O’zbekiston respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi маktabgacha ta’lim tashkilotlari director va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti


Afsuski, bunday jarayonlar deyarli har bir oila uchun muqarrar bo'lgan va aksariyat yoshlar oila qurish arafasida o'z nikohlaridan kutmagan jarayonlardir



Yüklə 78,69 Kb.
səhifə6/16
tarix25.06.2022
ölçüsü78,69 Kb.
#62306
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Adxamova Lola Baxodirovna kurs ishi

Afsuski, bunday jarayonlar deyarli har bir oila uchun muqarrar bo'lgan va aksariyat yoshlar oila qurish arafasida o'z nikohlaridan kutmagan jarayonlardir.
Xo'sh bu jarayonlar, ya’ni er-xotin nizolari kerakmi? Ular er-xotinning o'zaro munosabatlariga qay darajada ta’sir etadi? O'tmish donishmandaridan biri haqli ravishda er-xotin nizola- rini garmdoriga qiyoslagan ekan. Garmdori achchiq, lekin u me’yorda bo'lsa ishtahani ochadi, me’yoridan ortib ketsa, og'iz, lab, tilni kuydirishi, noxush hissiyotlarni yuzaga keltirishi mumkin. Nizoli vaziyatlar har qanday oilada u yoki bu daraja­da yuzaga keladi. Oila qanday bo'lishidan qat’i nazar nizolar- dan mutlaqo xoh (himoyalangan, kafolatlangan) bo'la olmaydi. Chunki oiladagi shaxslararo munosabatlar odatda nizosiz bo'lmaydi. Bu nizolar ma’lum darajada er-xotin munosabat­larini rivojlantiruvchi katalizator vazifasini o'taydi. Lekin nizo- ning nizodan farqi bor. Ular kelib chiqishi, tashqi ifodalanishi, takrorlanib turish tezligi (soni) va nihoyat oqibatlariga ko'ra bir-birlaridan farqlanadi. Biror-bir maxsus mezon yo‘qki, shunga asosan nizolarning qaytalanishi, kuchi, darajasi va boshqa ma’lumotlari (ko'rsatkichlari)ni aniq belgilab berish (olish) mumkin bo'lsa. Bunda hamma narsa subyektning o'zi­ga, uning shaxsiy, psixologik xususiyatlariga, yoshiga, jinsiga, uning qo'yilishiga, nizoning qanday idrok qilinishi va boshqa omillarga bog'liq bo'iadi.
Ma’lumki, bir-birlariga aynan o'xshash, mos ikki odamning bo'lishi mumkin emas, chunki shaxs va uning individualligi takrorlanmasdir. Shunday ekan ikki va undan ortiq shaxsdan (individ)dan tashkil topgan oila ham ikki, uch karra takrorlan­masdir. Bir oila uchun me’yorida bo'lgan shaxslararo munosa­batlar tizimi, ikkinchi bir oilaga mutlaqo mos kelmasligi, yoki biron-bir oila uchun u qadar ahamiyatga ega bo'lmagan nizo va uning sababi boshqa oila a’zolarining o'zaro munosabatlarida jiddiy oqibatlar olib kelishi mumkin va hokazo.
Shunday ekan jamiki oilalarga xos bo'lgan nizolar va ularning sabablarini yagona bir o'lcham yoki xarakteristika bi­lan ko'rsatib berish masalasi ham mantiqqa to'g'ri kelmaydigan ishdir. Lekin turli toifadagi oilalarni o'rganish, ular a’zolarining o'zaro munosabatlarini taqqoslash va shu kabilar asosida ayrim nisbiy xulosalarga, mulohazalarga kelish mumkinki, shu nisbiy- likdan har bir odam o'zi uchun nisbatan «tegishli» xulosalar chiqarib olishi lozim bo'iadi. Shuning uchun, biz quyida oilaviy munosabatlar, oiladagi nizolar haqida fikr yuritar ekan- miz, ularning barcha oilalarga mutlaq tegishli bo'lishligini (ekanligini) da’vo qilolmaymiz. Quyidagilar ham bizning nisbiy mulohazalarimizdir.

Yüklə 78,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin