O‘zbekiston respublikasi o liy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi qarshi davlat universiteti qo‘lyozma huquqida udk



Yüklə 8,4 Mb.
səhifə37/48
tarix30.11.2023
ölçüsü8,4 Mb.
#170110
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   48
02 11 2023 Jabborova Dissertatsiya qayta ko\'rilgan

4.5.2-jadval
Qashqadaryo havzasi kanallarida Unionidae va Corbiculidae oilalariga kiruvchi ikki pallali mollyuskalarning tarqalishi va ekologik guruhlari



Oila va turlar

Qarshi magist-
ral kanali

Pachkamar suv omboridan chiqish kanali

Eski Anhor
Kanali

Mirishkor
kanali

Xitoy
kanali

Ekologik guruhlari




Unionidae oilasi






















Sinanodonta avlodi



















1.

Sinanodonta gibba

1,4±0,3

-

1,2±0,3

1,1±0,2

-

Peloreofil

2.

Sinanodonta orbicularis

1,1±0,2

0,6±0,1

1,0±0,2

-

-

Peloreofil

3.

Sinanodonta puerorum

0,9±0,1

0,7±0,2

-

-

-

Peloreofil




Colletopterum avlodi



















4.

Colletopterum bactrianum

0,6±0,1

-

-

-

-

Reofil

5.

Colletopterum cyreum sogdianum

1,8±0,5

-

0,6±0,1

1,5±0,4

-

Reofil

6.

Colletopterum ponderosum volgense

0,5±0,1

-

-

-

-

Pelolimnofil




Corbiculidae oilasi






















Corbiculdae avlodi



















7

Corbicula cor

2,4±0,6

-

1,0±0,1

-

-

Peloreofil

8

Corbicula fluminalis

2,1±0,3

1,1±0,2

-

1,4±0,4

0,6±0,1

Peloreofil

9

Corbicula purpurea

1,9±0,2

0,9±0,1

-

1,0±0,2

0,7±0,2

Peloreofil




Corbiculina avlodi



















10

Corbiculina tibetensis

3,0±0,7

2,4±0,5

-

1,9±0,4

1,1±0,3

Peloreofil

11

Corbiculina ferghanensis

3,1±0,5

2,8±0,7

1,8±0,3

2,1±0,6

0,9±0,1

Peloreofil




Jami:

11

6

5

6

4




Pachkamar suv omboridan chiqish kanali - Qashqadaryo havzasidagi G‘uzordaryoda sig‘imi 283 mln.m2 bo‘lgan Pachkamar suv ombori qurilgan. Suv ombori suvi Pachkamar kanali orqali G‘uzor tumanining suv ta’minotini yaxshilashda va uning iqtisodiyotida muhim rol o‘ynaydi. Qashqadaryo havzasi kanallari ikki pallali mollyuskalarining faunasini har tomonlama o‘rganish muhim ahamiyatga ega. Undagi tabiiy sharoitining xilma - xilligi ko‘plab turlarning tarqalishiga sharoit yaratgan. Kanal ikki pallali mollyuskalari to‘g‘risida birorta ilmiy tadqiqot olib borilmagan. Biz 2014 - 2021 yillar kanal atrofi suv tiplaridan 84 dan ortiq namunalar yig’dik va ikki pallali mollyuskalarning zichligi, turlar tarkibi ekologik xususiyatlari, biotoplararo va suv tiplarida tarqalishini o‘rgandik. Tadqiqotlarimiz natijasida Pachkamar kanali biotoplarida 6 tur yashashi va ular 2 oila 3 avlodiga taalluqli (4.5.2-jadval).
Oq do’ngpeshona, oq amur baliqlari 1960-1985 yillarda Qashqadaryo daryosi sohili suv tiplarida Pachkamar suv omborida iqlimlashtirilgan. Iqlimlashtirilgan baliqlar bilan Pachkamar suv omboriga Sinanodonta orbicularis, S. puerorum tarqalgan. Pachkamar kanali Pachkamar suv omboridan suv oladi suv orqali undagi turlar kanalga o‘tib tarqalgan. Kanalda Sinanodonta orbicularis, S. puerorum o‘rtacha zichligi 1 m2 da 0,6-0,7 tadan uchraydi. Corbicula purpurea va C.fluminalis kanalning o‘rta qismidagi suvlarida tarqalgan 1 m2 da o‘rtacha 0,9-1,1 tadan uchraydi. Kanal suvlarida tarqalgan mollyuskalarga kanal suvining kamayib turishi katta ta’sirini ko‘rsatadi. Pachkamar kanalining o‘rta va qo‘yi qismi suv tiplarida Corbiculina tibetensis 1 m2 2,4 tadan va C.ferganensis 1 m2 2,4 tadan uchraydi.
Kanal suvlarida tarqalgan mollyuskalarga kanal suvining kamayib turishi katta ta’siri ko‘rsatadi. Pachkamar kanali suvlarida peloreofil ekologik guruhiga mansub turlar tarqalgandir. Corbiculina tibetensis, C.ferganensis turlari kanalning o‘rta va quyi qismida keng tarqalgan evribiont turlar ekanligi aniqlandi qolgan turlar stenobiont turlardir. Pachkamar kanali biotoplarida 6 tur yashaydi.
Eski Anhor kanali – Darg‘om kanali irmog‘i bo‘lib bu kanal asosan suvlarini Zarafshon daryosidan suv oladi. Umumiy uzunligi 310 km.dan ortiq. Suv ekotizimida 2 oila va 4 avlodiga taalluqli 4 tur va 1 kenja turi uchradi (4.5.2-jadval).

4.5.3-rasm. Qashqadaryo havzasi kanallarida Unionidae va Corbiculidae oilalari ikki pallali mollyuskalarning tarqalishi
Kanalning sekin oqar qismida mollyuskalardan Sinanodonta orbicularis va S.gibba yashaydi. Kanalda S.puerorum topilmadi. Kanalda S.gibba 0,7-1,5 m chuqurliklarda loyli joylar tarqalganligini kuzatdik. Sinanodonta orbicularis zichligi 1 ni, S.gibba niki esa 1,2 tashkil etadi. Colletopterium avlodidan Colletopterium cyreum sogdianum 1 m2 joyda 0,6 ta uchradi. [12; B.35-36; 22; B.209-211.].
Mirishkor kanali. Mazkur kanal suvni Amudaryo va Talimarjon suv omborlaridan oladi. Kanalning suv sarfi 78 m 2 /s, maksimal suv sarfi 121 m 2 /s. Kanalning umumiy uzunligi 76,2 km. ni tashkil etadi. Kanalning bir qismi betonlashtirilgan. Bizning tadqiqotlarimizgacha kanalning mollyuskalari o‘rganilmagan. Tadqiqotlarimiz orqali kanalda mollyuskalarning 5 turi 1 ta kenja turining yashashi aniqlandi (4.5.2.-jadval).
Kanal va unga yaqin bo‘lgan suv tiplari oqar suv loyli joylarida peloreofillarning 5 turi Sinonodonta gibba, Corbicula purpurea, C.fluminalis, Corbiculina tibetensis, C.ferghanensis va oqar suvlarda reofil Colletopterum cyreum sogdianum ning yashashi aniqlandi. Xulosa Mirishkor kanali suvlarida ikki pallali mollyuskalarning 5 tur va bitta kenja turi tarqalgan va ular ikki xil ekologik guruhlarga taalluqli.
Xitoy kanali . Ushbu kanal Qashqadaryo quyi qismida barpo etilgan bo‘lib Koson tumanining bir qismini va Muborak tumani hududlarini sug‘orishda foydalanib kelinmoqda. Kanalning o‘rtacha suv sarfi 58 m 2 /s, maksimal suv sarfi 98 m 2 /s. Kanalning suv rejimi ma’lum miqdorda Qashqadaryo suv rejimiga bog‘liq ravishda o‘zgarib turadi. O‘rganishlarimiz kanal suvlarida mollyuskalarning 4 turning yashashini ko‘rsatadi. Ular 1 oila va 2 avlodiga taalluqli (4.5.2-jadval). Ushbu kanalning Qashqadaryodan boshlanish qismda Corbicula cor va C.purpurea 1m2 da 0,6 - 0,8 donadan uchraydi. Turlar suvning 0,6-1,4 m chuqurliklarida yashaydi. Xitoy kanalining o‘rta va quyi qismi suvlarida qumloq biotoplarda Corbiculina tibetensis va C. Ferghanensis o‘rtacha 0,9-1.1 tadan tarqalgan. Kanalda mollyuskalarning 4 turi tarqalgan, ular peloreofil ekologik guruhiga mansub [17; B.141-143; 40; S.78-81.].
Kanallardagi tadqiqotlarimiz natijasida quyidagi xulosalarga kelindi. Qarshi magistral kanalida 9 tur va 2 kenja tur, Pachkamar kanalida 6 ta tur, Eski Anhor 4 ta tur va 1 kenja tur, Mirishkor 5 ta tur va 1 kenja tur, Xitoy kanalida 4 tur tarqalgan, ular 3 xil peloreofil, reofil va pelolimnofil ekologik guruhlariga mansub. Kanallarda tarqalgan Corbiculidae oilasi mansub turlar keng tarqalgan zichligi katta bo‘lgan evribiont turlarga va Unionidae oilasi turlari zichligi kichik bo‘lgan stenobiont turlarga kirishi aniqlandi.
Qashqadaryo havzasi suv tiplarida Unionidae, Euglesidae, Pisidiidae va Corbiculidae oilalari turlarining tarqalishi bo‘yicha qiyosiy tahlillar shuni ko‘rsatadiki, sun’iy suv tiplarining barpo etilishi turlar tarqalish areallarining kengayishiga olib kelgan (4.5.2-jadval). Qashqadaryo havzasida tabiiy suv havzalarida tarqalgan ikki pallali mollyuskalar kanallar orqali baliqchilik xo‘jaliklari va suv omborlariga tarqalgan.

Yüklə 8,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin