O’zbekiston respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi маktabgacha ta’lim tashkilotlari director va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti


Oilaviy psihoterapeya xaqida tushuncha



Yüklə 78,69 Kb.
səhifə3/16
tarix25.06.2022
ölçüsü78,69 Kb.
#62306
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Adxamova Lola Baxodirovna kurs ishi

1.2 Oilaviy psihoterapeya xaqida tushuncha
Аgarda psixoterapevt kabinetiga bir emas, ikkita eshik oʼrnatilsa va biriga “Oiladan aziyat chekkanlar kirsin”, ikkinchisiga “Ishxonasidan aziyat chekkanlar kirsin” deb yozib qoʼyilsa, nima deb oʼylaysiz, qaysi eshikdan kiruvchilar koʼp boʼlardi? Аlbatta birinchi eshikdan kiradiganlar juda koʼp boʼlardi. Chunki oilaviy nizolardan olinadigan psixologik zarba kuchli boʼladi. Shu bois ham “Oilaviy psixoterapevt” degan mutaxassislik bor. Ular faqat oilaviy nizolar bilan ishlashadi. Ularning ishi haqida qisqaqa maʼlumot berib oʼtamiz.
Oilaviy psixoterapiya avvalombor oila aʼzolari bilan psixologik muhitni yaxshilashga qaratilgan. Bunda mijozning har bir oila aʼzosi bilan boʼladigan munosabatlari oʼrganib tahlil qilinadi. Oiladagi kelishmovchiliklar qanday paytlarda yuzaga keladi, nima uchun kelib chiqadi, qaysi vaziyatlarda u oʼzini qanday tutadi kabi savollarga oydinlik kiritiladi, javob izlanadi va bu vaziyatdan chiqish boʼyicha mashqlar qilinadi. Bu maqsadda oila aʼzolari bilan ham suhbatlar quriladi. Chunki psixologga murojaat qilib kelgan bemorlar deyarli har doim oʼzini vaziyat qurboni deb biladi. Аslida esa unday boʼlmasligi mumkin. Shuning uchun uning haqida oila aʼzolarining fikrini bilish ham oʼta muhim.
Oilaviy psixoterapevt mijozning yaqinlariga uning oldida oʼzlarini qanday tutish lozimligini tushuntiradi. Bu oʼta muhim. Chunki baʼzan oilada shunday motamsaro muhit yaratiladiki, bu faqat nevroz yoki depressiyadan aziyat chekayotgan odamning ahvolini ogʼirlashtiradi va suitsidal urinishlarni kuchaytiradi xolos.
Har qanday psixoterapevtik muolajada mijozga hadeb yonbosaverish ham, uning hulq-atvorini tanqid qilaverish ham mumkin emas. Undagi yomon fikrlar depressiya belgisi, bu belgilar vaqt kelib albatta oʼtib ketadi, kabi soʼzlar bilan taskin beriladi. Suitsidal fikrlar va urinishlar aniqlangan holatda uni yolgʼiz qoldirmaslik kerak Oila aʼzolari tomondan nazorat shunday boʼlishi kerakki, mijozning oʼzi buni bilmasin. Chunki hadeb bemorni qoʼriqlayverish uning joniga tegadi. Bemorning ishonchini qozongan oila aʼzolari bilan koʼchaga chiqib aylanib kelish va sayr paytida, asosan, uni soʼzlatish va his-tuygʼulariga hamdard boʼlish oʼta muhim.

Yüklə 78,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin