O‘zbekiston respublikasi o liy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi qarshi davlat universiteti qo‘lyozma huquqida udk



Yüklə 8,4 Mb.
səhifə44/48
tarix30.11.2023
ölçüsü8,4 Mb.
#170110
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   48
02 11 2023 Jabborova Dissertatsiya qayta ko\'rilgan

Corbicula cor, C.purpurea va C.fluminalislar tarqalganligi aniqlandi. [155; B.44-45.]. Ushbu turlarning zichligi sun’iy suv tiplarida kichik bo‘lib stenobiontlardir. Tadqiqot jarayonida Qashqadaryo havzasi suv omborlarida tarqalgan, “Qizil kitob” ga kiritilgan Corbiculidae oilasi ikki pallali mollyuskalar populyasiyalarida yoshi va zichligiga suv muhiti omillarining ta’siri ham tahlil qilindi. Chimqo’rg’on suv omborida suv harorati 14-22 0S, tiniqligi 0,46-0,56 m., xlorid (Cl) 262±23 mg/l, suvning minerallashuvi 870±68 mg/l, O2 kislorod miqdori 5,2±1,2 bo‘lib,

5.1.3-jadval


Qizil kitob” ga kiritilgan Qashqadaryo havzasi suv omborlarida tarqalgan Corbiculidae oilasi ikki pallali mollyuskalar populyasiyalarida yoshi va zichligiga suv muhiti omillarining ta’siri (n=10)



Suv omborlar

Suvning tarkibi

Mollyuskalar turlari

Yoshi va zichligi m2

Suv harorati (0S)

Tiniqligi (m)

Xlorid (Cl)

Suvning minerallashuvi

O2




1

2

3

4

1



Chimqo’rg’on suv ombori

14-22

0,46-0,56

262±23

870±68

5,2±1,2

Corbicula cor

1,6±0,6

1,4±0,4

1,2±0,2

1,1±0,1

Corbicula purpurea

1,8±0,7

1,6±0,4

1,3±0,2

0,9±0,2

2

Pachkamar suv ombori

12-20

0,48-0,58

224±12

881±69

5,1±1,0

Corbicula cor

2,1±0,8

1,7±0,6

1,3±0,3

1,1±0,2

Corbicula purpurea

2,4±0,8

1,8±0,7

1,5±0,3

1,2±0,2

3

Qamashi suv ombori

15-24


0,45-0,54

298±21

976±62

4,9±0,8

Corbicula cor

1,1±0,3

1,6±0,2

1,8±0,1

1,7±0,1

Corbicula purpurea

1,4±0,5

1,7±0,4

1,9±0,3

1,8±0,2




REM







300

1000

Q-4
Yo-6
















ushbu suv omborida Corbicula cor 1 yoshdagilarining zichligi 1,6±0,6, 2 yoshdagilari 1,4±0,4, 3 yoshdagilari 1,2±0,2 va 4 yoshdagilarining zichligi 1,1±0,1, Corbicula purpurea 1 yoshdagilari zichligi 1,8±0,7, 2 yoshdagilari 1,6±0,4, 3 yoshdagilari 1,3±0,2 va 4 yoshda 0,9±0,2 tashkil etishi o‘rganildi (5.1.3- jadval, 5.1.2-rasm, 5.1.4-rasm).

5.1.4-rasm. Qashqadaryo havzasi suv omborlarida tarqalgan “Qizil kitob” ga kiritilgan Corbiculidae oilasi Corbicula purpurea ning populyasiyalarida yoshi va zichligiga suv muhiti omillarining ta’siri

Pachkamar suv omborida suv harorati 12-20 0S, tiniqligi 0,48-0,58 m., xlorid (Cl) 224±12 mg/l, suvning minerallashuvi 881±69 mg/l, O2 kislorod miqdori 5,1±1,0 bo‘lib Corbicula cor 1 yoshdagilarining zichligi 2,1±0,8, 2 yoshdagilari 1,7±0,6, 3 yoshdagilari 1,3±0,3 va 4 yoshdagilarining zichligi 1,1±0,2, Corbicula purpurea 1 yoshdagilari zichligi 2,4±0,8, 2 yoshdagilari 1,8±0,7, 3 yoshdagilari 1,5±0,3 va 4 yoshda 1,2±0,2 bo‘lishi aniqlandi.


Qamashi suv omborida o‘rtacha suv harorati 15-24 0S, tiniqligi 0,45-0,54 m., xlorid (Cl) 298±21 mg/l, suvning minerallashuvi 976±62 mg/l, O2 kislorod miqdori 4,9±0,84 bo‘lib Corbicula cor 1 yoshdagilarining zichligi 1,1±0,3, 2 yoshdagilari 1,6±0,2, 3 yoshdagilari 1,8±0,1 va 4 yoshdagilarining zichligi 1,7±0,1, Corbicula purpurea 1 yoshdagilari zichligi 1,4±0,5, 2 yoshdagilari 1,7±0,4, 3 yoshdagilari 1,9±0,3 va 4 yoshda 1,8±0,2 bo‘lishi tahlil qilindi. O‘rganishlarimiz natijasida Chimqo’rg’on va Pachkamar suv omborlarida suv muhiti omillarining ta’siri optimal darajada bo‘lganligi, Corbicula cor va Corbicula purpurea larning yoshi va zichligiga ta’sir ko‘rsatib populyatsiyalari o‘suvchi populyatsiyalar ekanligi aniqlandi. Sababi yosh mollyuskalar tez ko‘payadi va populyatsiyada o‘zini tiklaydi. Qamashi suv ombori hududida suv muhiti omillarining Corbicula cor va Corbicula purpurea larga ta’siri maksimal darajada bo‘lishi bu yerda populyatsiyalarning kamayuvchi populyatsiyalar ekanligini ko‘rsatdi.
Qashqadaryo havzasi sun’iy suv tiplarida mollyuskalarni muhofaza qilish, tabiatdagi bioxilma-xilligini saqlab qolish, turlari va populyatsiyalari kamayib ketayotganlarini qayta tiklash uchun muhofaza qilish chora-tadbirlarini joriy qilishda quyidagi tavsiyalar ishlab chiqildi:

  • Qashqadaryo sun’iy suv ekotizimlarida baliq tutish qoidalariga e’tibor qaratish, ularning ko‘payish vaqtida (Qashqadaryo daryosi havzasida 1 apreldan 31 maygacha) ov qilishni to‘xtatish, ushbu vaqt ikki pallali mollyuskalarning ham urchish vaqtiga mos keladi. Ikki pallali mollyuskalar tarqalishida baliqlarning ahamiyati katta ekanligi inobatga olish;

  • Qashqadaryo havzasi sun’iy suv tiplarida baliqchilik xo‘jaliklari, suv omborlar va kanallarda ikki pallali mollyuskalar tarqalgan joylarni muhofaza qilish, daryolar, suv havzalari gidrorejimini bir maromda saqlash, suvlarni ifloslanishiga yo‘l qo‘ymaslik chora-tadbirlarini ishlab chiqish;

  • Qashqadaryo havzasi sun’iy suv tiplarida uchraydigan “Qizil kitob”ga kiritilgan Unionidae va Corbiculidae oilalariga mansub Colletopterium boctrianum, C.cyreum sogdianum, Corbicula cor, C.purpurea va C.fluminalislarni populyasiyalarini muhofaza qilishdan iborat.

Sun’iy suv havzalari bo‘lib hisoblangan Chimqo’rg’on, Pachkamar va Qamashi suv omborlarining barpo etilishi turlarning keng hududlarga tarqalishiga va areallarining kengayishiga olib kelgan. Chimqo’rg’on va Pachkamar suv omborida ikki pallali mollyuskalar tarqalishi, oziqlanishi, ko‘payishi, ekologik guruhlarining hosil bo‘lishi uchun qulay bo‘lgan suv havzasi bo‘lib, ularda turlar soni va zichligi katta. Qamashi suv ombori suv muhiti omillarining mollyuskalar tarqalishiga cheklovchi omil sifatida o‘z ta’sirini ko‘rsatganligi sababli turlar soni nisbatan kam uchraydi.
Chimqo’rg’on va Pachkamar suv omborlarida Corbicula cor va Corbicula purpurea turlari populyatsiyalari o‘suvchi populyatsiyalar ekanligi aniqlandi. Sababi yosh mollyuskalar tez ko‘payadi va populyatsiyada o‘zini tiklaydi. Qamashi suv omborida Corbicula cor va Corbicula purpurea lar populyatsiyalari kamayuvchi populyatsiyalar ekanligini ko‘rsatdi.

Yüklə 8,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin