchi- likni ko‘rmasdan, o‘z turmushidan sovishi mumkin.
Shuning uchun ham donolar «Qiz bersang o‘zingdan bir pog‘ona balandga ber, sening xonadoningda ko‘rmaganini yan­gi xonadonida ko‘rib, yangi xonadonga ko‘nikishi oson kecha­di. Qiz olsang o‘zingdan bir pog‘ona pastdan ol. Shunda kelin o‘z uyida ko‘rmagan mo‘l-ko‘lchilikni sening xonadoningda ko‘rib, bu muhitga tez ko‘nikadi» deganlar.
Madaniy ijtimoiy omil. Kuyov ma’lumotli, madaniyatli oiladan bo‘lib, kelin aksincha dehhon, ishchi yoki savdogar oiladan bo‘lsa yoki er-xotindan biri shahardan, ikkinchisi qishloqdan bo‘lsa bu ijtimoiy-madaniy tafovutlar ham er-xotin o‘rtasidagi ixtiloflarni keltirib chiqarishi mumkin. Kelin- kuyovlar ijtimoiy kelib chiqishida ham, iqtisodiy ta’minlangan- likda ham bir-biriga mushtarak bo‘lishlari maqsadga mu- vofiqdir.

Yüklə 78,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin