O’zbekiston respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi маktabgacha ta’lim tashkilotlari director va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti


Uchinchi toifa oilalar nizodan keyingi vaziyat xarakteriga ko'ra



Yüklə 78,69 Kb.
səhifə10/16
tarix25.06.2022
ölçüsü78,69 Kb.
#62306
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
Adxamova Lola Baxodirovna kurs ishi

Uchinchi toifa oilalar nizodan keyingi vaziyat xarakteriga ko'ra: «nizolar qisman hal qilinadigan -> z.o‘riqishlarning kuchayishiyangi nizoning yuzaga kelishi -> ular yana qis­man hal qilinishi» zanjiridagi oilalar bu to'rt tur oilalar ichida eng xarakterlisi va jiddiy e’tibor talab qilinadiganidir. Chunki ayrim oilalar (4-toifa) er-xotin munosabatlari yomonligi, nizo­lar chuqurlashuvi, zo'riqishlar keskinlashuvi (hatto ayrim hol- larda arzimagan narsalar) tufayli buzilib ketishi mumkin. Albatta, ajralish hodisasi bu nikoh oila munosabatlari uchun ayanchli. Ayniqsa, bunday hollarda oilada farzandlar bo'lsa, ular otasiz yoki onasiz qolishadi. Ajralishdan so'ng har ikki tomonning ijtimoiy ahvoli keskinlashadi. Lekin birinchi marotaba oilasi buzilgan odam kelgusi safar o'z xatolarini tuza- tishi, balkim keyinchalik «o'z tengini topib» baxtli hayot kechirib ketishi ham mumkindir.
Biroq 3-toifa oilalarning o'zbek etnosi uchun xarakterli yana bir jihati shuki, o'zbeklarda, shuningdek, tojik, qirg'iz, qozoqlarda ham oilalarning buzilib ketish hollariga boshqa, yevropa xalqlarida bo'lganiga nisbatan salbiy munosabatlarda bo'lish an’analari kuchli. Ya’ni ajralish jamoatchilik fikriga ko'ra qoralanadi. Buning ustiga o'zbek oilalarida qarindosh- urug'chilik nikohlari boshqa qardosh millatlar oilalariga qara­ganda ko'proq uchraydi. Mabodo bunday oilalarda er-xotin munosabatlari kutilgan tarzda rivojlanmasa, ya’ni ular nizo- janjalli, bir-birlarini tushunmaydigan, bir-birlariga mos tush- maydigan, psixologik qovusha olmaydigan bo'lsalar ham «oila buzilmasin», «qarindosh-urug'chilik uzilmasin» qabilida ish tutib, qanday qilib bo'Imasin oilalarni saqlab qolishga harakat qilinadi.
Hozirgi vaqtda nikoh-oila munosabatlari zaminida yuzaga keladigan noxush hodisalar, har xil asab buzilishlar kasallik- larning kelib chiqishi, har xil jinoyatlar, qotilliklar, o'z joniga qasd qilish, xiyonat, bolalar tarbiyasining buzilishi va shu kabi qator ko'ngilsizliklarning aksariyati shu 3-toifa oilalariga to'g'ri keladi. Shuning uchun ham nafaqat yoshlarimiz baiki faoliyati bevosita nikoh-oila muammolari bilan bog'liq bo'lgan mu- tasaddi xodimlar, mahalla, hokimiyat vakillari, katta yoshdagi- lar ham hozirgi zamon oilasining ijtimoiy psixologik xusuiyat- lari, er-xotin nizolari, oilaviy nizolar psixologiyasi haqida te- gishli ma’lumotlarga ega boMishlari maqsadga muvofiqdir. Yoshlarimiz esa er-xotin nizolarini jiddiy, ayanchli oqibatlarga olib keluvchi: ajratuvchi «men» xarakteridagi «chegaralanma- gan» turlaridan ogoh boMishi, o‘z hayotlarida shu toifa nizo­larning yuzaga keltirmaslik, ularning oldini olish va bartaraf etish borasida zarur boMgan bilim va ma’lumotlarga ega boMishlari lozim.
OTA-ONALAR VA FARZANDLAR 0‘RTASIDAGI NIZOLAR

Yüklə 78,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin