O’zbekiston respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi маktabgacha ta’lim tashkilotlari director va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti


Bordi-yu kelin boshqa millatga mansub bo‘lsa, uning yangi oilaga moslashishi yanada qiyin bo‘Iadi. Masalan, o



Yüklə 78,69 Kb.
səhifə15/16
tarix25.06.2022
ölçüsü78,69 Kb.
#62306
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Adxamova Lola Baxodirovna kurs ishi

Bordi-yu kelin boshqa millatga mansub bo‘lsa, uning yangi oilaga moslashishi yanada qiyin bo‘Iadi. Masalan, oczbek xalqi- da kekirish to'yganlik — shukronalik belgisi hisoblanib kelgan. Rus xalqida esa bu odat оЧа odobsizlik hisoblanadi. Shu sababli yangi oilaga moslashish ham osonlikcha kechavermay- di. Buning ustiga kelin uchun bu oila yangi, ayni paytda «be- gona»dek tuyuladi.
Kelinning yangi oilaga moslashishi uning mijozi turiga ham bog‘liq. Masalan, ko'proq xolerik mijozga mansub bo'lganlar tez moslashadilar. Biroq yengilroq, tezroq va andishasiz kelin- larni yangi oilaga moslashishi qiyinroq kechadi.
Yangi sharoitga oson moslashadigan hamda uni osongina o'zlashtirishga tayyor bo‘lganlar sangvinik mijozdir.
Flegmatik mijoz esa vazmin, og‘ir karvon bo‘lgani uchun yangi oila sharoitiga sekinlik bilan moslashadi. Bir moslashib olganidan keyin esa uni o‘zgartirishni sira-sira istamaydi, un- cha-muncha gap-so'zga parvo qilmaydi. Melanxolik mijozlar ham shunga yaqin. Ammo sal narsadan ularning ruhi tushib ketadi, bo‘lar-bo‘lmasga xafa bo‘laveradi. Ruhiy jihatdan esa nihoyatda sezgir bo‘lishadi.
Har bir mijoz turining yuqorida berilgan qisqacha shartli xarakteristikasini, ularning o'ziga xos xususiyatlarini bilib olgan qaynona-kelinlarning til topishib ketishlari oson ko'chadi.
Ba’zi qaynonalar o‘g‘lini kelinidan qizg‘anadi va oqibatda kelini bilan kelisholmasdan qoladi. Bunday nizolar, odatda kamfarzand yoki yolg‘iz o‘g‘il otasiz oilada o‘sgan taqdirda ko‘proq uchraydi.
QAYNONA-KUYOV ORASIDAGI KELISHMOVCHILIKLAR
Kelishmovchiliklar qaynona bilan kuyov orasida ham boiadi. Ichkuyov ba’zi hollarda kelin xonadoniga moddiy ji­hatdan qaram boiadi (hech bolmaganda uy-joy masalasida). Qaynona hamisha ham ziyrak va andishali bolavermaydi. Kuyovning psixologik hushyorligi oshadi, erki esa birmuncha qisiladi. Bunisi yetmaganday, ba’zan qaynonalar kuyovga noo‘rin gaplarni aytib yuboradi, kesatadi (qizim senga ayta- man, kelinim sen eshit, qabilida). Betayin qaynonaning yosh­larning oilaviy hayotiga bunday qo‘pol ravishda aralashishi tu­fayli turli nizolarni yuzaga keltiradi. Bundan kelin ham og‘ir ahvolga tushadi. Bir yoqda eri, ikkinchi tomonda tuqqan voli- dasi o‘rtasida qozilik qilishga harakat qiladi. Bunday qobiliyat esa hammada ham bolavermaydi. Kelin oqibatda yo onasi, yoki eri tomoniga o‘tadi. Har ikkala holda ham oila barbod bolishi mumkin.
Shunday hollarning oldini olish uchun qaynona yoshlar hayotiga kamroq aralashmogl kerak. Ba’zi qaynonalar qizini (ayniqsa, rus oilalarida) kuyovidan yoki aksincha o‘g‘lini keli­nidan rashk qiladi. Oqibatda esa yana nizolar paydo boiadi. Bunda birinchi holda rashk qiz onaning yolg'iz farzandi ekan- ligidan kelib chiqadi. Ilgari qizi faqat onasi bilangina masla- hatlashgan, dardlashgan bolsa, ular orasiga kuyov kiradi. Qizning butun diqqat-e’tibori kuyovga — eriga qaratiladi. Bunda qaynona kuyovni raqib deb biladi. Uning har bir xatti- harakatini kuzatadi. Ba’zi hollarda qaynonalar nima sababdan kuyovining qasdiga tushib qolganini o‘zIari ham bila olmaydi- lar, bunga turli bahonalar topadilar. Aslida esa buning bitta-yu bitta sababi bor — rashk, faqat qizini qizg'anishdir. Qizining oldida uning obro‘sini tushirmoqchi boiadi, kamsitadi. Bunday holatni kelin erning uyida yashagan juftlarda ham kuzatish mumkin. Bunda yuqorida bayon qilinganidek, qaynona o‘g1ini kelinidan qizg‘anadi. Buning oldini olish uchun turmushga chiqqanlaridan so'ng, ayniqsa, onasi bilan birga turadigan bo'lsa, undan o'z diqqat-e’tiborini, farzandlik mehr-muhabbatini darig' tutmasli- gi, yolg'izlatib qo'ymasligi lozim. Qaynonalar ham avvalo, o'z yoshliklarini eslashlari, qolaversa, qizining kuyoviga, o'g'lining xotiniga mehr-muhabbati, e’tibori ular oilasi baxt-saodatining, iqbolining garovi ekanligini unutmasliklari kerak. Ayrim qaynonalar ongsiz ravishda kuyovini o'z eri bilan taqqoslaydi- lar. U badavlatlikda, jamiyatda egallagan mavqeyi va boshqa bir jihatlari bilan farq qilishi mumkin. Natijada qaynona nazarida kuyovning obro'yi pasayadi, qarab turibsizki, yana ke- lishmovchiliklar chiqishiga sabab bo'ladi.

Xulosa
O’zbekiston Respublikasining kelajakda buyuk davlat bo’lishi va uni ta’minlash yosh avlodni ma’naviy-ahloqiy, madaniy-ma’rifiy jihatdan yetuk insonlar qilib tarbiyalash ishi birinchi novbatda oilada boshlanadi. Ota-ona farzandlariga go’zal xomiy va nasihatgo’y bo’lishlari lozim. Bunday go’zal momila farzand bilan ota-ona orasidagi mehr muhabbatni yanada kuchaytiradi. Farzandlarning go’zla odobli-ahloqli, tarbiyali bo’lishlari uchun, avvalo, ota-onalarning o’zlari g’o’zal hislatga ega, o’rnak bo’lishlari shart. Bu uy ahli ya’ni ota-ona, o’g’il va qizlarning birgalikdagi totuvlik bilan yashashlarida muhim omildir. Sharq mutaffakkirlari inson, uning shaxsi va ta’lim-tarbiyasini tashkil etish, shuningdek, unda mehnatsevarlik, bilim olishga intilish, aqliy jihatdan kamolotga ytishini ta’minlash, unda nutq madaniyati, so’z sana’ti shakllantirishi, yuksak ma’naviy-ahloqiy sifatlarni tarbiyalash ma’salalarini o’rganishga katta ahamiyat berganlar. Ular insonni har tomonlama barkamol, b ilimli bo’lishini istaganlar. Sharq mutafakkirlarining pedagogik qarashlari metodologik xususiyatga ega bo’lib, nafaqat ular yashagan davrda, balki bugungi kunda ham ijtimoiy ahamiyatga egadir. Hozirgi davrning salmoqli ta’siri natijasida oilalarning ijtimiy tarkibi ham o’zgarmoqda, bu esa o’z navbatida oila tarkibida, turmush va uning qiyofasida jiddiy o’zgarishlarni vujudga keltirimoqda. Bu esa o’z navbatida, o’zbek oilalarida bunday tarkibiy o’zgarish, yangidan mnosabatlar tarixiy tarkib topgan milliy o’ziga xoslikni yo’qotishgini emas, balki oilalardagi munosabatlarning har tomonlama rivojlanishiga, ko’p millatli respublikamiz aholisi urf-odatlari an’analarining uyg’unlashuviga, mazmunan boyishiga sabab bo’lmoqda.
Modomiki jamiyatimizning ertangi me’morlari bo’lgan bugungi yosh avlodlarni tarbiyalashda zarur bo’lgan mehnat tarbiyasini qo’shib olib borish, bugun siz-u, bizga yuklangan ekan, demak uning boshqa turli usullarini qidirib topish ham bizning zimmamizda. O’zlarida mehnat tarbiyasini yaxshi o’zlashtirgan kishilargina yosh avlodni mehnat tarbiyasi bilan bog’lab tarbiyalashdek ulkan vazifani bajarishlari oson kechishi mumkin.

Yüklə 78,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin