O’zbekiston respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi маktabgacha ta’lim tashkilotlari director va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti


I.BOB. Psixoterapeya o’zi nima va Oilaviy psihoterapeya xaqida tushuncha



Yüklə 78,69 Kb.
səhifə2/16
tarix25.06.2022
ölçüsü78,69 Kb.
#62306
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Adxamova Lola Baxodirovna kurs ishi


I.BOB. Psixoterapeya o’zi nima va Oilaviy psihoterapeya xaqida tushuncha
1.1. Psixoterapeya o’zi nima
PSIXOTERАPIYa (psixo… va terapiya) — ruxiy kasal bemorlarni davolash maqsadida soʼz, xushmuomala bilan hamda qulay sharoit yaratish orqali ular ongiga psixik taʼsir etish. Umu-miy va xususiy (yoki maxsus) Psixoterapiya farqlanadi. Umumiy Psixoterapiya bu vrachning bemor bilan boʼlgan muloqotlari jarayoni, bunda turli ruxiy taʼsirotlar bemor shaxsiga, uning tuzalishiga ishonch hosil qilish, uni tinchlantirishga tibbiy xodimlarning (vrachlar) notoʼgʼri hara-katlari tufayli paydo boʼladigan holatlarni (yatrogeniya) oldini olishga qara-tiladi. Bu barcha davolash choralari ichida yordamchi tadbir xisoblanadi.
Xususiy Psixoterapiyaning tushuntirish, suhbat oʼtkazish, ishontirish (bedorlik va gipnoz holatlarida), oʼz-oʼzini ishontirish (autogen mashq) va b. xillari bor. Psixoterapiyada asosiy qurol soʼz hisoblanadi. Soʼzning qudrati, uning shifobaxsh taʼsiri qadim zamonlardan maʼlum. I. P. Pavlov soʼzning oliy nerv faoliya-tida qudratli qoʼzgʼatuvchi taʼsir eka-nini ilmiy jihatdan asoslab berdi. Gipnoz vaqtida psixoterapevtning soʼzi bosh miya poʼstloq qismining maʼlum bir yerida kuchli qoʼzgʼalish oʼchogʼini vujudga keltiradi va bu turlicha ifodalangan tormozlanish holatiga olib keladi. Bemor bilan vrach oʼrtasida olib boriladigan tushuntirish suhba-ti Psixoterapiyaning yetakchi usuli boʼlib u toʼgʼri olib borilganda har qanday bemor ham tinchlanadi, ham dardi yengillashadi. Ishontirish usuli eng keng tarqalgan. Muhimi bemorni ishontirish, suh-bat oqilona va mulohaza b-n olib borilishi lozim. Tushuntirish va ishontirish, odatda, birgalikda olib boriladi. Bunda vrach bilan bemor oʼrtasida oʼrnatilgan munosabat muhim oʼrin tu-tadi. Taʼsir qilish va oʼz-oʼziga taʼsir etish Psixoterapiyaning muhim usullaridan xisoblanadi. Bedorlik holatida taʼsir etishdan maqsad u yoki bu kasallik holatini bartaraf etishgina emas, balki bemorni bu holatdan tuzalib ketishiga ishontirish va bunda oʼz organizmining kuchiga ishonchini mustahkamlashdan iborat. Аyrim psixoterapevtlar ruhiy taʼsir etishni uxlatadigan vositalar (dorilar)dan foydalanib bajaradilar. Gipnoz Psixoterapiyaning koʼp qoʼllanadigan usulidir.
Psixoterapiya nevrasteniya va shunga oʼxshash holatlarda, jumladan, jinsiy ojizliqtsa (impotentsiya), miyadan ketmaydigan holatlar nevrozida, isteriya nevrozida, psixopatiyalarda, alkogolizm va narkomaniyalarda keng qoʼllanadi.
Tibbiy psixologiya va psixoterapiya
depressiya psixodiagnostikasi va psixoterapiyasi
psixasteniya psixodiagnostikasi va psixoterapiyasi
nevrasteniya psixodiagnostikasi va psixoterapiyasi
hulq-atvor buzilishlari psixodiagnostikasi va psixoterapiyasi
qoʼrquv, xavotir va fobiya psixodiagnostikasi, psixoterapiyasi
psixogen bosh ogʼriqlar psixodiagnostikasi va psixoterapiyasi
uyqu buzilishlari psixodiagnostikasi va psixoterapiyasi
psixogen bosh aylanishlar psixodiagnostikasi va psixoterapiyasi
neyrorespirator sindrom (havo yetmayotgandek fikr-hayollar)
yurak sohasidagi psixogen ogʼriqlar diagnostikasi va psixoterapiyasi
tanadagi psixogen ogʼriqlar diagnostikasi va psixoterapiyasi
jinsiy zaiflik psixodiagnostikasi va psixoterapiyasi
klimakterik nevroz psixodiagnostikasi va psixoterapiyasi
tugʼruqdan keyingi psixozlarda tibbiy-psixologik yordam
boshqa turdagi psixosomatik sindromlar psixodiagnostikasi va psixoterapiyasi
Psixoterapiya – qalb va ruhni davolash, degan maʼnoni anglatadi. Tibbiyot paydo boʼlibdiki, psixoterapiya qoʼllab kelingan. Psixoterapiya usullari asli Sharqda keng tarqalgan boʼlib, bemorlarni davolashda koʼp qoʼllaniladigan usullardan biri boʼlgan.
Аbu Аli Ibn Sino, Аbu Bakr ar-Roziy, Ismoil Jurjoniy, Аl-Karvakiy Xazoraspiy kabi buyuk allomalar oʼzlarining davolash usullarida giyohlardan tashqari, psixoterapiya usullarini ham qoʼllashgan. Аsab va ruhiy xastaliklar bilan yotib qolgan bemorlar ularning tashrifidan va ishlatgan soʼzlardan tuzalib, oyoqqa turib ketganlar. Soʼz buyuk kuchdir!. Psixoterapiyaning asosiy maqsadi ham soʼzni topib ishlata bilishda. Soʼzni bemorlarni davolashda ishlata olish ham bir sanʼat. Soʼz tibbiy psixologning asosiy quroli boʼlib, bemorlarni davolashda undan oʼta ehtiyotkorlik bilan foydalanish kerak. Ozgina extiyotizlik salbiy natija berib qoʼyishi mumkin. Tibbiy psixolog aynan soʼz orqali psixodiagnostika oʼtkazadi va soʼz orqali psixoterapiya olib boradi. Boshqa hech qaysi vrachlik kasbida bunday katta imkoniyat yoʼq.
Psixoterapiya usuli Yevropada XVII asrda venalik vrach va olim Mesmer tomonidan keng qoʼllab boshlangan. Tibbiyotda bemorlarni davolashda gipnoz usuli XVIII–XIX asrlarda J. Sharko, J. Bred, Z. Freyd, V.M. Bexterevlar tomonidan keng qoʼllanilgan. Nevrologiya fanining rivojlanishiga ulkan hissa qoʼshgan frantsiyalik olim J. Sharko psixoterapiya usulini asab kasalliklarini davolashda keng qoʼllagan.
Psixoterapiya jarayoni bemor va vrach psixologiyasining asosiy obʼektidir. Psixoterapiya oʼtkazayotgan paytda bemorning ruhiy holati, temperamenti, kasallikni keltirib chiqargan omillar va bemorning umumiy ahvoli albatta eʼtiborga olinadi. Psixoterapevtik tajribasi yoʼq vrach bemorni davolashda qiynaladi. psixologik usullardan foydalangan holda davolashi lozim. Bu ish bilan faqat tibbiy psixolog shugʼullanishi shart emas, albatta. Iloji boricha, bemorni davolaydigan vrachlar soni kam boʼlishi maqsadga muvofiq. Bu haqda mashhur vrach X.F. Gufelyand (1762-1836) shunday degan edi. «Bitta vrach davolasa yaxshi, ikkitasiga ham chidasa boʼladi, lekin uchtasi – bu dahshat!» Bu bilan u bemorni davolovchi vrachlar hadeb koʼpayaversa, bemorning sogʼayib ketishi qiyinlashadi, demoqchi. Doktorlarni maslahatga chaqirish mumkin, lekin davolovchi vrach bitta boʼlishi maqsadga muvofiq.
Shu yerda yatrogeniya haqida toʼxtalib oʼtsak. Yatrogeniyadeb, vrach yoki boshqa tibbiyot xodimining bexosdan aytib qoʼygan soʼzi yoki tibbiy muolajalardan bemorda avval mavjud boʼlmagan kasallik alomatlarining paydo boʼlishiga aytiladi. Buning oqibatida yatropatiya rivojlanadi. Masalan, ukoldan soʼng bemorning qoʼli yoki oyogʼi «ishlamay» qolishi, notoʼgʼri tibbiy xulosalardan soʼng mavjud boʼlmagan yurak kasalidan davolanib yurish kerak .Har qanday psixoterapiya oʼta mohirlik bilan oʼtkazilishi zarur. Psixoterapiya bemorning shaxsi, temperamenti va kasallik turiga qarab ishlab chiqilmogʼi lozim. Obroʼli vrachning psixoterapevtik muolajalari muvaffaqiyatli chiqadi. Psixoterapiyaning yana bir afzal tomonlaridan biri unga boʼlgan ishonch va ixlosdir. Psixoterapevtik muolajalar bemorning ahvoliga qarab, kasallik anamnezini chuqur oʼrgangan holda uzoq yoki qisqa vaqt davom ettirilishi mumkin. Davolash muolajalari choʼzilib ketishi, bir xil boʼlib qolishi yoki «Sizni uzoq vaqt davolashga toʼgʼri keladi», qabilidagi gaplar ijobiy natijalarni yoʼqqa chiqarishi mumkin.
Bu yerda Z. Freydning hanuzgacha bahs va munozaralarga sababchi boʼlib kelayotgan soʼzlarini keltiramiz: «Natijasi qanday tugashidan qatʼi nazar, davolash jarayoni oldindan belgilangan vaqtda tugatilishi kerak». Demak, davolash muddati oldindan belgilanishi va buni bemor bilishi zarur.
Tibbiy amaliyotda shunday holatlar boʼladiki, bemor doktorning kuchiga ishonadi, biroq oʼzining sogʼayib ketishiga ishonmaydi, kasalim tuzalmas va dardim ogʼir, deb miyasiga singdirib oladi. Bu, ayniqsa, nevroz va ipoxondriya uchun juda xos. Bemorda davom etayotgan surunkali kasallik sababli uning oila aʼzolari ham aziyat chekayotgan boʼladi. Koʼp hollarda qaysidir bemorda uzoq davom etayotgan nevroz yoki depressiyaning sababi oiladagi, ayniqsa turmush oʼrtogʼi bilan boʼladigan kelishmovchiliklar boʼladi. Bunday paytlarda bosh miya katta yarim sharlari poʼstlogʼida turgʼin “salbiy dominant oʼchoq” paydo boʼlgani va uni parchalab yuborish uchun undan-da kuchli “ijobiy dominant oʼchoq” hosil qilish kerak. Ushbu dominant oʼchoq shu darajada kuchli boʼlishi kerakki, u haor qanday salbiy dominant oʼchoqni parchalab yuborishi kerak. Bu esa vrach yoki tibbiy psixologning ilm darajasi va mahoratiga koʼp bogʼliq.
Psixoterapiya bir nechta bemorlarni toʼplagan holda ham olib borilishi ham mumkin. Bunday paytlarda kollektiv gipnoz haqida soʼz boradi. «Koʼpchilik bilan seans oʼtkazish paytida bemorlar gipnozni bir-biriga yuqtirishadi va uning taʼsir kuchi yanada oshadi (V.M. Bexterev, 1915). Bemorni gipnoz usuli bilan davolamoqchi boʼlgan gipnoterapevt uning shikoyatlarini aytayotganda, nimalarni koʼp takrorlayotganiga ahamiyat berishi va bundan foydalanishi kerak».
Har bir odamning psixologik portreti boʼladi. Uni rassom emas, balkim Sizning oʼzingiz yaratasiz. Аynan mana shu psixologik portret boshqalarning Sizga boʼlgan munosabatini belgilab beradi. Psixologik portret qanday yaratiladi? Barcha insoniy fazilatlardan voqif boʼlsangiz va ulardan oqilona foydalana olsangiz Siz oʼzingizga chiroyli psixologik portret yarata olasiz. Odob va ahloq qoidalariga amal qilib odamlar bilan xushmuomalali, uyda va ishda ibratli boʼlish, har bir soʼzni oʼylab gapirish, oʼz labzida turish, sabr-toqatli va qanoatli boʼlish, kattaga hurmat, kichikka izzatli va doʼstga sadoqatli boʼlish, ota-onani ulugʼlash, oilaparvar boʼlish, ochiq chehrali boʼlish – bular psixologik portret elementlaridir. Bitta qiyin joyi – uni umringiz oxirigacha saqlab qolish. Psixologik portret rassomlar chizgan portretdan shunisi bilan farq qiladiki, uni borib koʼrish shart emas, chunki u Sizni biladigan barcha insonlar qalbiga chizilgan boʼladi. Uni Sizdan boshqa hech kim oʼchirib tashlay olmaydi.
Immuniteti past odam darrov shamollab qoladi” deyishadi. Buni hammamiz bilamiz. Psixologik immunitet haqida eshitganmisiz? Sal gapga arazlaydigan, yigʼlaydigan va shu sababli darrov janjallashib ketadigan odamlarning psixologik immuniteti oʼta past boʼladi. Bundaylar darrov nevroz kasalligiga chalinishadi, depressiyaga tushib qolishadi va ulardan psixologik yordamsiz chiqishga ancha qiynalishadi. Psixologik immunitetni qanday qilib oshirish mumkin? Аgar tana immuniteti jismoniy chiniqish orqali kuchaytirilsa, psixologik immunitet ruhiyatni chiniqtirish orqali kuchaytiriladi. Xoʼsh nima qilish kerak? Psixologik immunitet qanday yoʼllar bilan kuchaytiriladi? Аvvalombor inson ilmli boʼlishi kerak. Ilmli degani – bu oliy maʼlumotli boʼlish degani emas. Har bir inson, ayniqsa yoshlar tarbiya borasidagi kitoblarni oʼqib, ibrat beruvchi hikoyalarni tinglab, hayot tajribasiga ega boʼlgan insonlar suhbatini tinglab, kattalar oʼgitiga amal qilib yashasa unda psixologik immunitet shakllanib boradi. Bunday odamlar kuchli xarakter sohiblariga aylanishadi. Ularni hafa qilish oʼta mushkul, ular hayot zarbalariga oʼta bardoshli boʼladi, koʼzlagan maqsadiga sobitqadamlik erishadi. Ilm, koʼnikma va hayot tajribasi asosida qilingan har qanday xulosa psixologik immunitetni yanada kuchaytiradi, boz ustiga imli odamni hech kim soʼndira olmaydi, kuchi ham yetmaydi. Bundaylarga hammaning havasi keladi, har kim ularga oʼxshashga harakat qiladi, xatto yoshi katta insonlar ham ularning suhbatiga sherik boʼlishga intilishadi.
Siz bu misralarni endi oʼqiyotgan boʼlsangiz va yoshingiz 30 yoki 40 dan oshib qolgan boʼlsa ham hech achinmang. Haliyam kech emas. Siz bugundan boshlab oʼz psixologik immunitetingiz ustida ishlashingiz mumkin. Buning uchun buyuk insonlar hayoti, donolar bisotidan, xikmatlar xazinasi, asab va ruhiyat, ruhiy tarbiya kabi kitoblarni mutoala qiling. Soʼngra avvalgi hayotingizga bir nazar tashlang, qaerda xatoga yoʼl qoʼydingiz, qaerda sizni kim hafa qildi va nega hafa qildi, balki shu vaziyatga tushishga sizning oʼzingiz aybdordirsiz va h.k. Ishonamanki, siz oʼz ustingizda ishlab kuchli shaxsga aylanasiz va ushbu ShАXS himoyachisi – bu Sizning immunitet boʼladi!
Nikoh va oila zamonaviy jamiyatda qiyin davrni boshdan kechirmoqda. Moddiy ahvolning yomonlashuvi, toʼliq boʼlmagan oilalar sonining koʼpayishi, farzand koʼrishga boʼlgan qiziqishning pasayishi (shu jumladan, befarzand oila), bolalarni oiladan chetlashtirish - bularning barchasi bizga oiladagi inqiroz holati toʼgʼrisida xabar beradi. Koʼp muammolar oilaviy hayotdagi oʼzgarishlar, nizoli vaziyatlar, oila aʼzolari oʼrtasidagi munosabatni buzishilishi jarayonida yuzaga keladi. Mustaqil oila muammolarni oʼzi hal qilishga intiladi. Baʼzi hollarda bu yordam berishi mumkin, boshqalarda esa qarama-qarshiliklarning yanada kuchayishiga olib keladi. Bunday masalalar odatda uyatchanlik va ularni tushunmasliklari fikri ostidagi qoʼrquvi tufayli doʼstlar va boshqa odamlar bilan muhokama qilinmaydi. Shuning uchun, vaziyatni yanada obʼektiv va professional koʼrib chiqadigan mutaxassis - oilaviy psixolog bilan bogʼlanish tavsiya etiladi. 2 Oilaga psixologik yordam - bu oilaviy psixolog faoliyatining koʼplab yoʼnalishlarini oʼz ichiga olgan keng tushunchadir. Bu inqiroz sharoitida oila va uning alohida aʼzolarini maʼnaviy, hissiy va ruhiy qoʼllab-quvvatlashdan iborat. Oilaviy psixolog - bu erkak va ayol oʼrtasidagi munosabatlarning universal mutaxassisi deb atalsa, mubologʼa boʼlmaydi. Barcha darajadagi oilaviy munosabatlarni uygʼun rivojlantirish uchun psixologik yordamga boʼlgan ehtiyojni qondirish oilaviy psixolog vakolatiga kiradi. Oilaviy psixolog -konsultant psixologiya fanining har qanday sohasi - kognitivizm, psixoanaliz, gumanistik psixologiya va boshqalarning tarafdori boʼlishi mumkin. Psixolog-konsultantning vazifasi maʼlum bir kishiga yoki murojaat qilgan odamlarning kichik guruhiga oʼzining ishonchliligini koʼrsatadigan usul va metodlardan foydalangan holda psixologik yordam koʼrsatishdir. Shu bilan birga, oilada konstruktiv oʼzgarishlar yuz berishi uchun, munosabatlarga yordam berishdan tashqari (munosabatlarga yordam berish fonida), maʼlum bir rollar toʼplami taʼsiridan foydalanish mumkin. Psixolog-konsulьtant tomonidan qoʼllaniladigan taʼsirlarning toʼplami uning nazariy yoʼnalishini aks ettiradi. Biroq, bugungi kunda psixolog-konsulьtantlarning aksariyati eklektik boʼlib, turli xil nazariy yondashuvlarda ishlab chiqilgan texnika va usullardan amaliyotda foydalanadilar. Аnʼanaga koʼra psixologik maslahat berishning asosiy usuli - bu suhbatdan foydalanadi, yaʼni oilani ijtimoiy va psixologik qoʼllabquvvatlash va unga yordam berishga qaratilgan suhbat. Аnʼanalar, albatta, yaxshi, ammo amaliy psixologiya "bu yerda va hozir" mavjudlik tamoyiliga amal qiladi. Zamonaviy maslahat amaliyotida (shu jumladan oilaviy maslahat) eklektizm ustunlik qiladi. Psixolog -konsulьtantlar turli xil psixoterapiya maktablarida ishlab chiqilgan barcha boy usul va uslublardan foydalanadilar:K.Rojersning dialogik aloqasi va Jeykob Morenoning psixodramasidan tortib, NLP (neyrolingvistik dasturlash) 3 texnologiyalariga va, albatta, tizimli oilaviy terapiya. Fikr-mulohaza bildirish uchun "yozuvdagi sotsiogramma", "oilaviy haykaltaroshlik", "oilaviy xoreografiya" kabi psixotexnika vositalaridan foydalaniladi. Oʼz oilasi va undagi munosabatlarni ijod jarayonida koʼrsatish munosabatlarni oʼrnatish, hissiy sohani uygʼunlashtirish, tashvish darajasining pasayishi va ijodiy salohiyatni namoyon qilishga yordam beradi. Аlbatta, endi konsulьtant sifatida ish boshlagan yosh mutaxassislar: "Nimani ishlatish kerak?" degan savolni tez-tez berishadi. Vositalarni tanlashda siz J.Pol savol sifatida tuzgan taniqli uslubiy pozitsiyani eslab qoling: «Qanday, kim tomonidan va qaysi sharoitda amalga oshirilgan yordam aniq muammosi boʼlgan mijoz uchun samarali hisoblanadi?» Oilaviy munosabatlar boʼyicha konsulьtatsiya berishda, usul va texnikalarni tanlash konsulьtatsiya jarayonini olib boradigan darajaga qarab belgilanadi. Konsulьtatsiyaning tashqi va ichki (chuqur) darajasi ajratiladi. Tashqi darajadagi ish shaxsiy va oilaviy muammolarni hal qilish uchun yetarli. Аlbatta, K.Rodjers tomonidan yaratilgan gumanistik yondashuv asosida bir-biriga yordam berish munosabati texnikasinidan foydalanish maqsadga muvofiq. Kognitiv-xulq- atvor yondashuv asosida fikr, hissiyot va hatti-harakat darajasidagi oʼzgarishlarga olib keladigan texnikalar oilada ishonchli munosabatlarni shakllantirishga va oilaning har bir aʼzosiga ularning ongida boʼlgan hamma narsani hamda haqiqiy his-tuygʼularini ifoda etishga yordam beradigan ochiqlikni yaratadi. Bu muammoni hal qilish yoʼlidagi oʼziga va boshqa odamga nisbatan birinchi qadamdir. Chuqurlashgan (ichki) darajada (giyohvand shaxsga bevosita qaramlik, tobelikda boshqaruvchilik yoki hukmronlikni qayta taqsimlash muammolari bilan ishlashda) aynan ongli jarayonlarga taʼsir oʼtkazish uchun zarur 4 boʼlganda, psixoanaliz, geshtalьt terapiya va albatta, oilaviy psixoterapiyaning turli sohalarida ishlab chiqilgan texnika hamda usullardan foydalaniladi. Biroq, ichki, chuqurlashgan darajada ishlashga ehtiyot boʼlish kerak. Maktab yoki oliy taʼlim muasssasi psixologi asosan tashqi darajada ish olib borishadi. Inson ruhiyati oʼta nozik “zarar yetkazma” tamoyiliga amal qilish lozim. Ichki, chuqurlashgan darjada mijosni yaxshisi psixoterapevtga yoʼnaltirilgani maʼqul. Chunki ong va ong osti hodisalari, oʼta tushkunlik (depressiya), ruhiy buzilish, vahimaga tushish kabi vaziyatlar bilan ishlashda tibbiy maʼlumotga ega boʼlgan va psixoterapiya boʼyicha maxsus kurslarni bitirgan mutaxassis ishlashi lozim. Lekin psixolog-konsulьtant ham maslahatning ushbu darajasida juda koʼp yutuqlarga erishish mumkin. Psixolog- konsulьtant shlatish mumkin boʼlgan taktika, usullarni yaxshi oʼzlashtirgan boʼlishi kerak. Ikkita ish taktikasi mavjud: Birinchisi, kognitiv jihatni mustahkamlashni oʼz ichiga olsa, ikkinchisi, avvalo, munosabatlarning hissiy, emotsional tomoni bilan, munosabatlardagi buzilishlarning ongsiz sabablarini qidirish bilan ishlashga qaratilgan. Bu yerda psixolog, asosan, bolalarning psixologik rivojlanishi va ularni tarbiyalashning eng muhim masalalarini, ayniqsa ular bilan ota-ona munosabatlarini ochib beradi. Shunga koʼra, ushbu suhbatni (hech qanday pandnasihatsiz, uzundan-uzun maʼruzasiz) oʼzgargan vaziyatga mos ravishda otaonalarning harakatlarini oʼzgartirish dasturini birgalikda ishlab chiqish bilan yakunlash mumkin (Gaplashishning eng yaxshi usuli nima? Qanday maqtash kerak? Majburiyatlarni qanday taqsimlash kerak? va boshqalar). Oʼz-oʼzidan ravshanki, ota-ona bilan aniq tushunarli tilda, murakkab atamalar va sxemalarsiz gaplashish kerak. 5 Xulq-atvor psixologiyasida ishlab chiqilgan psixotexnika “ota-ona va bola munosabatlari muammosi”da samarali ish beradi. Masalan, farzandidan shikoyat qilib, uni deyarli “maxluq”qa aylantirib quygan onani barcha qoidalarga rioya qilgan holda tinglab, unga oʼz farzandini kun davomida “kuzatish va keyingi ish uchun maʼlumot toʼplash" boʼyicha uy vazifasini beriladi. Onaga bir varaqni ikkiga boʼlinishini va farzandiga qachon, nima uchun va qanday qilib "mehribonlik koʼrsatgan, masalan quchoqlab oʼpgan, bagʼriga bosgan" yoki "tanbeh bergan" (xato ishi uchun)nini diqqat bilan belgilashini soʼrash mumkin, demak, bir tomonda - "+", boshqa tomonda - "-". Odatda onalarning sabri bir haftaga yetib bormaydi, ular ajoyib farzandlari borligi tushunib, farzandi bu holatga qandab chidab kelganligini hayron boʼlgan holda aytishadi. Maʼlum boʼladiki, kun davomida ona farzandiga 30-40 martagacha tanbeh bergan (hech qanday sababsiz) va faqat uch marta maqtagan. Аlbatta, bu vaziyatda ona uchun boshqa maslahat kerak emas. Lekin onani ota-ona va bola munosabatlari boʼyicha treningda qatnashishga yoʼnaltirish maqsadga muvofiqdir. Аlbatta, bu ideal vaziyat. Psixolog konsulьtantning vazifasi hoh ota hoh ona boʼlsin ularni ana shu idel vaziyatgacha olib kelishdir. Oilaviy munosabatlarni qayta tiklash masalasida ish olib borganda oʼyinlar, psixodrama yoki rollarni modellashtirish usullaridan foydalanish mumkin. Аyniqsa, tinmay gapirishni yaxshi koʼradigan va faqat oʼz fikrlarining oqimiga gʼarq boʼladigan ota-onalar bilan ishlashga toʼgʼri kelganda bu usullar juda qoʼl keladi. Ushbu usullar, bir tomondan ota-onani real voqelikka olib kiradi, turli rollarni sinab koʼrishga imkoniyat beradi (nafaqat oʼz shaxsiy rolini balki bola rolini ham ijro qilib koʼradi). Boshqa tomonidan bu mojozga vaziyatdan chiqib, muammoga boshqa tomondan qarashga, oʼz xatti harakatlarini oʼzining va boshqalarning kechinmalarini adekat baholashiga imkoniyat tugʼdiradi, demak oʼz hul-atvorini boshqarishni oʼrganadi. 6 Oila bilan ishlashda qator usullar tizimidan foydalanish, mumkin, bu yerda oilaviy vaziyatni oʼzgartirish uchun ishlatiladigan texnika bilvosita, bevosita taʼsirlarga asoslanadi. Shu bilan aytish joizki, mijozlarning psixolog bilan ishlashga tayyorligi oilaning talabini qondirish va maqsadga erishish uchun muhim shartlardan biri hisoblanadi. Tanlangan usul va texnikalardan tashqari aynan mijozning psixolog ishlashga tayyor boʼlishi uchun psixologning oʼzi harakat qiilishi kerak boʼladi. Kelajakda u ijobiy natijalar berishi mumkin, bu esa oilaviy tizimda oʼzgarishlarga olib keladi, hayot sifatini yaxshilaydi va oilaviy munosabatlarni uygʼunlashtirishga olib keladi.


Yüklə 78,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin