«O`zbek modeli» sifatida kirdi va uni yangi mazmun bilan boyitdi.
Hamma vaqt bo'lgani kabi o'tish davrida barcha tarixiy jarayon-lar, voqeliklar va yangilanishlar bevosita unga rahbarlik qilayotgan, uni boshqarayotgan shaxs nomi bilan bog'liq.
Ana shu tarixiy haqiqatdan kelib chiqib aytish mumkinki, Prezident I. Karimovning jamiyatni tubdan yangilash nazariyasini va keng miqyosli faoliyatini insoniyat tarixining turli davrlarida, turli mamlakatlarida yuz bergan tub o'zgarishlar, keskin burilishlar hodi-sasiga qiyoslash mumkin.
Prezident I. Karimov O'zbekiston jamiyatni tubdan yangilash nazariyasi va ko'p qirrali islohchilik faoliyati jihatidan Amerika Qo'shma Shtatlari davlatining asoschisi va uning birinchi Prezidenti Jorj Vashington, Amerika iqtisodiy taraqqiyotiga juda katta ilmiy-nazariy va amaliy ta'sir ko'rsatgan islohotchi, Prezident Avraam Linkoln, jamiyatni erkinlashtirish va demokratiya nazariyasining asoschilaridan biri, Prezident Tomas Jeferson, Indoneziyada mus-tamlakachilikka qarshi kurashgan, milliy birlik va mamlakat taraq-qiyotining turli bosqichlari to'g'risida qator asarlar yozgan Ahmad Sukarnolar bilan bir qatorda turadi. Fransiyada Sharl de Goll, Hin-distonda Javoharla'l Neru, Mahatma Gandi, Turkiyada Mustafo Kamol Otaturk, Seylonda Salomon Bandaranakiye, Misrda Jamol Abdul Nosir va boshqalar o'zining siyosiy faoliyati, yangilanishlar konsepsiyasini ishlab chiqishi bilan jahon taraqqiyotida qanchalik kuchli ta'sir ko'rsatgan bo'lsa, Prezident I. Karimovning davlat siyosatini inson manfaatlariga xizmat qildirish, tinchlik madaniyatini qa-ror toptirish, ijtimoiy hamkorlik doiralarini kengaytirish borasidagi qarashlari, amaliy konsepsiyalari dunyo ijtimoiy-siyosiy jarayonla-rining insoniylashuvi tendensiyalarini mustahkamlashda shunchalik muhim hissa bo'lib qo'shilmoqda.
O'zbekistonda davlat tuzumi va jamiyatni tubdan yangilash jarayoni o'tgan davrda dinamik tarzda rivojlanib, takomillashib bordi. Tub islohotlar nazariyasi
Dostları ilə paylaş: |