29
mavjud. Ularning eng kam soni Sirdaryo viloyatida 11 ta va Xorazm viloyatida 10
ta, Buxoro viloyatida 14 ta va Navoiy, Surxondaryo va Jizzax viloyatlarida 15 tadan,
Andijon va Qashqadaryoda 16 tadan, Namangan viloyatida 20 ta va Farg‘onada 19
ta shahar va shaharchalar bor (2005).
Urbanizatsiya faqatgina shahar va shaharchalarning umumiy soni b-n emas,
balki ko‘proq shaharlar aglomeratsiya sining rivojlanganligi b-n belgila nadi.
O‘zbekistonda 2005 y. ma‘lumotiga ko‘ra 17 ta yirik shahar bor.
Ular orasida
Toshkent sh. keskin ajralib turadi. Aholisining soni 2128 mingdan ortiq bo‘lgan
poytaxt shaharning respublikadagi urbanizatsiya jarayoniga bo‘lgan ta‘siri benihoya
katta. Shu tarzda O‘zbekistonda urbanizatsiya jarayoni Toshkent sh., katta va o‘rta
shaharlarga bog‘liq holda amalga oshmoqda (9-jadvalga q.). Yirik shaharlar
negizida shaharlarning murakkab hududiy tizimi shahar aglomeratsiyalari vujudga
kelgan bo‘lib, ular urbanizatsiya rivojlanishining muhim ko‘rsatkichi sifatida xizmat
qiladi. Mas., Toshkent aglomeratsiyasi 30 ga yaqin shahar va shaharchalarni
birlashtiradi.
Shuningdek, Farg‘onaMarg‘ilon, Samarqand, Namangan, buxoro,
Andijon, va b. aglomeratsiyalar ham rivojlanib bormoqda.
O‘zbekistonda urbanizatsiyaning umumiy ko‘rsatkichi 1984 y.da 42 % dan
ortiqroq edi. Keyingi paytda urbaniza siya ko‘lamiga shahar aholisining tabiiy o‘sish
darajasining kamayib borishi ham ta‘sir etmoqda.
Urbanizatsiya
darajasining
qisqarib
borishiga
qishloq
aholisining
shaharliklarga nisbatan tezroq ko‘payishi, shaharlarda (ayniqsa,
sanoat
markazlarida) tashqi migratsiyaning kuchayishi, yangi shaharlarning vujudga
kelmasligi ham sabab bo‘ldi. Ammo qishloq joylardagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar,
infratuzilma
va sanoat korxonalari, dam olish maskanlarining tashkil etilishi, q.x.ga
tegishli bo‘lmagan iqtisodiy tarmoqlarda tadbirkorlikning rivojlanib borishi
urbanizatsiyaning haqiqiy holatini ifodalab beradi. Mazkur o‘zgarishlar
hamda
shaharlar rivojlanishi asosida O‘zbekistonda yaqin yillarda urbanizatsiya umumiy
ko‘rsatkichining qisqarib borishi to‘xtab, o‘sa boshlaydi.