O‘zbekiston respublikasi o liy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi qarshi davlat universiteti qo‘lyozma huquqida udk


-§. Indikator – saprob turlardan sun’iy suv tiplari suvining sifatini baholashda foydalanish



Yüklə 8,4 Mb.
səhifə45/48
tarix30.11.2023
ölçüsü8,4 Mb.
#170110
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   48
02 11 2023 Jabborova Dissertatsiya qayta ko\'rilgan

5.2-§. Indikator – saprob turlardan sun’iy suv tiplari suvining sifatini baholashda foydalanish
XX asrda xalq xo‘jaligining ishlab chiqarish, sanoat, qishloq xo‘jaligi va boshqa sohalarning tez rivojlanishi natijasida suv ekotizimlarida organizmlarning tarqalish mintaqalari chegaralarining o‘zgarishiga sabab bo‘ldi. Sayyoramiz aholisining o‘sishi va texnikaning rivojlanishi ekotizimlarda o‘zgarishlar bo‘lishiga olib keldi. Tabiiy tizimlarning antropogen transformatsiyasi muammosi iqtisodiy va madaniy jarayonlar bilan chambarchas bog‘liq [97; S.131-135; 100; S.33-35.].
Malakologik tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, Unionidae, Pisididae, Euglesidae va Corbiculidae oilalari turlari suvlarni fil’tratsiya qilish orqali organik tozalash xususiyatiga ega. Unionidae oilasi turlari 8-10 yilgacha va undan ortiq yashaydi va o‘rtacha uzunligi 28-30 sm ga yetishi mumkin. Unionidae oilasi turlari 24 soat davomida 190-210 litrgacha suvni tanasidan o‘tkazib organik tozalaydi [105; S.320-321; 112; S.158-163.].
Daryo havzasi suv ekotizimlarida mollyuskalardan 4 oila va 6 ta avlodga kiruvchi, 14 turi va 2 kenja turining yashashi aniqlandi. (4.2.1-jadval). Suv muhiti organizmlarning yashashi uchun muhim bo‘lgan mineral hisoblanib gidrobiontlarda butun jarayonlar suv muhitida sodir bo‘ladi. Tadqiqotlardan ma’lum bo‘ldiki 1920 yil I.Kolkvits va R.Maresson, 1940 yilda Dolgov, V.Sladecheklar suvlarning ifloslanishi guruhlariga kura toza suvlar, o‘rtacha ifloslangan, iflos, juda iflos va haddan tashqari iflos suvlarga ajratgan [114; S.314-320; 117; P.181-185.].
Qashqadaryo suv tiplari ifloslanish darajasiga ko‘ra toza suvlar, o‘rtacha ifloslangan va iflos suvlardan iborat. Ikki pallali mollyuskalarning toza suvda tarqalgan turlarini katarob turlar, o‘rtacha iflos suvda tarqalganlari - oligosaprobli, ifloslangan β-mezasaprobli, iflos α–mezosaprobli turlarga bo‘lishimiz mumkin.


5.2.1-jadval
Qashqadaryo havzasi sun’iy suvlarida uchraydigan indikator ikki pallali mollyuskalar

T/r


Mollyuskalar turlari



Baliq
chilik xo‘jaliklari

Suv ombor
lari

Yüklə 8,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin