Mavzuga doir material
Tojikiston muammosi vechimining besh muhim jihati
Almati shahrida oliy maqom uchrashuvidan so'ng jurnalistlar bilan bo'lib o'tgan uchrashuvda muxbirlar tojik-afg'on chegarasi-da yuzaga kelgan tanglik va O'zbekiston hamda Qozog'iston rahbarlarining bu muammoga munosabati xususida savollar berishdi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov bu savollar-ga javob berarkan, muammoning besh jihatiga mufassal to'xtalib c'tdi.
Birinchidan, dedi u, Tojikiston bilan Afg'oniston chegarasida ro'y berayotgan ziddiyatni hech qachon katta kuch to'plab, zo'rlik yo'li bilan hal qilib bo'lmaydi. Zo'rlik ishlatish ahvolni battar chi-gallashtirib yuborishi mumkin. Bu muammoni faqat tinch yo'l bilan, muzokaralar vositasida hal etish zarur.
Masalaning ikkinchi muhim jihati shuki, - dedi Islom Karimov, Tojikiston - mustaqil davlat, uning rahbariyati mamlakatning o'ziga xos va o'ziga mos bo'lgan, o'z xalqining tub manfaatlariga xizmat etuvchi siyosat yurgizishi tabiiy. Hozir Tojikiston rahbariyati mamlakat boshiga tushgan katta fojiadan chiqib olish yo'llarini axtaryapti. Biz qo'shni davlat vakillari, tojik xalqi tezroq o'z diyorida, tinch va farovon hayot qurishini istaymiz. Tojikiston rahbariyatining o'z yurtida tezroq tinchlik va totuvlik o'rnatish yo'lidagi mustaqil sa'y-harakatlarini qo'llagan holda, ba'zi bir masalalarda tavsiya tarzida o'z mulohazalarimizni bildirsak, ular to'g'ri qabul etiladi, deb umid qilamiz. Shu nuqtayi nazardan qarasak, muammoni, yana ta'kidlab aytaman, aslo zo'rlik yo'li bilan yechilmaydigan muammoni hal etishda Tojikiston tarafi birinchi navbatda Afg'oniston rahbariyati bilan, agar kerak bo'lsa, Pokiston, Eron va shu mintaqadagi boshqa qo'shni davlatlar bilan muzokara yo'liga o'tsa, vaziyatni qay tarzda va qanchalik tez barqaror etish yo'llari haqida o'zaro fikr almashsa, ayni muddao bo'lur edi.
Muammoni hal etishga yordam beruvchi uchinchi jihat xususi-da gapirar ekan, Prezident Islom Karimov shunday dedi: Tojikiston rahbariyati o'z yurti kelajagini o'ylaydigan, mamlakatda demokratik jamiyat qurish yo'lini tanlagan sog'lom kuchlar bilan tezroq mulo-qotga o'tgani ma'qui bo'lardi.
Bugungi kunda sobiq SSSR hududida qad rostlayotgan mustaqil davlat o'z Konstitutsiyasini, - jamiyatning, davlatchilikning huquqiy asoslarini qayta ко'rib chiqayapti va demokratik me'yorlarga mosla-yapti. Chunonchi, demokratik saylov tizimini ishlab chiqish va joriy etish yuzasidan qonunlar tayyorlash hamda shu qonunlarni hayot-ga tatbiq qilish bugungi zamon talabiga javob beradigan ish bo'lur edi. Agar shu nuqtayi nazardan yondashsak, Tojikistondagi ijtimoiy tanglikni bartaraf etishning to'rtinchi jihatiga kelamiz. Buning mo-hiyati shuki, Tojikistondagi vaziyatni barqaror etish uchun kun say in o'zgarib borayotgan zamon talablariga javob bera oladigan qonunlar ishlab chiqishni tezlashtirish zarur. Yangi jamiyat qurish va yangi demokratik saylov o'tkazish yo'lida turli siyosiy kuchlarning boshini qovushtirish, jamoatchilikni ana shu olijanob maqsadlarga jalb etish, bizning fikrimizcha, g'oyat ma'qul ish bo'lur edi.
Albatta, bizlar tojik-afg'on chegarasiga ikki davlat o'rtasidagi chegara deb emas, balki Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligining che-garasi sifatida qaraymiz, dedi O'zbekiston Prezidenti. Muammo yechimining beshinchi jihati shundaki, yalpi Xavfsizlik shartno-masiga imzo chekkan mamlakatlar chegarani mustahkamlashga ko'maklashishi kerak. Lekin har bir davlat, eng avvalo, o'zining ham moddiy, ham ma'naviy, ham siyosiy va ham diplomatik kuchlariga tayanib, muammoni hal etishga harakat qilgani ma'qul-
Prezident Islom Karimov Tojikiston xalqi va rahbariyati vujudga kelgan muammolarni bosiqlik va aql-zakovat bilan, tinchlik va ado-lat yo'H bilan hal etishga qodir, deb ishonch bildirdi.
«O`zbekiston ovozi», 1993-yil 30-iyul.
1992-yil 8-oktabrda Tojikiston Respublikasi Oliy Kengashi Raisi Imomali Rahmonov rahbarligidagi shu mamlakat delegatsi-yasi rasmiy amaliy tashrif bilan Toshkentga keldi. Xalqlar Do'stligi saroyida har ikki mamlakat rahbarlarining yakkama-yakka suhbati bo'lib o'tdi. So'ng rasmiy delegatsiyalarning kengaytirilgan tarkibda muzokaralari bo'ldi.
Islom Karimov Tojikistondagi vaziyat xususida so'zlar ekan, mamlakat mustaqilligi va ravnaqi uchun kurashuvchi barcha siyosiy kuchlarning 1994-yil noyabr oyida bo'lib o'tadigan Prezident saylovida teng ishtirokini ta'minlash va xalqning barcha qatlamla-ri bu dolzarb masalaga o'z munosabatini xolis bildirishiga imko-niyat yaratish nohoyatda muhimligini ta'kidladi. Imomali Rahmonov qardosh O'zbekistonning tojik xalqiga insonparvarlik yordamini Prezident Islom Karimovning mintaqada tinchlik va osoyishtalikni ta'minlash borasidagi tashabbuslarini yuksak baholadi. Bu yilgi ho-silni nes-nobud qilmay terib olish va kelgusi ish hosili uchun zamin yaratish hamda qishning talofatsiz o'tishi uchun gaz va yoqilg'i yetkazib berish haqidagi iltimosi qondirilgani uchun O'zbekiston rahba-riyatiga minnatdorchilik izhor etadi.
1991-1996-yillarda O'zbekiston va Turkmaniston munosabatla-rida ham o'zaro qardoshlik, do'stlik, birodarlik, iqtisodiy, ma'naviy sohalarda hamkorlik tamoyiliga amal qilindi.
Qardosh xalqlar va qo'shni mamlakatlar umumiy xonadonini tashkil etish, yagona zamin, yagona makonni qaror toptirish, belgi-lashning ma'naviy poydevori - bu olis o'tmish mushtarakligini, shu asosda shakllangan urf-odatlar, an'analar va turmush tarzini chuqur o'rganishdir.
Prezident I. Karimov tomonidan 1995-yil 5-mayda Oliy Majlis II sessiyasida «Turkiston - umumiy uyimiz» shiorini ilgari surili-shi, uning mazmuni, ko'zlangan maqsad va mintaqaviy barqarorlikni ta'minlashdir.
Markaziy Osiyo Hamdo'stligi mamlakatlari jahonning boshqa ittifoqdosh va mintaqaviy hamkorlik mamlakatlaridan farqli o'laroq ma'naviy va madaniy hamkorlikka ko'proq asoslanadi. Chunki bu hududda asrlar mobaynida ma'naviyat, axloq, ta'lim-tarbiya va madaniyat uyg'un holda turmush tarziga aylangan. Axloq har qanday sharoitda ham insoniylik va insoniy barkamollikning bosh prinsip' sifatida tan olingan. Qolgan barcha harakatlar va mezonlar, jum ladan, iqtisodiy hamkorlik, o'zaro yordam, bozor munosabatlari, savdo-sotiq, mol ayirboshlash ham qadimdan yuksak axloq va odob-ga tayangan madaniy munosabatlarning bir qismi hisoblangan. Bu ming yillar mobaynida shakllanib, jahon sivilizatsiyasiga katta ta'sir ko'rsatgan ulug' allomalar hayoti va ijodida, ularning insoniyat tari-xida burilish yasagan asarlarida ham o'ziga xos tarzda ifodasini top-gan. Shu bois Sharq allomalari dunyoviy fanlarning qaysi sohasida ijod qilishmasin, axloq kategoriyasiga qattiq suyanishgan, unga katta e'tibor bilan qarab, qomusiy xulosalari bilan boyitib borishgan.
Yuqorida aytilganidek qadimiy Turonda axloqqa katta e'tibor bilan qarashgan. Yuksak insoniy fazilat, insonni millatidan qat'i nazar barcha mavjudotlarning sarvari sifatida qadrlash, ma'naviy kamolot va yetuklik, adolat, insof, diyonat va imon kabi xususiyatlar tiriklik-ning bosh mazmuni sifatida tushunilgan.
Xalqlarimiz dunyoqarashi, maqsad va intilishlarini ifoda etgan xalq og'zaki ijodi namunalari ana shu zamin ahlining butun ruhi-yatini qamrab olgan. Jumladan, o'zbek, qozoq va qoraqalpoq xalq-larida «Alpomish», Turkmaniston, Ozarbayjon va O'zbekistonda «Go'ro'g'li» dostonlarining, qirg'izlarda «Manas» xalq eposining vujudga kelishi, ularda qariyb bir xil - ezgulik bilan yovuzlik, yaxshilik bilan yomonlik kurashida to'g'rilik va adolatning tantana-si, donishmandlik, aql-idrok, xushxulq va xushfe'llik asosiy g'oya qilib olinganligi ana shu xalqlar qarashlarining uyg'unligidan dalolat beradi. Yozma adabiyotda esa Yusuf Xos Hojibning «Qutadg'u bilig» asaridagi singari falsafiy-axloqiy g'oyalar, forsiylarda Umar Xayyom, Firdavsiy, Xusrav Dehlaviy, Sa'diy Sheroziy, o'zbeklarda Beruniy, Abu AH ibn Sino, Xorazmiy, Alisher Navoiy, qozoqlarda Abay, turkmanlarda Maxtumqulilarning buyuk asarlari vujudga keldi va dunyo madaniyati taraqqiyotiga katta ta'sir ko'rsatdi. Ayniqsa, mazkur xalqlar ma'naviy o'tmishi, tarixiy-etnik jihatlari tarixan bir-dir.
Markaziy Osiyo mamlakatlari hamkorligini vujudga keltirish, ularning suverenitetini hurmat qilgan holda, qadimdan hamkor-u hamfikr bo'lib kelgan xalqlarni yaqinlashtirish va shu asosda o'tish davri murakkabliklarini yengish eng hayotiy, eng ishonchli va eng samarali usuldir. Bu ayni paytda yuqorida tilga olingan ulug' ajdodlarimiz qarashlariga va mintaqa xalqlari maqsadlariga to'la mos keladi.
O'zbekistonning Markaziy Osiyodagi tashqi siyosiy yo'li aniq. Bu yo'l mintaqada yaxlit iqtisodiy hududni vujudga keltirish va rivojlantirishdan iborat. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimov Oliy Majlisning 1995-yil 23-fevlardagi I sessiyasida Markaziy Osiyo davlatlari bilan munosabatlarni belgilab shunday degan edi:
«Markaziy Osiyo davlatlari bilan har tomonlama o'zaro hamkorlik milliy xavfsizlikning asosiy shartlaridan biridir. Xalqlarimiz tarixi, madaniyati, an'analari, diniy e'tiqodining mush tar akligi mamlakatlarimiz o'rtasidagi amaliy hamkorlik va hamjihatlikning muhim poydevori hisoblanadi.
Bizning maqsadlarimiz bir, taqdirimiz bir. Bizda milliy munosabatlarda keskinliklar yo'q, hal qilib bo'lmaydigan vo-qealar ham yo'q». O'z fikrini davom ettirib Prezident I. Karimov - «...birgalikda yashashimiz kerak. Yanada ochiqroq aytganda, agar Tojikiston, Qirg'iziston, Turkmaniston yoki Qozog'istondan ham tashabbus chiqadigan bo'lsa, men ularni qo'llab-quvvatlashga tayyorman. Men Markaziy Osiyo davlatlari orasida integratsiya barpo qilishning eng og'ir va eng ojiz tomoni bu xalqlar orasiga sovuqlik soluvchi, ularni bir-biridan uzoqlashtiruvchi sun'iy to'siqlar ekanini tushunaman» - deydi «Ozodlik» radiostansiyasi muxbiri A. Dubnov bilan suhbatda.
Markaziy Osiyo xonadoni - qadimiy xonadon. U o'z shonli tari-xiga, buyuk an'analariga, dunyoviy madaniyatiga ega bo'lgan ulkan va fayzli oila. Ana shu mintaqada mavjud bo'lgan tarixiy an'analarni davom ettirish, ularni yangi tarixiy sharoitlarda boyitib borish, kel-gusi avlodga har tomonlama yetuk, barkamol jamiyatni meros qol-dirish hammamizning burchimiz. Shu ma'noda Prezidentimizning «Yosh avlodga biz ozod va obod Vatanni meros qoldirmog'imiz kerakki, ular bobolarining ulug' niyatlari va ishlarini davom ettirsinlar. Chunki yoshlarning ma'naviy uyg'oqligi g'aflatdan asrovchi asosiy omillardan biridir», - degan so'zlari bugun o'zbek xalqi ko'nglidagi fikrlar desak mubolag'a bo'lmas.
2001-2007-yillar Markaziy Osiyo taqdiri uchun alohida va tarixiy ahamiyatga ega bo'lgan davr sifatida tarixga kirdi. Bu bevosita xalqaro terrorizm va diniy ekstremizmning tazyiqi kuchaygan bir paytda Markaziy Osiyoda O'zbekistonning geosiyosiy ahamiyati tobora oshib borganini ko'rsatadi. Jumladan, 2001-yildagi terroristik harakatlar - Surxondaryo viloyatining Sariosiyo va Uzun tuman-lari, Toshkent viloyatining Bo'stonliq tumanida, undan so'ng esa
Toshkent shahrida va Buxoro viloyatida yuz bergan terroristik aktlar mintaqada tinchlik va barqarorlikni ta'minlashda o'zaro hamkorlik va ishonchni taqozo etganini ko'rsatadi. Ana shu ehtiyojdan kelib chiqib aytish mumkinki, O'zbekiston bu borada yana bir bor tashab-buskor va yalovbardor bo' ldi.
O'tgan davr mobaynida Almatida, Ostonada, Toshkentda va Markaziy Osiyoning boshqa shaharlarida mintaqa davlatlari rahba-rining uchrashuvlarida ayni ana shu mintaqa muammolari va uning yechimlari mintaqa xalqlarining istiqboliga tegishli qator masalalar muhokama qilindi.
2006-yilning yanvar oyida O'zbekiston rahbarining Qozog'is-tonda bo'lishi, xuddi shu yilning 19-20-mart va 3-noyabr kunlari Qozog'iston Prezidentining O'zbekistonga Davlat tashrifi har ikki mamlakat istiqboli yo'lida qo'yilgan muhim qadam bo'ldi.
2006-yilning 3-4-oktabr kunlari esa Qirg'iziston Respublikasi Prezidenti Q.Bakiyev Toshkentda bo'lib, tegishli masalalar bo'yicha O'zbekiston rahbari bilan muloqotda bo'ldi. O'zbekistonning diq-qatga sazovor joylarini, mustaqillik yillarida bunyod etilgan noyob inshootlarni ко'rib davlat qudratiga va xalq irodasiga yuksak baho berdi.
Umuman olganda O'zbekiston yaqin qo'shni davlatlar bilan hamkorlikni yanada chuqurlashtirish qardosh xalqlar o'rtasidagi do'stlik aloqalarini mustahkamlash yo'lidan borishdek strategik maqsadlarini amalga oshirishda 2001-2007-yillar muhim o'rin tutadi.
Dostları ilə paylaş: |