O‘zbekiston respublikasi o liy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi qarshi davlat universiteti qo‘lyozma huquqida udk



Yüklə 8,4 Mb.
səhifə46/48
tarix30.11.2023
ölçüsü8,4 Mb.
#170110
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   48
02 11 2023 Jabborova Dissertatsiya qayta ko\'rilgan

Kanallar


Suvlarning sifatini ko‘rsatuvchi chegaralar

1.

Sinanodonta orbicularis

β

β

β

β

2.

Sinanodonta gibba

β

β

β

β

3.

Sinanodonta puerorum

β

β

-

β

4.

Colletopterium bactrianum

-

β

-

β

5.

Colletopterium cyreum sogdianum

-

β

-

β

6

Colletopterium pondersum volgense

β

-

-

β

7.

Euglesa hissarica

-

k

-

k

8.

Euglesa turkestanica

-

k

-

k

9.

Euglesa obliquata

-

k

-

k

10.

Kuiperipisidium terekense

-

k

-

k

11.

Kuiperipisidium sogdianum

-

o

-

o

12.

Corbicula cor

o

o

-

o

13.

Corbicula purpurea

-

o

o

o

14.

Corbicula fluminalis

o

o

o

o

15.

Corbiculina tibetensis

o

β

β

o-β

16.

Corbiculina ferghaneensis

β

o

β

β -o




Jami:

β -4,o-3

β -5, k-4, o-4

β -4,o-2




Izoh: toza suvda yashovchi - K-katarobli, o‘rtacha iflos O-oligosaprobli,
Ifloslangan β -mezasaprobli, iflos α-mezasaprobli.
Baliqchilik xo‘jaliklarida β -mezasaprobli, ifloslangan suvlarda yashovchilar 4 ta, O-oligosaprobli-o‘rtacha iflos suvlarida 3 ta, Suv omborlarda β -mezasaprobli, ifloslangan suvlarda tarqalgan 5 ta, K-katarobli, toza suvda yashovchilarning 4 ta va O-oligosaprobli-o‘rtacha ifloslangan suvlarda yashovchilarning 4 ta turi tarqalganligini tahlil qildik. Kanallarda esa β -mezasaprobli, ifloslangan suvlarda tarqalgan 4 ta va O-oligosaprobli-o‘rtacha ifloslangan suvlarda yashovchilarning 2 ta turi tarqalganligi aniqlandi.
Suvning sifat va ifloslanish darajalari ko‘rsatkichlari bo‘yicha Qashqadaryo suv ekotizimlarida toza, o‘rtacha ifloslangan, ifloslangan suvlar mavjud va butunlay ifloslangan polsaprob suvlar mavjud emas. Qashqadaryo daryosi havzasidan birinchi bor 14 tur va 2 kenja tur ikki pallali mollyuskalar indikator sifatida aniqlandi.
Sun’iy suv havzalari bo‘lib hisoblangan Chimqo’rg’on, Pachkamar va Qamashi suv omborlarining barpo etilishi turlarning keng hududlarga tarqalishiga va areallarining kengayishiga olib kelgan. Chimqo’rg’on va Pachkamar suv omborida ikki pallali mollyuskalar tarqalishi, oziqlanishi, ko‘payishi, ekologik guruhlarining hosil bo‘lishi uchun qulay bo‘lgan suv havzasi bo‘lib, ularda turlar soni va zichligi katta. Qamashi suv ombori suv muhiti omillarining mollyuskalar tarqalishiga cheklovchi omil sifatida o‘z ta’sirini ko‘rsatganligi sababli turlar soni nisbatan kam uchraydi.
Chimqo’rg’on va Pachkamar suv omborlarida Corbicula cor va Corbicula purpurea turlari populyatsiyalari o‘suvchi populyatsiyalar ekanligi aniqlandi. Sababi yosh mollyuskalar tez ko‘payadi va populyatsiyada o‘zini tiklaydi. Qamashi suv omborida Corbicula cor va Corbicula purpurea lar populyatsiyalari kamayuvchi populyatsiyalar ekanligini ko‘rsatdi.

XULOSALAR
“Qashqadaryo havzasi sun’iy suv tiplari ikki pallali mollyuskalari faunasi va ekologik guruhlari” mavzusidagi doktorlik (PhD) dissertatsiya bo‘yicha olib borilgan izlanishlar asosida quyidagi xulosalarga kelindi:
1. Qashqadaryo havzasida sun’iy suv tiplari uchun 4 oila va 6 avlodga mansub 14 tur va 2 kenja tur ikki pallali mollyuskalar xos bo‘lib, toshloq biotoplarda 3 ta, qumloq biotoplarda 8 ta va loyli biotoplarda 6 ta turlari tarqalgan.
2. Qashqadaryo havzasidagi baliqchilik xo‘jaliklarida Luxliko‘lda 6 tur, Chimqo‘rg‘onda 10 tur 2 kenja tur, Qizilsuvda 5 tur 1 kenja tur va Sho‘rsoyda 3 tur tarqalgan bo‘lib, ular peloreofil, reofil, va pelolimnofil ekologik guruhlariga mansubдир.
3. Sinanodonta avlodi turlarining zichligi baliqchilik xo‘jaliklarida daryolarga nisbatan 1,3-1,5 marta ko‘p. Baliqchilik xo‘jaliklari hovuzlarida loyli biotoplarda avlod turlarining ko‘pligi Sinonadontalarning ko‘payishi, tarqalishi uchun qulay bo‘lgan muhitni hosil qilganligi bilan asoslandi.
4. Pachkamar suv omborida ikki pallali mollyuskalarning – 9 turi va – 1 kenja turi, Chimqo‘rg‘onda – 11 tur va – 2 kenja tur, Qamashida – 5 tur va – 1 kenja tur, Hisorakda – 7 ta tur, Dehqonobodda – 5 tur, No‘g‘aylida – 3 tur va Yangiqo‘rg‘onda – 5 turи tarqalishi xosdir.
5. Qarshi magistral kanalida ikki pallali mollyuskalarning 9 turi, 2 kenja turi, Pachkamarda 6 tur, Eski anhorda 4 tur, 1 kenja tur, Mirishkorda 5 tur,1 kenja tur, Xitoy kanalida – 4 turи uchraydi. Kanallarda keng tarqalgan va zichligi yuqori bo‘lgan evribiont turlar sifatida Corbiculidae oilasi, zichligi kichik bo‘lgan stenobiont turlar sifatida esa Unionidae oilasi vakillari e’tirof etiladi.
6. Qashqadaryo havzasida sun’iy suv tiplarining barpo etilishi bilan Unionidae, Euglesidae, Pisididae va Corbiculidae oilalari ikki pallali mollyuskalarining tarqalishi va areallarining antropogen omillar ta’sirida kengayishi xosdir.
7. Qashqadaryo sohilida tarqalgan “Qizil kitob”ga kiritilgan ikki pallali mollyuskalar populyatsiyalarida yosh va zichligiga gidrokimyoviy ko‘rsatkichlari o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Chimqo‘rg‘on va Pachkamar suv omborlarida suv muhiti omillarining ta’siri optimal darajada bo‘lganligi Corbicula cor va Corbicula purpurea larning yoshi va zichligiga optimal ta’sir ko‘rsatib, populyatsiyalarini progressiv xarakterini ta’minlaydi Qamashi suv omborida suv muhiti omillarining Corbicula cor va Corbicula purpurea larga salbiy ta’sirining maksimal darajada bo‘lishi turlar populyatsiyalarning inqiroziga olib kelmoqda.
8. Baliqchilik xo‘jaliklarida β-mezasaprobli, ifloslangan suvlarda yashovchilar 4 ta, O-oligosaprobli-o‘rtacha iflos suvlarida 3 ta, Suv omborlarda β -mezasaprobli, ifloslangan suvlarda tarqalgan 5 ta, K-katarobli, toza suvda yashovchilarning 4 ta va O-oligosaprobli-o‘rtacha ifloslangan suvlarda yashovchilarning 4 ta turi tarqalgan. Kanallarda esa β -mezasaprobli, ifloslangan suvlarda tarqalgan 4 ta va O-oligosaprobli-o‘rtacha ifloslangan suvlarda yashovchilarning 2 ta turi uchraydi. Qashqadaryo havzasidan 14 tur va 2 kenja tur ikki pallali mollyuskalar indikator sifatida suvlarning organik ifloslanishini aniqlash uchun tavsiya etiladi.



Yüklə 8,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin