O‘zbekiston respublikasi o liy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi qarshi davlat universiteti qo‘lyozma huquqida udk



Yüklə 8,4 Mb.
səhifə40/48
tarix30.11.2023
ölçüsü8,4 Mb.
#170110
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   48
02 11 2023 Jabborova Dissertatsiya qayta ko\'rilgan

4.6.3-jadval
Qashqadaryo havzasi baliqchilik xo‘jaliklarida Corbiculidae oilasi turlarining yoshi bo‘yicha biotoplarda tarqalishi va zichligi (n=10./ m2/ dona)





Turlar nomi

Yuqori qismi (Yakkabog‘ tumanidagi baliqchilik xo‘jaliklari)

O‘rta qismi (Qamashi tumanidagi baliqchilik xo‘jaliklari)

Quyi qismi
(Qarshi tumanidagi baliqchilik xo‘jaliklari)

Tarqalish darajasi

2 yosh

3 yosh

4 yosh

2 yosh

3 yosh

4 yosh

2 yosh

3 yosh

4 yosh

1

Corbicula cor

-

-

-

0,8±0,1

0,9±0,1

1,1±0,2

-

-




Stenobiont

2

Corbicula fluminalis

-

-

-

0,3±0,1

0,6±0,1

0,8±0,1

-

-

-

Stenobiont

3

Corbicula rurpurea

-

-

-

1,0±0,2

1,4±0,3

1,5±0,3

-

-

-

Stenobiont

4

Corbicula tubitensis

0,9±0,1

0,8±0,1

0,7±0,1

2,4±0,4

1,8±0,2

1,6±0,2

1,2±0,2

1,1±0,1

0,9±0,1

Evribiont

5

Corbicula ferghanensis

1,2±0,3

1,1±0,2

0,9±0,1

2,6±0,3

2,2±0,4

1,8±0,1

1,1±0,2

0,9±0,1

0,8±0,1

Evribiont

Daryoning quyi qismi Qarshi tumanidagi baliqchilik xo‘jaliklarida Corbicula cor, C. fluminalis va C. purpurea lar uchramaydi. Corbiculina tibetensis 2 yosh 1,2, 3 yosh 1,1 va 4 yosh 0,9 tadan, C. ferghanensis 2 yosh 1,1, 3 yosh 0,9 va 4 yosh 0,8 tarqalgan. Hudud sun’iy suv tiplarida Corbicula cor, C. fluminalis va C. purpurea lar stenobiont va Corbiculina tibetensis va C. ferghanensislar esa evribiont turlar ekanligi aniqlandi.


Suv havzalarida Unionidae va Corbiculidae oilalari turlari yoshi bo‘yicha biotoplar turlicha tarqalgan bo‘lib, tarqalishi va zichligiga suv muhitidagi abiotik va biotik faktorlarning ta’siri kattadir.
Qashqadaryo havzasining uchta qismida sun’iy suv tiplarida mollyuskalar tarqalishi bo‘yicha tahlil qilinganda Sinanodonta gibba, S.orbicularis, S. puerorum, Corbiculina tibetensis va C.ferghanensis turlari evribiont turlar ekanligi va Colletopterum bactrianum, C.cyreum sogdianum, C.ponderosum volgense, Corbicula cor, C.fluminalis, C.purpurea turlari esa stenobiont turlar ekanligi birinchi bor aniqlandi.
4.7-§. Qashqadaryo havzasi sun’iy suv tiplarining barpo etilishi va invazion turlar areallari o‘zgarishi
XX asrda sanoat, qishloq xo‘jaligi va iqtisodiy munosabatlarning kuchayishi natijasida turli organizmlarning antropogen tarqalishi biogeografik hududlar chegaralarining o‘zgarishiga olib keldi. Dunyo aholisining o‘sishi va insonning texnik va energiya darajasining oshishi ekotizimlardagi ulkan o‘zgarishlar yuzaga kelishiga olib keldi. Tabiiy tizimlarning antropogen o‘zgarishi muammosi turli xil iqtisodiy va madaniy jarayonlar bilan chambarchas bog‘liqdir [78; S.596-604; 81; S.45-52.].
Adventiv organizmlarning tarqalishi tabiiy ekotizimlarni o‘zgartirishning yetakchi omillaridan biri sifatida e’tirof etiladi. Tarixiy davrda biz nafaqat alohida ekotizimlarning tur xilma-xilligining tez o‘zgarishini, balki butun mintaqalar ekotizimlarining o‘zgarishini ham kuzatamiz.
So‘nggi o‘n yilliklarda turlar tarqalish, joylashish tezligining oshishi birinchi navbatda antropogen omillarning ta’siri kattaligi muhim o‘rin tutadi. Turlarning tarqalishining antropogen omillarga bog‘liqligini Elton, 1958, Nikolaev, 1985, Carlton, 1996, Lodge, 1993; Mirkin, Naumova, 2001 va boshqalar o‘z tadqiqotlarida tahlil qilishgan. Bu asrning oxiriga kelib, butun dunyo bo‘ylab qirg‘oq dengiz, sho‘r va chuchuk suv ekotizimlarda yangi turlarining aniqlash sezilarli darajada oshdi.
So‘nggi paytlarda yangi turlarning kirib kelishi, jamoalar va ekotizimlarga ta’siri bilan bog‘liq jarayonlar biologik bosqinlar deb nomlangan. Biologik invaziya keng ma’noda har qanday hududga hayvon turlarini kirib kelishi bilan bog‘liq jarayon bo‘lib hisoblanadi [82; S.138-141; 84; S.256-296.].
Ya.I. Starobogatov 1970 yilda antropogen omillar ta’sirida turlarning tarqalishi va zoogeografik yo‘nalishida tadqiqotlar olib borgan. Materik suv havzalarida turli xil mollyuskalar guruhining tarqalishining tabiiy sabablari bilan bir qatorda antropogen omilning ahamiyati ham ta’kidlangan. Turlarning tarqalishiga geografik to‘siqlar va zonalarning mavjudligi o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Ularni mexanik ravishda yengib o‘tishda tarixiy davrda antropogen omillar katta rol o‘ynaydi [85; B.141-168; 86; B.175-176.].
Qashqadaryo havzasi antropogen omillar ta’sirida barpo etilgan suv omborlari, baliqchilik xo‘jaliklari va kanallar tabiiy holatdagi zoogeografik to‘siqlarning antropogen omillar ta’sirida buzilishiga va invazion turlarning tarqalish areallarining kengayishiga olib kelgan. Qashqadaryo havzasida suv omborlarining barpo etilishi bilan Unionidae, Euglesidae, Pisididae va Corbiculidae oilalari turlarining tarqalish areallarining kengayishi aniqlandi. Sug‘oriladigan maydoni 38 ming g. tashkil etadi. Xitoy kompleksi baliqlari – oq amur(Ctenopharyngodon idella) va oddiy do’ngpeshonalarni (Hypophthalmichthys molitrix) Chimqo’rg’on suv omboriga iqlimlashtirilishi natijasida suv omboriga baliqlar bilan Colletopterum ponderosum volgense va xitoy tishsiz mollyuskalari - Sinanodonta gibba, S. orbicularis, S. puerorum lar tarqalgan va yashash areallari kengaygan. Suv omborida Unionidae oilasidan Sinanodonta orbicularis, S. puerorum, Colletopterum cyreum sogdianum, Euglesidae oilasidan Euglesa hissarica, Pisididae oilasidan Odhneripisidium terekense, Corbiculidae oilasidan esa Corbicula cor, C. fluminalis, C. purpurea, Corbiculina tibetensis, C. ferghanensis tarqalganligi aniqlandi (4.7.1-jadval). Suv ombori tashkil etilganligiga uzoq vaqt bo‘lishi turlar xilma-xilligiga o‘z ta’sirini ko‘rsatgan. Chimqo’rg’on suv omborining suvlari va baliqlar bilan bu suv omboridan suv oladigan baliqchilik xo‘jaliklariga, kanallarga va hovuzlarga Unionidae va Corbiculidae oilalari turlarining tarqalishi va ushbu turlar areallarining kengayishi kuzatildi.
Pachkamar suv ombori – G‘uzor daryosida 1967 yil barpo etilgan. Suv ombori maydoni 16,8 km2 , suv hajmi 260,0 mln.m3 , sug‘oriladigan maydoni 15,5 ming g., bo‘lib suv omborining barpo etilishi bilan ushbu suv ekotizimlarida gidrobiontlar tarqala boshlagan va turlar yashash areallarining kengayishiga olib kelgan. Hozirgi vaqtda suv omborida ekotizimlarida Unionidae oilasidan Sinanodonta gibba, S.orbicularis, S.puerorum, Colletopterum bactrianum, C.cyreum sogdianum, C.ponderosum volgense, Euglesidae oilasidan Euglesa obliquata, Pisididae oilasidan Odhneripisidium sogdianum, Corbiculidae oilasidan Corbicula cor, C. fluminalis, C. purpurea, Corbiculina tibetensis, C. ferghanensis turlarning tarqalganligini o‘rgandik. Suv ombori barpo etilmasdan oldin G‘uzordaryosining bu hududi suv ekotizimlarida faqat Corbiculidae oilalari turlari tarqalganligi qayd qilingan.
Qamashi suv ombori - 1957 yilda Qamashi shahridan 4 km uzoqlikdagi Sho‘rchasoy tabiiy botiqligida barpo etilgan. Umumiy hajmi 17,3 mln m3ga va foydali hajmi 16 mln.m3 ga teng. Maksimal chuqurligi 12,0 metr va o‘rtacha chuqurligi esa 6,0 metr suv sathining yuzasi 1,5 km2. Sug‘oriladigan maydoni 1,6 ming g. Suv ombori qurilgandan keyin ushbu hudud suvlarida Unionidae oilasidan Sinanodonta gibba, Colletopterum cyreum sogdianum, Corbiculidae oilasidan Corbicula cor, Corbiculina tibetensis, C. ferghanensis turlari tarqalishiga olib kelgan.

Yüklə 8,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin