O’zbekiston respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi маktabgacha ta’lim tashkilotlari director va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti


Umuman oilada er-xotin o‘rtasidagi nizolarning yuzaga ke­lishi va rivojlanishi taxminan quyida keltirilgan sxemadagidek bo'lishi mumkin



Yüklə 78,69 Kb.
səhifə8/16
tarix25.06.2022
ölçüsü78,69 Kb.
#62306
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16
Adxamova Lola Baxodirovna kurs ishi

Umuman oilada er-xotin o‘rtasidagi nizolarning yuzaga ke­lishi va rivojlanishi taxminan quyida keltirilgan sxemadagidek bo'lishi mumkin.
Sxemadan ko'rinib turibdiki, har qanday oilada er-xotin­ning o'zaro munosabatlarida nizoli vaziyatlarning yuzaga kel­ishi muqarrar. Lekin shu nizolarning xarakteri, ularning oqi- batlariga ko'ra turli oilalar va ulardagi oilaviy munosabatlar bir-birlaridan farqlanadi. Shunday ekan biz dastavval muvaf- faqiyatli va muvaffaqiyatsiz oilalarda ro'y beradigan nizolarni ko'rib chiqaylik. Sxemada ko'rinib turganidek muvaffaqiyatli oilalardagi nizolar biriktiruvchi va muvaffaqiyatsiz oilalardagi nizolar esa ajratuvchi xarakterga ega. Shuning uchun ham psixologik adabiyotlarda nizolar shartli ravishda «konstruktiv» («biriktiruvchi») va «destruktiv» («ajratuvchi») nizolarga farq­lanadi. Ular, o'zlarining yuzaga kelishiga asos bo'lgan muam- molar, bu muammolarning hal etilishi, kechinishi, ishtirokchi- lari, oqibatlari va boshqalarning xarakteriga ko'ra bir-birlaridan farqlanadi.
Biriktiruvchi nizolarning yuzaga kelishiga asos bo'lgan muammolar va ularning hal qilinishi ham erning, ham xotinning, butun oilaning manfaatlariga qaratilgan bo'ladi. Agar ular hal etilsa, buning oqibatida oilaning umumiy manfaatlariga oid muammolar o'z yechimini topadi.
tartib, intizom, ozodalik, oila budjetini yuritish, saranjomlik, tejamkorlik, isrofgarchilikka yo'l qo‘ymaslik, bola tarbiyasi va boshqa shu kabi toifadagi nizolar misol bo'la oladi. Ular asosan er-xotin o'rtasidagina yuzaga keladi, ularning ishtirokchilari ham faqat er-xotinlarning o'zlarigina hisoblanadilar.
Bunday nizolarning muvaffaqiyatli hal etilishida er-xotin­larning bir-birlarini yanada yaqinroq bilib, tushunib, bir-birla- rining salbiy va ijobiy xususiyatlarini o'rganib borish, bir-bir- lariga moslashish, muammolarni hal etish borasida hamkorlik qilish kabi oilaviy hayot mustahkamligini ta’minlashga xizmat qiluvchi jarayonlar amalga oshadi. Boshqacha qilib aytganda, bunday nizolar «ег-xotinnnig urushi — doka ro'molning qu- rishi» kabi nizolar toifasiga kiradi. «Doka ro'molning qurishi» er-xotin o'rtasidagi hamkorlikni rivojlantiradi.

Yüklə 78,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin