O‘zbekiston respublikasi o liy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi qarshi davlat universiteti qo‘lyozma huquqida udk


V BOB. QASHQADARYO HAVZASI ENDEMIK VA NOYOB TURLAR XILMA-XILLIGINI SAQLASH, INDIKATOR SAPROB TURLARIDAN SUV SIFATINI BAHOLASHDA FOYDALANISH



Yüklə 8,4 Mb.
səhifə42/48
tarix30.11.2023
ölçüsü8,4 Mb.
#170110
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   48
02 11 2023 Jabborova Dissertatsiya qayta ko\'rilgan

V BOB. QASHQADARYO HAVZASI ENDEMIK VA NOYOB TURLAR XILMA-XILLIGINI SAQLASH, INDIKATOR SAPROB TURLARIDAN SUV SIFATINI BAHOLASHDA FOYDALANISH


5.1-§. Sun’iy suv tiplari endemik va noyob turlar xilma-xilligiga suv muhiti omillarining ta’siri
Ekotizimlarda yashaydigan biologik xilma-xillik nabotot va hayvonot olamida yashovchi barcha jonli organizmlar yig‘indisi bo‘lib, ushbu tushunchaga bitta tur doirasidagi turlararo va ekotizimlar xilma-xilligini ham kiritish mumkin. Bugungi kunda Qashqadaryo havzasi bioxilma-xilligiga tabiiy resurslardan keng foydalanishda inson faoliyati katta ta’sir ko‘rsatmoqda [87; B.244-247; 91; S.226-248.].
Ekologik muvozanatni saqlab qolish bo‘yicha 1992 yilning iyun oyida Rio-de-Janeyro shahrida bo‘lib o‘tgan “Atrof-muhit va uning rivojlanishi” bo‘yicha BMT konferensiyasida XXI asrda insoniyatning yashashini yaxshilash uchun muhim bo‘lgan dasturiy hujjatlar qabul qilindi. Mazkur anjumanda ilk marta tabiatdan to‘g‘ri foydalanish, uni muhofaza qilish va saqlab qolish to‘g‘risida muhim xulosalarga kelindi. Jumladan, suv ekotizimlarini tabiiy holda saqlab qolish ulardagi gidrobiontlar xilma-xilligiga ko‘rsatadigan ta’sirlarni tahlil qilishga alohida e’tibor qaratilgan [94; S.217-227; 95; S.175-183.].
Qashqadaryo havzasida suv resurslari nihoyatda notekis joylashgan. Shu sababli turli yer usti suv yo’llari oqimi turlicha shakllangan. Bu hududda botqoq yerlar ekotizimlari muammolari asosiy masalalardan biri hisoblanadi. Natijada ushbu ekotizimning tabiiy muhiti va bioxilma-xilligini saqlab qolish uchun imkoniyat cheklangan. Daryolarning o‘rta va quyi qismidagi suvlarning minerallashuv va ifloslanishini yuqori bo‘lishi shu suvlarda tarqalgan endemik va noyob turlar xilma-xilligiga, zichligiga ta’sir ko‘rsatadi. Qashqadaryo sun’iy ekotizimlarida mollyuskalarning turlar tarkibi, miqdori va areallari o‘zgarishi tabiiy va insonning kundalik xo‘jalik faoliyati ta’sirida yuzaga kelmoqda.
Daryo suvining minerallanishi undagi suvning ko‘pligi va to‘yinish rejimiga bog‘liq. Qashqadaryo havzasidagi suv omborlarida olib borilgan o‘rganishlar shuni ko‘rsatdiki, suv muhitidagi ko‘pgina omillar ikki pallali mollyuskalarga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Daryo havzasidagi sun’iy suv tiplari hisoblangan Chimqo’rg’on, Pachkamar va Qamashi suv omborlarida suv muhiti omillarining ikki pallali mollyuskalarga ta’sirini o‘rganish bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazildi. Chimqo’rg’on suv omborida suv harorati 14-220S, tiniqligi 0,46-0,56 m., xlorid (Cl) 262±23 mg/l, suvning minerallashuvi 870±68 mg/l, O2 kislorod miqdori 5,2±1,2, neft va neft mahsulotlari 0,04±0,1 atrofida ekanligi aniqlandi. Suv muhitining bu faktorlari gidrobiontlar tarqalishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Bu hududda 13 tur ikki pallali mollyuskalar Sinanodonta gibba, S. orbicularis, S. puerorum, Colletopterum bactrianum, C.cyreum sogdianum, C. ponderosum volgense Euglesa obliquata, Kuiperipisidium sogdianum, Corbicula cor, C.fluminalis, C.purpurea, Corbiculina tibetensis, C. ferghanensis tarqalganligi o‘rganildi (5.1.1- jadval).
Pachkamar suv omborida suv harorati 12-20 0S, tiniqligi 0,48-0,58 m., xlorid (Cl) 224±12 mg/l, suvning minerallashuvi 881±69 mg/l, O2 kislorod miqdori 5,1±1,0, neft va neft mahsulotlari 0,02±0,1 bo‘lib suv muhiti omillari sifatida mollyuskalarga ta’sir ko‘rsatgan, suv omborida 10 tur tarqalgan Sinanodonta orbicularis, S. puerorum, Colletopterum cyreum sogdianum, Euglesa hissarica, Kuiperipisidium terekense, Corbicula cor, C. fluminalis, C.purpurea, Corbiculina tibetensis, C. ferghanensis.
Qamashi suv omborida suv harorati 15-24 0S, tiniqligi 0,45-0,54 m., xlorid (Cl) 298±21 mg/l, suvning minerallashuvi 976±62 mg/l, O2 kislorod miqdori 4,9±0,84, neft va neft mahsulotlari 0,05±0,1 bo‘lib bu hududda Sinanodonta gibba, Colletopterum cyreum sogdianum, Corbicula cor, Corbiculina tibetensis, C. ferghanensis turlari uchraydi. Suv omborlarida turlar tarqalish zichligi bilan bir-biridan farq qiladi. Sun’iy suv havzalari hisoblangan suv omborlarining barpo etilishi turlarning keng hududlarga tarqalishiga va areallarining kengayishiga olib kelgan. Chimqo’rg’on va Pachkamar suv ombori ikki pallali mollyuskalarning tarqalishi, oziqlanishi, ko‘payishi, ekologik guruhlarining hosil bo‘lishi uchun qulay bo‘lgan suv havzasi hisoblanadi, shuning uchun bu suv omborida
5.1.1- jadval

Yüklə 8,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin