O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 20yilligiga bag'ishlanadi kirish



Yüklə 1,87 Mb.
səhifə220/228
tarix15.04.2022
ölçüsü1,87 Mb.
#55515
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   228
Ўзбекистон тарихи- Мустақиллик даври---2014-1

Uchinchidan, O'zbekiston MDHga a'zo davlatlar bilan o'zaro ikki taraf uchun ham foydali hamkorlik qilishga hamisha tayyor va o'z tashqi siyosatida shunga intilib kelyapti. MDHga a'zo ko'p mamlakatlar bilan ana shunday hamkorlikda ish olib borilyapti.

O'zbekiston MDHdagi barcha mamlakatlarning o'z mustaqil-ligini mustahkamlash yo'lidagi intilishlarini qo'llab-quvvatlamoqda va bu sobiq ittifoqdosh respublikalar o'rtasidagi har taraflama ham­korlikni yanada kuchaytiradi, deb hisoblaydi. O'zbekiston barcha mustaqil davlatlar hududiy butunligini va ularning chegaralari daxl-sizligini tan oladi. Ichki hududiy janjallarga aralashmaydi va bularga o'sha mamlakatlarning ichki ishlari, deb qaraydi. Bundan tashqa­ri, u MDHga a'zo ikki davlat o'rtasidagi munosabatlardan chetga chiqadigan masalalarni MDH miqyosida ko'rib chiqish tarafdori. O'zbekistonning yana bir nuqtayi nazari shundan iboratki, MDH ichida hech bir davlatning qo'li baland kelishiga yo'l qo'ymaslik kerak. Bu O'zbekiston hukumati, uning rahbariyatining qat'iy yo'li, O'zbekiston xalqining xohish-irodasi.

Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligining vujudga kelishi tabiiy va ayni chog'da tarixiy hodisa. U yangi mustaqil davlatlar suvereni­tetini saqlagan holda yagona iqtisodiy makonni vujudga keltirish, sobiq ittifoq davrida bir-biriga chirmashib ketgan, o'rgimchak ini-dek chuvalashgan ishlab chiqarish tizimini saqlagan holda teng hu­quqli hamkorlar sifatida jahon bozori me'yorlari va qonun-qoidalari bo'yicha hisob-kitob qilishni taqozo etadi. Bu dunyo tan olgan haqi-qatga tayangan mezon bo'lib qolmog'i kerak.

Biroq, ayrim mamlakatlar allaqanday nufuz va ortiqcha imti-yozlarga erishishni orzu qilib qolishdi. Teng huquqli mustaqil dav­latlar hamkorligi tamoyillaridan chekinish, o'zlariga ko'proq va kengroq imkoniyat yaratish, aniqrog'i, katta og'achilik singari yaqin o'tmishdagi nufuzlarni yo'lga qo'yishga intilishlar bo'ldi. Bularga erishishning turli-tuman yo'llarini izlashdi. Jumladan, mustaqillik-ning endigina ikkinchi yili nishonlanayotgan paytdayoq Rossiyaning ayrim siyosatdonlari ikki fuqarolik muammosini ko'tarib chiqdilar. Emishki, sobiq ittifoq tarkibidan ajralib chiqqan mamlakatlarda rus millatiga mansub aholi yashayotgan ekan, ularga o'z mamlakati qa-torida Rossiya fuqaroligi ham berilishi zarur emish. Vaholanki, jahon davlatchiligi tarixi, xalqaro inson huquqlari tajribasi bunday hodisani ko'rmagan. Bu bevosita ma'lum bir davlat mustaqilligini mensimas-lik, uning Konstitutsiyasini tan olmaslik, qolaversa, ichki ishlariga aralashish hamda millatlararo nizolarni keltirib chiqarishdan boshqa narsa emas.

Baxtga qarshi Markaziy Osiyodagi ayrim mamlakatlar mav­jud iqtisodiy tanglik va yuz berayotgan qiyinchiliklarni osonlik bilan hal etish maqsadida ikki fuqarolik singari betayin siyosatni ochiqdan ochiq qo'llab-quvvatladilar. Jumladan, Qirg'iziston va Qozog'iston shu yo'l bilan mamlakatdagi iqtisodiy tanglikni barta­raf etmoqchi bo'ldilar. Mazkur siyosat oqibatlari naqadar og'ir va ayanchligini aniq his qilgan Islom Karimov bunday g'oya asossiz va bir hovuch siyosiy lo'ttibozlarning nayranglari ekanligini aytib, «Agar fuqarolik milliy tamoyilga qarab belgilansa, insonga milla­tiga qarab turli xil huquqiy maqom berilsa, bu oxir-oqibatda jami-yat barqarorligining buzilishiga olib keladi. Ikki davlat fuqaroligiga mansublik achinarli holdir. Bu bevatanlik bilan barobardir», - deb masalaning ham siyosiy-huquqiy, ham ma'naviy-ruhiy jihatlari-ni lo'nda qilib ochib berdi. U O'zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilingan kunning bir yilligi munosabati bilan 1993-yil 6-dekabrda bo'lib o'tgan tantanali yig'ilishda hamda O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining sessiyasida so'zlagan nutqlarida ham o'z mu-nosabatini aniq-ravshan bildirdi. Jumladan, u «Ikki davlat fuqarosi qaysi Vatanga, qaysi zamin, qaysi tuproqqa o'z mehrini, sadoqatini, vatanparvarligini izhor etishi kerak? Agar vaziyat talab qilsa, qaysi mamlakatga jonini ham fido etmoqqa tayyor bo'lishi kerak? Eng yaxshisi - O'zbekistonda yashayotgan fuqarolar o'zlarining nasl-u nasabi, irqi, millati va diniy e'tiqodidan qat'i nazar teng huquqli bo'lishi кегак», - dedi.

Bu O'zbekistonning qat'iy siyosatidan, Hamdo'stlik doirasidagi qat'iy faoliyatidan dalolat beradi. O'zbekiston istiqlolning dastlab-ki kunlaridanoq teng huquqli hamkorlik yo'lini tutdi va bu yo'lda qat'iy turdi.

2006-yil O'zbekiston tashqi siyosatida muhim voqea-lar davri bo'ldi. Prezident I. Karimov YevrAzES doirasida Minsk Sank-Petrburg shaharlarida, MDH doirasida Moskva va Minsk shaharlarida,KollektivXavfsizlikShartnomasiTashkilotidoirasidaSochi-da ko'p tomonlama uchrashuvlar o'tkazildi. MDHga a'zo davlatlar rahbarlari bilan uchrashuvlarda ikki tomonlama va ko'ptomonlama hamkorlik, tinchlik va xavfsizlik masalalariga doir qator bitimlarga imzo chekdi, diniy fundamentalizm, aqidaparastlik, xalqaro terrorizm va narkobiznesga qarshi kurashda hamda buyuk davlatchilik shovi-nizmning turli ko'rinishlariga barham berishda kuchlarni birlashti-rishga doir qator takliflarni o'rtaga tashladi. Shuningdek, Ukraina Prezidenti V. Yushchenko (2006-yil 28-noyabr) va Ukraina Bosh va-ziri V.Yanukovich (2006-yil 16-avgust) bilan muzokaralar olib boril-di.

Shunday qilib O'zbekistonning tashqi siyosati 2000-2007-yillarda XXI asrning global muammolarini qamrab olgan odam va olam Yer shari va butun insoniyat taqdiriga bog'liq bo'lgan butun muammolarini qamrab oldi. O'zbekiston o'zini jahon hamjamiyati-ning eng faol, eng hozirjavob subyekti sifatida namoyon qila bildi. Bu holat MDH doirasida ayniqsa aniq, lo'nda, dadil va qat'iyatli siyosat qudratini ko'rsata oldi.



Yüklə 1,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   228




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin