O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 20yilligiga bag'ishlanadi kirish



Yüklə 1,87 Mb.
səhifə225/228
tarix15.04.2022
ölçüsü1,87 Mb.
#55515
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   228
Ўзбекистон тарихи- Мустақиллик даври---2014-1

6-§. Toshkent - Sharq darvozasi

Dunyoning turli burchaklaridan yurtimizga tashrif buyurayot-gan mehmonlar mamlakatimizning mustaqillik yillaridagi taraqqi-yoti haqida, avvalo, O'zbekiston ostonasi - poytaxtimizni ko'rib xulosa chiqaradilar. Zotan, har qanday poytaxt o'z mamlakatining qiyofasi, ko'zgusi. Davlatning obro'-e'tibori, qudrati va boy imko-niyatlari uning poytaxti qiyofasi, ijtimoiy-iqtisodiy salohiyati bilan ham o'lchanadi. Toshkent ham ana shunday millat va davlat ramziga aylangan Yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, yangilanish-lar, bunyodkorlik ishlari bilan dastlab Toshkentda tanishadilar. Bu tabiiy, albatta. Chunki, har qanday mamlakatda poytaxt juda ko'p jihatlari bilan boshqa hududiy birliklarga qaraganda muhim siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va ma'naviy ahamiyat kasb etadi.

Toshkentdagi biri biridan go'zal bog'-rog'lar, zamonaviy insho-otlar, keng va ravon yo'llar, qo'yingki, barchasi xalqimizning hozirgi farovonligidan dalolat berib turibdi.

Geografik jihatdan Toshkent har qanday poytaxt-shahar havas qilsa arziydigan qulay mintaqadan o'rin olgan. Markaziy Osiyoning o'rtasida joylashgan Toshkentni asosiy xalqaro magistrallar, kom-munikatsiya tarmoqlari kesib o'tadi. Betakror tabiatli diyorimiz kabi ham iqlimi, ham ko'rk-u jamoli bilan ajralib turuvchi bu shahar istalgan xalqaro tashkilot, muassasa va kompaniya vakillarining e'tiborini tortishi shubhasiz. O'zbekiston bilan siyosiy, iqtisodiy, ma­daniy va boshqa turli sohalarda munosabat o'rnatgan davlatlarning rahbarlaridan tortib, mamlakatimizga sarmoya olib kirib, tadbirkor-larimiz bilan hamkorlik qilayotgan biznesmenlargacha - hamma-hammasi eng avval Toshkentga qadam qo'yadi. Ko'plab nufuzli xalqaro tashkilotlar, yirik kompaniyalar o'z vakolatxonalari uchun joy sifatida aynan poytaxtimizni tanlagan. Albatta, bu bejiz emas. Chunki Markaziy Osiyoning yuragi deya nom qozongan Toshkent o'ziga xos mavqeyi bilan ham, o'z infratuzilmaviy afzalliklari bilan ham bu borada yuksak ahamiyat kasb etadi. Yildan yilga ko'payib borayotgan turli vakolatxonalar, yirik korporatsiyalarning bo'limlari, xalqaro tashkilotlarning qarorgoh hamda turli-tuman anjumanlar, uchrashuv va sammitlar, xalqaro musobaqalar uchun jonajon Tosh-kentimizning tanlanishi qalblarimizda cheksiz iftixor tuyg'ularini uyg'otadi. Ba'zan dunyo siyosiy xaritasida tenglar ichra teng bo'lib turgan poytaxtimiz nomini ko'rib har bir fuqaro ich-ichidan quvo-nadi.

Toshkent - respublikamizning siyosiy, iqtisodiy, madaniy va ma'naviy markazidir. Mamlakatning barcha boshqaruv organlari, respublika miqyosidagi tashkilot va idoralar poytaxtda joylashgan-ligi uning siyosiy mavqeyini belgilab bersa, aholi soni, yuksak salo-hiyatli kadrlarning shu yerda to'planganligi va hududning iqtisodiy jihatdan ilg'or taraqqiyot zonasiga aylangani Toshkentning iqtisodiy ahamiyatidan dalolat beradi.

Ba'zan o'ylab qolasan kishi. Biz - bir necha ming yillarga borib taqaladigan hayratomuz tarixga ega bo'lgan zamin farzand-lari mana shu diyorda mustaqil O'zbekiston davlatining bunyod bo'lishini ko'rishga, istiqlol yo'lining boshida turishga muyas-sar bo'lgan avlodmiz. Bu bizga taqdir tomonidan in'om etilgan yuksak sharafdir. Ammo bu ayni paytda juda katta mas'uliyat ekanligini ham har bir zamondoshimiz allaqachon tushunib yet-di. Biz mustaqillik yo'li u qadar oson emasligini, butun millatning ezgu maqsadlar, buyuk g'oyalar ostida jipslashishigina haqiqiy taraqqiyot sari yetaklashini ko'rdik. Butun dunyo O'zbekiston xal-qining mana shu 1991-2007-yillar oradagi mashaqqatli mehnatla-ri va bu mehnat natijasi bo'lmish ulkan bunyodkorlik jarayonlari, yuqori iqtisodiy ko'rsatkichlar, milliy o'zlikni anglash va butun mamlakatda keng quloch yozgan madaniy yuksalishga guvoh bo'lib turibdi. Keling, ana shu 15 yillik intilish va harakatlarimiz-ga Toshkentimiz misolida nazar tashlaylik.

Albatta, torn ma'noda ozod, hur bo'lish uchun birinchi navbatda iqtisodiy jihatdan mustaqillik bo'lishi zarur. Qisqa davrda mamla­katimizda, qolaversa, poytaxtimiz Toshkentda g'oyat muhim iqtiso­diy, ijtimoiy o'zgarishlar amalga oshirildi. Yurtimiz iqtisodiyotining rivojlanishi ko'pgina ko'zga ko'ringan xorijlik iqtisodchilarni hay-ratga solish darajasida kun sayin yuksalib bormoqda. Toshkent esa haqli ravishda ana shu taraqqiyotning o'ziga xos ramzi, ko'zgusiga aylana oldi.

Xususan 2000-2007-yillarda shahar iqtisodiyotining barcha tar-moqlari izchil rivojlanayotgani kuzatilmoqda. Yalpi hududiy mahsu­lot hajmi so'nggi o'n yil ichida o'rta hisobda 4-5 foizga ortib bordi 2005-yili esa bu ko'rsatkich 11,4, joriy yilning olti oyi yakunlariga ko'ra, 8,5 foizga o'sdi. Bugunga kelib yalpi hududiy mahsulot tarki­bida sanoat ulushi 16,1, qurilish sohasi ulushi 7,2, xizmat ko'rsatish sohasi ulushi 60,8 foizni tashkil etdi. Erkin iqtisodiy muhit yaratil-ganligi, tadbirkorlik faoliyatiga keng yo'l berilganligining samarasi o'laroq yalpi hududiy mahsulot hajmida kichik biznes va tadbirkor-lar ulushi 47,1 foizga yetdi. 2006-yilning 1-iyul holatiga ko'ra Tosh­kent shahridagi 4934 ta ishlab chiqarish korxonalarining 4750 tasi yoki 96,2 foizi kichik biznes subyektidir.

Ma'lumki, iqtisodiy o'sish salmog'i va sur'ati avvalo sanoat sohasining rivojiga chambarchas bog'liq. O'tgan besh yilda bu soha-da keskin o'sish boshlanganligiga nafaqat poytaxt ahli, balki butun mamlakat iqtisodchilari guvoh bo'lib turibdi. Sanoat sohasiga yuqori texnologiyalarning kirib qolishi, tarmoqda uddaburon va tavakkal-chilikdan cho'chimaydigan, yangilikka intiluvchan ko'p sonli xusu-siy tadbirkorlar qatlamining shakllanishi ushbu jarayonning boshla-nishiga kuchli turtki berdi. O'sish sur'ati har yili o'rtacha 10 foizni tashkil etayotgani fikrimiz dalilidir. 2000-yilda 561 milliard so'mlik sanoat mahsuloti ishlab chiqarilgan bo'lsa, 2005-yilda bu ko'rsatkich 1164,2 milliard so'mga yetdi.

Bugungi kunda investitsiyalarni jalb qilish iqtisodiyotimizning ustuvor vazifalaridan biridir. Mamlakatimizda investorlarning bar-qaror faoliyat yuritishi uchun ham huquqiy, ham iqtisodiy jihat­dan barcha sharoitlar yaratilgan. Shubhasiz, Toshkent shahrining sarmoyaviy reytingi ham, kirib kelgan mablag'larni iqtisodiyotga yo'naltirish imkoniyatlari ham juda baland. Va bu qulaylikdan im-koniyat darajasida foydalanilayotganligini ham e'tirof etish kerak.

O'tgan yil yakunlariga ko'ra poytaxtimizda mulkchilikning bar­cha shakllaridagi korxona va tashkilotlar tomonidan 741,6 milliard so'mlik kapital qo'yilmalar o'zlashtirilib, o'sish sur'ati 2004-yilga nisbatan 111,9 foiz deya baholandi. Jumladan, shahrimizning tashqi iqtsodiy aloqalari ko'lami kengayayotgani erishilayotgan yutuqlarda muhim omil bo'lmoqda. Hozirda shahrimizda 120 dan ortiq mamla­katlar bilan iqtisodiy munosabatlar o'rnatilgan.

Shahrimizda 13879 ta savdo va 3687 ta maishiy xizmat ko'rsatish shoxobchalari faoliyat yuritayotgani ham aholiga ko'pgina qulayliklar yaratmoqda. Savdo aylanmasi hajmiga ko'ra bu soha respublikada birinchi o'rinda turadi. Shu o'rinda ta'kidlashim joiz, mamlakatimizda xizmat ko'rsatish va servis sohasi rivojiga katta e'tibor berilayotgani ayni muddao bo'ldi. Chunki bu ish odamlar-ning og'irini yengil qilish bilan birga kishilarimizning daromadini ko'paytirish, ko'plab yangi ish o'rinlari yaratish imkonini beradi. Endilikda yalpi hududiy mahsulotda mazkur soha ulushining yana­da ortishi kutilmoqda. Shahar jamoatchiligi bu tashabbusni qo'llab-quvvatlaydi. Negaki, sohada yana 76,7 mingta ishchi o'rinlari tashkil etish va xizmat turlarini kengaytirish imkoniyatlari bor.

Iqtisodiy islohotlarda, ayniqsa, aholini ijtimoiy muhofaza qilish-dek muhim vazifa katta e'tibor talab qiladi. Zotan, bu Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan iqtisodiy rivojlanishning besh tamoyilidan biridir.

Raqamlarga murojaat qiladigan bo'lsak, Toshkent shahri­da 2006-yilning 6 oyi ichida 4956 nafar kam ta'minlangan oilaga 1062,5 million so'mlik, 18 yoshgacha farzandi bo'lgan 16158 na­far oilaga 2436,4 million so'mlik va oilasida 2 yoshgacha farzandi bo'lgan 8927 nafar ishlamayotgan ayollarga 2251,6 million so'mlik moddiy yordam berildi.

Iqtisodiyotda bozor munosabatlari ustunlik qilib borishi bilan davlat budjeti orqali milliy daromadni nomoddiy ishlab chiqarish-ning turli tarmoqlari va mamlakat hududlari o'rtasida qayta taqsim-lanishida mahalliy budjetlarning ahamiyati tobora ortib boradi. Ya'ni mahalliy budjet mablag'laridan oqilona va tejamkorlik bilan foyda-lanish orqali islohotlarni amalga oshirishdagi ko'zlangan maqsadlar-ga erishiladi.

Bu borada Toshkent shahar budjetining xarajatlariga to'xtalib, mustaqillik yillarida hukumatimiz tomonidan ta'lim, sog'liqni saq­lash sohalarini rivojlantirishga alohida g'amxo'rlik qilinayotganini ta'kidlash lozim. Ushbu e'tiborni mazkur sohalarga yo'naltirilishi rejalashtirilayotgan mablag'lar miqdoridan ham ko'rish mumkin. 2006-yilda Toshkent shahri bo'yicha ta'lim sohasiga 78,7 mlrd. so'm yoki mahalliy budjet jami xarajatlarining 32,8 foizi miqdorida mab-lag' ajratilishi ko'zda tutilgan.

Prezidentimizning «2004-2009-yillarda maktab ta'limini rivoj­lantirish Davlat umummilliy dasturi to'g'risida»gi Farmoni va maz­kur Farmon ijrosi yuzasidan Vazirlar Mahkamasining bir qator qa-rorlari natijasida maktablar zamonaviy tus olmoqda.

Shu asosda hozirgi kunda maktabgacha va maktab yoshidagi bolalarning zamonaviy sharoitlarda bilim olishi, kasb-hunar sirlari-ni puxta o'rganishiga mukammal imkoniyatlar yaratib berilayapti. Barcha tuman xalq ta'limi bo'limlari qoshida o'quvchilarni kasb-hunarga yo'naltirish, pedagogik-psixologik Tashxis markazlari tash­kil etildi. Markazlar psixodiagnostik qo'llanmalar, test va anketa sa-vollari bilan ta'minlandi.

Hozirgi kunda umumta'lim maktablarida 16807 nafar pedagog faoliyat ko'rsatayotir. Umumiy o'rta ta'lim tizimini takomillashti-rish va ta'lim samaradorligini oshirish maqsadida yetuk kadrlarni izlab topish va ular ishini ommalashtirishda «Yil tarbiyachisi», «Yil o'qituvchisi», «Yil maktabi», «Yilning eng yaxshi maktab kutubxo-nasi» kabi tadbirlar yaxshi samara bermoqda. Bundan tashqari «Pre-zident asarlari bilimdoni», «Sen qonunni bilasanmi?», «Sen tarixni bilasanmi?», «O`yla, izla, top» kabi ko'rik-tanlovlari o'quvchilarimiz orasida allaqachon ommalashib ketdi. «Umid nihollari» sport mu-sobaqalarida shahrimiz maktablari o'quvchilari g'oliblikni qo'ldan bermasdan kelmoqda.

Albatta, bunda maktablardagi shart-sharoitlarning ahamiyati katta. Jumladan, 2006-yilning birinchi yarmida bir maktab yangi qu-rilgan bo'lsa, 3 tasida kapital rekonstruksiya, 16 ta maktabda kapital ta'mirlash ishlari tugallandi. 19 ta maktabda joriy ta'mirlash ishlari ham belgilangan muddatlarda tugatildi.

Mustaqillik yillarida ta'lim sohasida amalga oshirilgan islo-hotlarda asosiy e'tibor qaratilgan yana bir bosqich - o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limidir. Ilgari mutlaqo e'tiborsiz qolgan, hozirga kelib esa O'zbekiston ta'lim tizimida o'zining mustahkam о'mini topish-ga ulgurgan akademik litseylar va kollejlar tarmog'i umumiy o'rta ta'lim bilan uyg'un ravishda rivojlanish jarayonini boshdan kechir-moqda. Hozirda jahon talablari darajasida jihozlangan, muhtasham ko'rinishga ega bo'lgan 115 ta kasb-hunar kolleji va akademik litsey faoliyat yuritmoqda. Ularda 98857 nafar o'g'il-qiz 180 dan ortiq mutaxassisliklar bo'yicha ta'lim olishmoqda.

Poytaxtda sog'liqni saqlash doim namunali bo'lib kelgan. Hozir­da bolalar, kattalar, ayollar poliklinikalari o'rniga yagona va mukam­mal oilaviy poliklinikalar yo'lga qo'yilayaptiki, bunday muassasalar

Toshkentdek aholisi ko'p va zich joylashgan shahri azimda sog'liqni saqlash tizimida muhim rol o'ynaydi. Poliklinikalarda faoliyat yuri-tayotgan 974 nafar umumiy amaliyot vrachlarining har biriga 300-350 oila biriktirilgan bo'lib, bu barcha aholi qatlamlarini qamrab olishga imkon berdi.

Moddiy-texnik bazani rivojlantirish maqsadida barcha davolash-profilaktika muassasalarida kapital va joriy ta'mirlash ishlari olib borilmoqda. Shayxontohur tumanidagi 14 va 55-sonli, Sobir Rahi-mov tumanidagi 4, 42-sonli, Uchtepa tumanidagi 8-oilaviy polik­linikalar xalqaro andozalarga mos ravishda qurilib, zamonaviy asbob-uskunalar bilan ta'minlandi. Talabalar shaharchasidagi 32-poliklinikaga 232 milllion so'm miqdorida homiylar mablag'i ajra-tildi va to'liq ta'mirdan chiqarildi.

Fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari mavqeyi va jami-yatimizdagi ahamiyatini oshirishga ham jiddiy e'tibor berildi. Ma­hallalar nufuzini aholi orasida yanada oshirish maqsadida fuqarolar yig'ini tarkibiga «Mahalla posboni» jamoatchilik tuzilmasi ham­da diniy ma'rifat va ma'naviy axloqiy tarbiya masalalari bo'yicha maslahatchi lavozimlari kiritildi, hozirgi kunda shahrimizdagi 474 ta fuqarolar yig'ini tarkibida 1896 nafar xodim faoliyat ko'rsatib kelmoqda. 2006-yilda shahar budjetida mahallalar fuqarolar yig'ini faoliyatini moliyalashtirish uchun 1 mlrd. 426,3 mln. so'm ajratilishi belgilangan.

Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi­ning «Uy-joy mulkdorlari shirkatlarini qo'llab-quvvatlashga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida»gi qaroriga asosan 2002-2006-yillarda Toshkent shahrida 3647 ta 1991-yilgacha qurilgan ko'p qavatli uy-joylarni, umumiy foydalanish joylarini va muhandis-lik kommunikatsiyalarini kapital ta'mirlash rejalashtirilgan bo'lib, 2006-yil 1-iyun holatiga 3302 ta uy ta'mirlandi. Yil oxirigacha qol­gan 345 ta uy ham to'liq ta'mirdan chiqarilishi rejalashtirilgan.

Toshkentdagi bunyodkorlik ishlari natijasida shahrimiz jamoli yil sayin emas, balki kun sayin o'zgarib, dunyoning rivojlangan dav­latlari poytaxtlari qatoriga kirib borayotganligi har bir fuqaro qalbida faxr va iftixor hissini uyg'otadi. Ayniqsa, yangi ravon ko'chalar, obod mahallalar, so'lim xiyobonlar, yodgorlik majmualari, ko'rkam va maftunkor favvoralar va salobatli ko'priklarning qurilishi go'zal shahrimiz ko'rkiga yanada ko'rk qo'shmoqda.

Bir so'z bilan aytganda, jonajon Toshkentimizdagi o'zgarishlar xuddi bir mo'jizaga o'xshaydi, lekin aslida bu mo'jiza emas, bal­ki, Ona yurtimizga, xalqimizga mustaqillik berayotgan bebaho ne'matning mevasidir.


XULOSA

Dunyoda ikki hokimi mutlaq bor - qilich va aql-idrok; oxir-oqibatda har doim aql-idrok qilich ustidan g'alaba qozonadi, degan edi mashhur donishmandlardan biri. Darhaqiqat, har qanday yovuz kuch aql-zakovat, tafakkur va ilm oldida ojizdir. Zakovatning qudra-ti uning bunyodkorligida, eng og'ir paytda ham yaxshilik va ezgulik yo'lini - g'alaba yo'lini topa bilishida. Zakovat va tafakkur tayanchi esa ma'rifat va ma'naviyat hisoblanadi. Tarixni bilish, ajdodlar taj-ribasini o'zlashtirish, o'tmishdan saboq olish ana shu buyuk qadri-yatning sarchashmasidir. O'zligini anglagan, uzoq o'tmishini bilgan kishi olis istiqbolni ham ravshanroq ko'radi, aniqroq idrok etadi. Demakki, hayotda o'z o'rnini topa biladi. Hech qachon qadr-u qim-matini yo'qotmaydi. Demak, tarix tafakkur va fikrga da'vat etuvchi qudrat! Demak, bu ma'rifatli inson va ma'rifiy jamiyatning birinchi fazilati. O'tmishi buyuk xalq kelajagi ham buyuk bo'lishiga isho-nadi.




Yüklə 1,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   228




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin