O’zbekiston respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi маktabgacha ta’lim tashkilotlari director va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti


II. BOB. OILAVIY MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMI



Yüklə 78,69 Kb.
səhifə4/16
tarix25.06.2022
ölçüsü78,69 Kb.
#62306
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Adxamova Lola Baxodirovna kurs ishi

II. BOB. OILAVIY MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMI
2.1 Oila muammosi azaldan insoniyatning diqqat markazida bo’lib kelgan. Chunki oila mustahkamligi jamiyat faravonligining asosiy negizidir. Shu sababli Respublikamiz rahbariyati har bir xonadonning tinchligini, oilalarda farzandlarning baxtli, barkamol o’sishini ta’minlashga qaratilgan qator tadbirlarni amalga oshirmoqda.
Respublikamiz birinchi Prezidenti I.A.Karimov o’zining “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” kitobida “...oila institutini jamiyatning boshqa muhim ijtimoiy tuzilmalari, yurtimizdagi ma’naviy o’zgarishlar bilan uyg’un tarzda rivojlantirish, uning nufuzini oshirish masalasiga davlat siyosatining eng muhim va ustuvor yo’nalishi sifatida doimiy e’tibor berib kelmoqdamiz” – deb ta’kidlashi bejiz emas1.
Oilaviy muammolar yechimini o’rganish borasida respublikamiz psixolog olimlari tomonidan bir qator diqqatga sazovor ilmiy tadqiqot ishlari amalga oshirilgan va oshirilmoqda. Jumladan, G’.B.Shoumarov, V.M.Karimova, N.A.Sog’inov, X.K.Karimov, Sh.Sh.Jo’rayeva, F.A.Akromova, R.M.Abdullayeva, Yo.No’monova, M.O.Utepbergenov, R.A.Samarov, T.Norimbetov kabi olimlarimiz va ularning izdoshlari tomonidan so’nggi yillar davomida o’zbek oilasining etnopsixologik xususiyatlari, er-xotin nizolari, oilaviy rollar taqsimoti, oilalardagi shaxslararo munosabatlar hamda oilaviy muammolar kabi masalalar o’rganilgan. Bunday tadqiqotlar respublikamizda oilani ijtimoiy-psixologik nuqtai-nazardan tadqiq etish bo’yicha ma’lum bir o’ziga xos an’analarning yuzaga kelishiga asos bo’lib xizmat qiladi.
Oilaviy muammolarni o’rganish maqsadida olingan test natijalaridan shu narsa ma’lum bo`ldiki, oilaviy muammolar o`zaro munosabatlardagi kelishmovchilik, o`zini tuta olmaslik, turmush o`rtog`idan mamnun bo`lmaslik, zerikarli hayot, oilaviy burchlarning taqsimlanishi, janjalkashlik, o`ta manmanlik, xulq-atvordagi nomukamallik, moddiy qiyinchiliklar, jizzakilik kabi oila a’zolariga xos xatti-harakatlar va xarakter xususiyatlaridan kelib chiqar ekan. Yana shu narsaga amin bo`ldikki inson o`zi ideal insonni izlarkan. Ko`p holatlarda er-xotinlarning bir-biridan qoniqmaslik (ish vazifalaridan norozilik), gumonsirash, tanqid, tanbeh kabilar ham ko`pgina muammolarni keltirib chiqarishini bildik. Oila a’zolari oilada bir-birini o`zaro tushunmaslik, xarakter xususiyatlarining bir-biriga to`g`ri kelmasligida deb bilsalar, ayrimlarida ayol kishi noroziligi, tanbehlari erkakdan o`zini ustun qo`yishi deb bildilar. Bundan shu narsa ma’lum bo`ldiki, oilaviy muammolarning asl sababi oilalarda pedagogik va psixologik bilimlarning yetishmasligidadir. Buning uchun mahallalarda bu borada keng qamrovli ishlarni olib borish, mahalla yig`inlarini oilalar bilan hamkorlikda amalga oshirish, oilalarning mahallaga bo`lgan ishonchini, psixolog va pedagoglarga bo`lgan ishonchini oshirish masalalarini hal etish lozim.
Konstitutsiyamizning 63-moddasida ”Oila jamiyatning asosiy bo`g`inidir hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo`lish huquqiga ega”, degan qoida mustahkamlab qo`yilgan.¹ Shunday bo`lsada ko`pgina oilalarda turli masalalarda muammolar bo`lib turadi.Bular:
- oilaviy muammolar azaldan olimlar tomonidan o`rganib kelingan muammolardan biri. Oilaviy muammolar yechimi ustida ko`pgina pedagoglar, psixologlar bosh qotirganlar. Buning isboti tarzida ular yaratgan metodikalarni, testlarni misol qilib keltirish mumkin. Ushbu metodikalar asosida oiladagi nizolar muammolar o`rganiladi, tashxislanadi va shu asosda o`rganilgan muammolarni bartaraf etish choralari ko`riladi;
- oilaviy muammolar oiladagi o`zaro munosabatlarning noto`g`ri yo`lga
qo`yilishi bilan belgilanadi. Bunday munosabatlar ko`proq er-xotinlar o`rtasidagi o`zaro kelishmovchiliklarini, chiqisha olmaslik, muomalasizlik, kelisha olmaslik, o`zaro xurmatning yo`qligi, oiladagi obro` kabilarda ko`rinadi. Shu bilan birga ota-onalar va farzandlar o`rtasidagi o`zaro bir-birini tushunmaslik holatlari, qaynona-kelin munosabatlaridagi kelisha olmaslikdagi holatlar oilaviy munosabatlaridagi kelisha olmaslikdagi holatlar oilaviy muammolarning eng katta qismini tashkil etadi;
- oiladagi muammolarning yana ko`p qismini moddiy yetishmovchilik tashkil etadi. Oilani moddiy jihatdan ta’minlay olmaslik er-xotin munosabatlarini
yomon ahvolga solib keladi, xozirgi kunda ko`pgina ajrimlarning sababini moddiy yetishmovchilikdan degan xulosalar mavjud. Bunday muammolar farzandlar tarbiyasiga ham jiddiy ta’sir ko`rsatadi. Oiladagi janjallarning sababini tushunib yetgan bolada ota-onaga bo`lgan munosbat o`zgaradi va bu holat ham yana bir muammoni keltirib chiqaradi;
- tadqiqotlarda yana shunga amin bo`ldikki yosh oilalarda hayotga, oilaga bo`lgan munosabat o`zgacha. Ular hayotga, oilaga yengil qaraydilar. Ularda turmush tajribasining ortishida qaynona, qaynota va boshqa oila a’zolari bilan hamkorlikda yashashi muhim ekan. Oilada bo`ladigan muammolarni hamkorlikda hal qilish masalasida ularning ko`maklari zarur ekan;
- Oiladagi ko`pgina muammolarning sabablaridan yana biri bu oilalarning ko`pchilik (qaynota, qaynona, qaynilar, qaynisingil, ovsinlar) bilan yashashidir. Oiladagi o`zaro ikir-chikir, chiqisha olmasliklar ko`pchilik bilan birga yashashdan kelib chiqadi;
- oilaviy muammolarning ko`pgina sabablari er xotin munosabatlariga borib taqaladi. Bunda jinsiy hayot masalasi alohida o`rin egallaydi. Ushbu masaladagi muammolar sharq mutafakkirlari asarlarida ham o`z aksini topgan;
- oilaviy muammolarda oila a’zolarining sog`lom turmush tarziga amal qilmasliklari ham sabab bo`ladi. Otaning yoki onaning, yomon salbiy odatlarga (ichish, chekish, giyohvandlik, yomon yo`lga kirish) odatlanishi hamda oiladagi turli kasalliklarning avj olishi masalalari ham oilada yetarlicha muammolarni keltirib chiqaradi;
- oiladagi tenglik, er-xotinlar hayotidagi tenglik huquqi barchaga ham birdek ma’qul kelmas ekan. Ayrim oilalardagi ayollarni kamsitish, mensimaslik, odam o`rnida ko`rmaslik, fikrlarini inobatga olmaslik holatlari muammolarni keltirib chiqaradi, shu bilan birga ayollarning xukmronligi ham muammolarga olib keladi.
Ushbu xulosalarga asoslanib quyidagi tavsiyalarni ishlab chiqdik:
- oilaviy muammolar yechimi oiladagi sog`lom psixologik muxit yaratilishiga bog`liq;
- oilaviy muammolar yechimidan biri bu – oila a’zolarini yetarli darajada pedagogik – psixologik bilimlar bilan qurollantirishdan iborat;
- oilaviy muammolar yechimida muammoni keltirib chiqargan har ichki tomonning psixologik jixatdan o`zaro kelishuvini ta’minlash;
- oilaviy muammolar yechimida oila bilan mahalla hamkorligini yo`lga qo`yish eng muhim masalasidir;
- oiladagi shaxslararo tenglikni yuzaga keltirish oila mustahkamligi va barqarorligini ta’minlaydi.
Ushbu tavsiyalar oilalar tinchigi va mustahkamligini ta’minlaydi. Yana shuni aytish kerakki, oilalardagi muammolarni hal etish uchun maslahatxonalar muhim. Ushbu maslaxatxonalar muammolarni yechib berish bilan birga oilalarga psixologik ko`mak bersa. Oila a’zolarini turli qarorlarida yordamlashsa, bunday psixologik madad, ta’sir ko`rsatish inson psixologiyasini o`zgartirsa. Balki shunda oilaviy muammolarga chek qo`yilar edi.


2.2 Oilaviy nizolarning eng xarakterlilaridan biri bu er va xotin o‘rtasidagi nizolardir. Xo'sh, eng ezgu niyatlar bilan bir-birla­rini sevib oila qurgan yoshlar nega oila qurishgandan keyin ularning o‘zaro munosabatlarida nizo-janjallar ro'y beradi? Ular nima uchun urushadilar? Umuman er-xotinlik hayotida nizolarsiz, urush-janjallarsiz ham yashasa bo'ladimi? Bu kabi savollarni yana ko'p davom ettirish mumkin.

Yüklə 78,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin