O‘zbekiston respublikasi o liy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi qarshi davlat universiteti qo‘lyozma huquqida udk



Yüklə 8,4 Mb.
səhifə41/48
tarix30.11.2023
ölçüsü8,4 Mb.
#170110
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   48
02 11 2023 Jabborova Dissertatsiya qayta ko\'rilgan

4.7.1-jadval
Qashqadaryo havzasi sun’iy suv tiplarining barpo etilishi va invazion turlar areallari o‘zgarishi





Suv omborlari

Suv ombori tashkil etilgan vaqti

Suv ombori maydoni (km2 )

Umumiy suv hajmi,
(mln.m3)

Sug‘orila-digan maydoni (ming gek.)

Turlar soni



Suv omborida tarqalgan turlar

1.

Chimqo’rg’on

1960

49,2

500,0

38

13

Unionidae oilasi Sinanodonta gibba, S. orbicularis, S. puerorum, Colletopterum bactrianum, C.cyreumsogdianum, C. ponderosum volgense, Euglesidae oilasi Euglesa obliquata, Pisididae oilasi, Kuiperipisidium sogdianum, Corbiculidae oilasi Corbicula cor, C. fluminalis, C. purpurea, Corbiculina tibetensis, C. ferghanensis

2.

Pachkamar

1967

16,8

260,0

15,5

10

Unionidae oilasi Sinanodonta orbicularis, S. puerorum, Colletopterumcyreum sogdianum, Euglesidae oilasi Euglesa hissarica, Pisididae oilasi, Kuiperipisidium terekense, Corbiculidae oilasi Corbicula cor, C. fluminalis, C. purpurea, Corbiculina tibetensis, C. ferghanensis

3.

Qamashi

1957

8,3

25,0

1,6

5

Unionidae oilasi Sinanodonta gibba, Colletopterum.cyreum sogdianum, Corbiculidae oilasi Corbicula cor, Corbiculina tibetensis, C. ferghanensis

4.

Hisorak

1983

14,2

170,0

49

7

Unionidae oilasi Sinanodonta orbicularis, S. puerorum, Euglesidae oilasi, Euglesa turkestanica, Pisididae oilasi, Kuiperipisidium sogdianum, Corbiculidae oilasi Corbicula fluminalis, C. purpurea, Corbiculina tibetensis

5.

Dehqonobod

1981

7,4

18,5

1,6

5

Euglesidae oilasi, Euglesa hissarica, E. turkestanica, Corbiculidae oilasi Corbicula fluminalis, C. purpurea, Corbiculina tibetensis,

6.

Nug‘ayli

1975

5,6

3,0

1,8

3

Corbiculidae oilasi Corbicula cor, C. fluminalis, Corbiculina ferghanensis

7.

Yangiqo’rg’on

1975

5,9

3,3

1,0

5

Euglesidae oilasi, Euglesa obliquata,
Pisididae oilasi, Kuiperipisidium terekense, Corbiculidae oilasi Corbicula purpurea, Corbiculina tibetensis, C. ferghanensis.

Hisorak suv ombori - Qashqadaryo viloyatidagi Qashqadaryoning irmog‘i bo‘lgan Oqsuv daryosi o‘zanida barpo etilgan. 1983 - 1988 yillarda qurilgan. Umumiy hajmi 170 mln.m3. foydali hajmi 161,6 mln.m3. Toshtuproqli to‘g‘on uzunligi 666 m. balandligi 138 m, suv yuzasi 4,2 km2, suv chiqarish inshootining suv o‘tkazish imkoniyati 200 m3/s , suv tashlama inshootniki 130 m3/s. Oqsuv daryosida suv ombori barpo etilgan joyda suv ombori qurilmasdan oldin Unionidae va Corbiculidae oilasi turlari tarqalganligi ko‘rsatib o‘tilmagan. Hozirgi kunda suv omborida Unionidae oilasidan Sinanodonta orbicularis, S. puerorum, Euglesidae oilasidan Euglesa turkestanica, Pisididae oilasidan Kuiperipisidium sogdianum, Corbiculidae oilasidan Corbicula fluminalis, C. purpurea, Corbiculina tibetensis turlari tarqalgan. Dehqonobod suv ombori - Uradaryo havzasida suvni bir me’yordagi oqimini ta’minlaydi. Suv ombori 1981 yil tashkil etilgan bo‘lib, hajmi o‘rtacha 27,3 mln.m3. To‘g‘onning maksimal balandligi 36,3 m, maksimal suv chiqarish imkoniyati 12,1 m3/sek. Suv ekotizimlarida Euglesidae oilasidan Euglesa hissarica, E. turkestanica, Corbiculidae oilasidan Corbicula fluminalis, C. purpurea, Corbiculina tibetensis turlari tarqalgan.


Nug‘ayli suv ombori - Qashqadaryo havzasida joylashgan bo‘lib maydoni 0.587 km2 ni va hajmi 0,50 million m2 ni tashkil etadi. 1975 yil tashkil etilgan, sug‘oradigan maydoni 1,8 ming g. tashkil etadi. Suv omborida Corbiculidae oilasidan Corbicula cor, C. fluminalis, Corbiculina ferghanensis turlar tarqalgan va yashash areallari kengaygan.
Yangiqo’rg’on suv ombori - Yakkabog‘daryo sohilida Yangiqo’rg’on suv ombori 1975 yil barpo etilgan bo‘lib maydoni 1,5 km2 ni tashkil etadi. Yillik suv hajmi 1,62 mln.m3 ni tashkil etadi. Suv ombori qurilishi bilan Euglesidae oilasidan Euglesa obliquata, Pisididae oilasidan Kuiperipisidium terekense, Corbiculidae oilasidan esa Corbicula purpurea, Corbiculina tibetensis, C.ferghanensis lar tarqalishiga olib kelgan. Qashqadaryo havzasida sun’iy suv tiplarining barpo etilishi bilan Unionidae, Euglesidae, Pisididae va Corbiculidae oilalari ikki pallali mollyuskalarining tarqalish areallarining antropogen omillar ta’sirida kengayishi kuzatiladi. Daryo havzasidagi suv omborlari suvlari va baliqlari bilan Sinanodonta, Colletopterum, Euglesa, Kuiperipisidium, Corbicula va Corbiculina avlodlari turlari kanallar, baliqchilik xo‘jaliklari va hovuzlarga tarqalgan. Suv omborlari va kanallar Unionidae va Corbiculidae oilalari turlari tarqalish uchun qulay bo‘lgan suv havzalari hisoblanadi. Suv omborlariga quyiladigan va suv omboridan chiquvchi kanallar Unionidae, Euglesidae, Pisididae va Corbiculidae ikki pallali mollyuskalarning suv havzalariaro tarqalishining manbaasi va yo‘li hisoblanadi.
Qashqadaryo havzasining baliqchilik xo‘jaliklarida olib borilgan tadqiqotlar natijasida quyidagi xulosalarga kelindi: Luxliko‘lda 6 tur, Chimqo’rg’onda 9 tur va 2 kenja tur, Qizilsuvda 5 tur va 1 kenja tur va Sho‘rsoyda 3 tur tarqalganligi, ular peloreofil, reofil va pelolimnofil ekologik guruhlariga mansubligi o‘rganib chiqildi. Biz baliqchilik xo‘jaliklaridan Sinanodonta avlodi turlari uchrashini birinchi marta aniqladik.
Suv omborlarida Pachkamarda 9 tur va 1kenja tur, Chimqo’rg’onda 11 tur va 2 kenja tur, Qamashida 4 tur va 1 kenja tur, Hisorakda 7 ta tur, Dehqonobodda 5 tur, Nug‘aylida 3 tur va Yangiqo’rg’onda 5 tur ikki pallali mollyuskalar tarqalganligi biz tomonimizdan birinchi marta aniqlandi.
Qarshi magistral kanalida 9 tur va 2 kenja tur, Pachkamar kanalida 6 ta tur , Eski Anhor 4 ta tur va 1 kenja tur, Mirishkor 5 ta tur va 1 kenja tur, Xitoy kanalida 4 tur ikki pallali mollyuskalar tarqalgan, ular 3 xil peloreofil, reofil va pelolimnofil ekologik guruhlariga mansubligi aniqlandi.



Yüklə 8,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin