O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar O‘zbekiston respublikasi


Mehnat resurslari va ulardan foydalanish



Yüklə 109,27 Kb.
səhifə5/10
tarix25.12.2023
ölçüsü109,27 Kb.
#196528
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar-fayllar.org

1.5.Mehnat resurslari va ulardan foydalanish. 
Respublikada mehnat resurslarining soni ko’p, biroq ularning jami aholi
tarkibidagi ulushi oz. Buning sababi tug’ilish va tabiiy ko’payishning
yuqoriligidadir. Natijada, “demografik yuk” yoki mehnatga layoqatli aholi bilan
mehnatga layoqatsizlar nisbati o’ziga xos. Masalan, agar Boltiq buyi davlatlarida
oilada 3 kishidan 2 nafari ishlasa, bizda, aksincha, 6 kishidan 2 yoki 3 nafari ishlashi
mumkin, xolos.
Rasmiy ma’lumotlarga qaraganda, 2018-yilda O’zbekistonda mehnat
resurslar soni 18829,6 ming kishini, iqtisodiy faol aholi 14641,7 ming, iqtisodiyotda
band bo’lganlar soni 13273,1ming kishini tashkil qildi. Ta’kidlash joizki, keyingi
yillarda, noishlab chiqarish sohasida band bo’lganlar soni tezroq ko’payib
bormoqda. Nodavlat sektorda band bo’lganlar 80 foizga yaqin. Barcha tuman va
shaharlarda mehnat birjalari faoliyat ko’rsatmokda. Ular asosan “Bandlik” Davlat
dasturini amalga oshirish bo’yicha qator ishlarni bajarishadi.
Mehnat resurslari - mamlakat aholisining mehnatga layoqatli yoshdagi qismi,
iqtisodiy resurslarning tarkibiy unsuri; 16 yoshdan 55 yoshgacha boʻlgan ayollar, 60
yoshgacha boʻlgan erkaklar Mehnat resurslariga kiritiladi.
Kishilar yoshining ulgʻayishiga qarab Mehnat resurslariga dastlab
qoʻshiladilar, soʻngra (yoshi oʻtgach) undan chiqadilar. Koʻpchilik mamlakatlarda,
shu jumladan, Oʻzbekistonda 16—59 yoshdagilar Mehnat resurslariga kiritiladi.
Mehnat resurslari oʻsishi aholining koʻpayishiga bogʻliq. Aholi tarkibida yoshlar
qanchalik koʻp boʻlsa, Mehnat resurslari shunchalik tez oʻsadi. 20-asr oxiri —21-asr
boshlarida Oʻzbekistonda Mehnat resurslari har yili 320—350 ming kishi atrofida
koʻpay-ib bordi. Ularning asosiy qismini mehnat yoshiga qadam qoʻyganlar tashkil
etadi.
Mehnat resurslari soni miqdoriy ifoda boʻlsa, mehnat yoshidagilarning bilim
saviyasi, malakasi, kasbiy mahorati va ishbilarmonligi uning sifatini yaratadi.
Taʼlimtarbiya, malakani oshirish, sogʻliqni taʼminlash, uni mustahkamlash uchun
sarflar inson kapitaliga investitsiya boʻlib, Mehnat resurslari ni takroran yaratishga



18
xizmat qiladi. Mehnat resurslari mehnat bozori orqali taqsimlanadi. Mehnat


resurslari ban-dligi — mehnat yoshidagi kishilarning ish bilan taʼminlanishi,
ularning tovar va xizmatlar yaratishda ishtirok etishi. Mehnat resurslari tarkibidagi
ishlashga talabgor boʻla turib ish topa olmaganlar ishsizlar (qarang Ishsizlik)
hisoblanadi.



19


Yüklə 109,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin