O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 20yilligiga bag'ishlanadi kirish



Yüklə 1,87 Mb.
səhifə222/228
tarix15.04.2022
ölçüsü1,87 Mb.
#55515
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   228
Ўзбекистон тарихи- Мустақиллик даври---2014-1

Mavzuga doir material

MDH davlatlarining boshliqlariga murojaatnoma
Keyingi vaqtlarda MDH mamlakatlaridagi iqtisodiy islohotlarga, ularning hamkorligini mustahkamlash va rivojlantirish ishiga behuda ziyon yetkazilmadi. Iqtisodiyotni birlashtirish sohasida kuch-g'ayrat sarflash, MDH doirasidagi o'zaro aloqalarni muvofiqlashtiruvchi davlatlararo tuzilmalarni barpo etish sohasida amaliy ishlar qilish o'rniga, ayrim davlatlarning mintaqaviy ayirmachiligi, yakkalanishi tobora avj olib bormoqda. Ular qo'shni davlatlarning iqtisodiy man-faatlariga ziyon yetkazib bo'lsa ham tanglikdan mustaqil ravishda chiqib olishga intilmoqdalar. Ne mashaqqatlar bilan erishilgan ahd-lashuvlar biryoqlama harakatlar bilan tez-tez buzilmoqda. Jumladan, davlatlararo bank tuzish to'g'risida bir qancha parlamentlar tomoni­dan tasdiqlangan shartnomaga o'rinsiz ravishda xalaqit berilmoqda va oqibatda bu shartnoma bajarilmay turibdi. Birgalikdagi xavfsiz-likka oid shartnoma, moliya-kredit siyosatining kelishib olingan qoi-dalari pisand qilinmayapti.

Mana shularning hammasi MDH davlatlarining turli-tuman so-halaridagi bahamjihat harakat maydonini buzib, ularga bevosita iqti­sodiy zarar yetkazmoqda, buning ustiga odamlarning xafsalasini pir qilmoqda, hokimiyatga ishonchsizlik tug'dirmoqda, ijtimoiy keskin-likni xatarli ravishda kuchaytirmoqda.

Biz voqealarning shu tarzda rivojlanib borishidan tashvishla-nib, sizlarga Hamdo'stlik davlatlari boshliqlarining yig'ilishini hech kechiktirmay o'tkazishni, unda quyidagi masalalarni muhokama etishni taklif qilamiz:


  1. Muvofiqlashtiruvchi - maslahat komiteti tegishli shartnoma loyihasini uzil-kesil ishlab chiqqanini e'tiborga olib, iqtisodiy itti-foqni va uning muvofiqlashtiruvchi tashkilotlarini tuzishga oid qaror qanday amalga oshirilayotgani haqida;

  2. Davlatlararo bank to'g'risidagi bitimni, eng avvalo MDHning to'lov ittifoqini yaratish asosida davlatlararo ko'p tomonlama hisob-kitoblarni darhol amalga kiritish haqida;

  3. Birgalikdagi xavfsizlikka oid shartnomani amalda ro'yobga chiqarish va MDHning strategik kuchlari to'g'risidagi bitimlarning bajarilishi haqida.

Davlat boshliqlarining uchrashuvini avgust oyining boshlarida Moskva shahrida yoki boshqa shaharda o'tkazish mumkin, deb hi-soblaymiz.


Yüklə 1,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   228




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin