O’zbekiston respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi маktabgacha ta’lim tashkilotlari director va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti


Bunday kelishmovchiliklar uchun zamin boMib quyidagilar xizmat qiladi



Yüklə 78,69 Kb.
səhifə11/16
tarix25.06.2022
ölçüsü78,69 Kb.
#62306
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Adxamova Lola Baxodirovna kurs ishi

Bunday kelishmovchiliklar uchun zamin boMib quyidagilar xizmat qiladi.

  1. Dunyoqarashlar orasidagi mavjud farqning hisobga olin- masligi.

  2. Yoshlarning bo‘sh vaqtini mustaqil tashkil etishi, do‘st- lar tanlashdagi mustaqilligi, hissiyot sohasidagi mustaqilligi, modaga, bugungi kun talabiga mos kiyinishi, kasb tanlashdagi mustaqilligi, umr yoMdoshi tanlashda mustaqillik uchun ota- onalari bilan ba’zan kurash olib borishning xush kelmasligi.

  3. Ota-onalar ichkilikka ruju qo'yishi yoki or-nomusni yigMshtirib qo‘yib, buzuqchilik qilishi.

  4. Ba’zi bolalarni mehnat qilishga ocrgatilmaganligi va bu- ning oqibatida yengil-yelpi hayot kechirishga 0‘rganib qolishi.

  5. Ayrim yoshlarning farzandlik burchini unutib qo'yishi va hokazo.

  6. Ota-onalarning psixologik-pedagogik bilim saviyalari yetarli darajada emasligi natijasida yuzaga keladigan kelish- movchiliklar.

Ota-onalar va bolalar munosabatiga oid yuqoridagi kabi kamchiliklar natijasida oiladan halovat yo'qoladi, o‘rtaga sovuqchilik tushadi. Farzandlik burchini bajarmaslik u yoqda tursin, hatto, ichib kelib, ota-onasiga qoM koMaradigan farzandlar, ota-onasini sharmanda qilayotgan suyuqoyoq laxsh- parastlar borligiga nima deysiz?
Ba’zi ota-onalar bolalarda 3, 6, 13—14 yoshlarda muqarrar ravishda boMib oMadigan krizislarni bilmaydilar. Bu yosh bosqichlarida boia ruhiyatida yangi psixologik qo‘shilmaIar yuzaga keladi. Bu esa ularning kattalar, jumladan ota-onalar bilan boMgan munosabatlarida ko‘zga tashlanadi. Buni sezma- gan ba’zi ota-onalar «bolam nihoyatda qaysar, quloqsiz boMib qoldi», deb o‘ylaydilar va shikoyat qilishga tushadilar. Bunga qarshi o‘zlaricha chora-tadbirlar belgilashlari natijasida ota-ona va boia bir-birlarini tushunolmay qoladilar. Bolaning ota-ona- dan bezish hollari kuzatiladi.
QAYNONA-KELIN 0‘RTASIDAGI NIZOLAR
Oilaga yangi tushgan kelinlarning ko‘pchiligi yuzaga ke- ladigan ba’zi qiyinchiliklarni osonlik bilan yengib, kelinlik vazifalarini ko'ngildagiday eplab ketadilar, qaynonalarini ro‘zg‘or tashvishlaridan xalos qiladilar, tezda ularning mehriga sazovor boMadilar. Qaynonalar ham bunday kelinni «qizim» deb bag‘rilariga oladilar, bilmaganini o‘rgatadilar, qiynalganida yordam beradilar, hayotiy yoM-yo‘riq kolrsatadilar. Ularga uy- ro‘zg‘or ishlarida va bolalar tarbiyasida yaqin ko‘makdoshga aylanadilar. Biroq hayotda qaynona-kelin orasida turli to‘q- nashuvlar ham sodir boMib turadi. Gap qaynona-kelin o‘rtasida borar ekan, shuni aytib oMishimiz lozimki, bu masala azal- azaldan odamlarning, insoniyatning atoqli namoyandalarining diqqat e’tiborida boMib kelgan muammolardan biridir. Jumladan, XIX asrning ikkinchi yarmida yashab ijod etgan sharq mutafakkirlaridan biri Ahmad Donish o‘zining «Navodir ul-vaqoe» ( Nodir voqealar) nomli kitobda qaynona-kelin nizolari haqida yozar ekan shunday deydi: «Qaynona-kelin nizolari bundan oldingi oilalarda ham boMgan, hozir ham bor va bundan keyin ham boMadi. Ular doimo urishaveradilar. Ular nima uchun urishadilar? Chunki ular nima uchun urishishayot- ganliklarini o‘zlari ham bilmaydilar. Shuning uchun urishadi­lar». Demak bu o‘rinda qaynona-kelin nizolari, sabablarini aniqlash, ularni bartaraf etish alohida ahamiyatga molik masala ekanligi ko‘rinib turibdi. Bunday kelishmovchiliklarni keltirib chiqaruvchi sabablardan ayrimlarini ko‘rib chiqamiz.


  1. Yüklə 78,69 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin