O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar O‘zbekiston respublikasi



Yüklə 109,27 Kb.
səhifə3/10
tarix25.12.2023
ölçüsü109,27 Kb.
#196528
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar-fayllar.org

1.3.Aholi migratsiyasi. 
Respublika aholisining ko’payishida tashqi migratsiyaning ham roli bor.
Ammo bu omilning ijobiy ta’siri ko’proq avvalgi yillarga to’g’ri kelgan. 70 va,
xususan, 80-yillar oxiridan boshlab ushbu jarayon O’zbekiston uchun manfiy
natijaga ega bo’lgan. Bu, asosan, bir vaqtlar O’zbekistonga ko’chib kelganlarning
yana o’z vatanlariga kaytib ketishlari natijasida yuz bergan.
Shuningdek, keluvchilar soni muntazam ravishda kamayib borgan,
ketuvchilar miqdorida esa aniq, bir yunalishdagi jarayon uncha sezilmaydi. Masalan,
respublikamizdan tashqariga ketganlarning eng ko’p miqdori 1990 yilda ko’zatilgan.
Biroq, shu yili kelganlar soni ham nisbatan ko’p bo’lgan. Buning natijasida
migratsiya qoldig’i (saldosi) minus 121 ming kishini tashkil qilgan. 1994 yilda
ketganlar soni avvalgi yillarga qarag’anda uncha ko’p bo’lmasada, ammo kelganlar
juda ozchilikni tashkil qilgan (mos ravishda 179 va 38 ming kishi), oqibatda,
migratsiya qoldig’i ko’rilayotgan davrda eng yuqori bo’lgan (minus 141 ming kishi).
2010-yilda kelganlar 139,8 ming, ketganlar 183,9 ming, migratsiya qoldig’i minus
44,1 ming kishi bo’lgan. 2012-yilda esa bu ko’rsatkichlar 169,7; 210,6 va minus
40,9 ming kishiga teng bo’lgan.L.P.Maksakova va O.B.Ota-Mirzaev
ma’lumotlariga qaraganda, 1991-1997 yillarda respublika shahar joylari bo’yicha
netto-migratsiya, ya’ni sof salbiy migratsiya qoldigi rus millatiga mansub
bo’lganlarda 302 ming, tatarlarda 95, yahudiylarda 50, ukrainlarda 28, nemislarda
20 ming kishini tashkil etadi. Ketuvchilarning asosiy qismi Rossiya Federatsiyasiga
tug’ri keladi. O’zbekiston Ukraina va Qozog’iston davlatlari bilan ham bo’lgan aholi
aloqalarida ancha ko’p manfiy migratsiya qoldig’iga ega, uning musbat natijasi esa
ko’proq Tojikiston hisobidan yuzaga kelgan.
Qayd etish lozimki, tashqi migratsiyada eng avvalo shahar aholisi qatnashadi.
Binobarin, migratsiyaning salbiy oqibati ham ayni shaharlarda va jumladan,
rusiyzabon xalqlar ko’prok joylashgan sanoat markazlarida ko’zatiladi. Shuning
natijasida, masalan, Chirchiq, Olmaliq, Angren kabi shaharlarda aholi soni 1991
yilga qaraganda kamaygan yoki juda oz darajada ortgan. qolaversa, Toshkent
shahrida ham aholi soni uncha ko’p o’smagan.



15
Tashqi migratsiyadagi vaziyat shahar joylardagi mehnat resurslarining miqdor


va sifat jihatlariga o’z ta’sirini ko’rsatadi. Chunonchi, migratsiyada asosan katta
yoshdagilar va malakali ishchi kadrlarning qatnashganlari sababli mehnat
resurslaridan
foydalanishda
muvaqqat
muammolar
vujudga
kelishi
muqarrar.Aholining tabiiy va mexanik harakatidagi o’zgarishlar uning milliy, jins
va yosh tarkibiga ham ta’sir ko’rsatadi.

Yüklə 109,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin