O’zbekiston respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi маktabgacha ta’lim tashkilotlari director va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti



Yüklə 78,69 Kb.
səhifə12/16
tarix25.06.2022
ölçüsü78,69 Kb.
#62306
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Adxamova Lola Baxodirovna kurs ishi

Bazi qizlarda nikohgacha oilaviy hayotga, qaynonaga, qaynona-kelin munosabatlariga nisbatan salbiy tasavvur shakl- langan boMadi. Ayniqsa, yoshlar qaynonani oldindan faqat sal­biy qiyofa sifatida tasavvur qiladilar. Keyin esa oila qurib, tasavvuridagi emas, balki hayotdagi qaynona bilan yashay boshlaydilar. Oqibatda ular o‘z tasavvuridagi qaynonaga xos bo‘lgan kamchilik va illatlarni hayotdagi qaynonadan axtara boshlaydilar. Borini-ku topishlari aniq, hatto yo'g'ini ham topishga harakat qiladilar. Chunki tasavvurlari ularni aldaganini tan olishni istamaydilar.

Hayotda kamchiliksiz odam bo'lgan emas, bo‘lmaydi ham. Ideal qaynona, ideal kelin ham bo'lishi mumkin emas.
Kelinlar o‘zlari tushgan yangi oila a’zolariga ilk taassurot asosida baho berishga oshiqmasliklari lozim. Aks holda, pashshadan fil yasash ham hech gap emas. Kelinlar og'ir- bosiq, sabr-toqatli bo'lishlari, iloji boricha o'zlari tushgan xonadon a’zolarining yaxshi tomonlarini ko‘rishga intilishlari, eri shu xonadon a’zosi ekanligini unutmasligi lozim. Ana shun- da bu oila tinch-totuv bo‘ladi. Zotan, kelin bu xonadonga besh kunlik mehmon emas, baiki bir umrlik a’zo bo'lib kelganligini unutmasligi kerak.

  1. Qaynona-kelinning dunyoqarashlari va uy-ro'zg'or tutishlari orasida kelishmovchilik paydo bo'iadi va keskinlasha- di.

Ikki avlodning dunyoqarashi, hayotiy tamoyillari o'rtasida tafovut bo'lishi tabiiy holdir. Ammo aksariyat hollarda qaynona-keiinlar ko'p jihatdan bir-birining aksi bo'ladilar. Ayrim hollarda esa qaynona-kelin andishani yig'ishtirib qo'yib, har birlari o'z gaplarini o'tkazishga harakat qiladilar. Bunday kelishmovchiliklarning oldini olish uchun kattalar yoshlarni kiyinishi, soch turmaklashi, yoqtirgan kuy va ashulalarini ting- lashi va shu kabi boshqa masalalarda ularni o'z holiga qo'yish- lari lozim. Yoshlar ham o'z navbatida iloji boricha ota-onalari- ni tushunishga intilishlari, ularni g'ashiga tegadigan noo'rin qiliq va odatlardan qaynonaga xush kelmaydigan salbiy «hoyu- havaslardan» o'zlarini tiyishlari kerak.


  1. Yüklə 78,69 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin