1
Mavzu: O‘zbekiston aholisi va mehnat resurslari
Mundarija:
I bob.Respublika aholisining kelib chiqishi va aholi sonining o’sishi hamda
joylanishi.
1.1.O‘zbekiston doimiy aholisining etnik tarkibi.
1.2. Respublika aholisi sonining o’sishi jarayonlari
1.3.Aholi migratsiyasi
1.4.Aholining milliy tarkibi
1.5.Mehnat resurslari va ulardan foydalanish.
II BOB. Oʻzbekiston aholisining demografikasi
2.1.Oʻzbekiston aholisining demografik rivojlanish tarixi
2.2.O‘zbekistonda urbanizatsiya jarayonlari
2.3.Milliy tarkibi, Ijtimoiy tarkibi
2.4.Aholining jins va yosh tarkibi
2.5.Mehnat resurslari va aholi bandligi
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.
2
I BOB.RESPUBLIKA AHOLISI SONINING O’SISHI VA JOYLANISHI.
1.1.O‘zbekiston doimiy aholisining etnik tarkibi e’lon qilindi
Statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston
doimiy aholisi
tarkibida o‘zbeklar, tojiklar, qozoqlar, qoraqalpoqlar
va ruslar eng yirik etnik
guruhlarni tashkil qiladi. 1989 yildan 2021 yilga qadar o‘zbek millatiga mansub
aholi soni ikki baravardan ziyodga ko‘payib, 29,2 mlndan oshgan.
Davlat statistika qo‘mitasi O‘zbekiston doimiy aholisining etnik tarkibiga oid
statistik ma’lumotlarni e’lon qildi.
Unga ko‘ra, 2021 yilning 1 yanvar holatiga mamlakatda doimiy aholi soni 34,6 mln
kishini tashkil etgan.
Doimiy aholi tarkibida
eng yirik etnik guruhlar o‘zbek, tojik, qozoq, qoraqalpoq
va rus millatiga mansub kishilardan iborat.
Statistika qo‘mitasi ma’lumotlari asosida «Gazeta.uz» tomonidan tayyorlandi.
Statistika qo‘mitasi taqdim qilgan ma’lumotlarga qaraganda, Respublikada doimiy
aholining etnik tarkibi quyidagicha:
•
o‘zbeklar — 29,2
mln kishi;
3
•
tojiklar — 1,7 mln kishi;
•
qozoqlar — 821,2 ming kishi;
•
qoraqalpoqlar — 752,7 ming kishi;
•
ruslar — 720,3 ming kishi;
•
qirg‘izlar — 291,6 ming kishi;
•
turkmanlar — 206,2 ming kishi;
•
tatarlar — 187,3 ming kishi;
•
koreyslar — 174,2 ming kishi;
•
ukrainlar — 67,9 ming kishi;
•
ozarbayjonlar — 41,2 ming kishi;
•
belaruslar — 18,5 ming kishi;
•
boshqa millatlar — 426,4 ming kishi.
O‘zbekiston aholisining etnik tarkibiga oid mavjud 1989 yildagi маълумотларga
ko‘ra, eng yirik etnik guruhlarni o‘zbek, rus, tojik, qozoq va tatar millati vakillari
tashkil qilgan. Xususan, o‘zbeklar jami aholining 71,2% ini tashkil etgan.
2000 yildagi Etnik
atlasда qayd etilishicha, yirik etnik guruhlar ketma-ketligi
o‘zbek, rus, tojik, qozoq va qoraqalpoqlardan iborat bo‘lgan. 2000 yilda jami aholi
tarkibida o‘zbek millatiga mansub aholi ulushi 77,4% ni tashkil qilgan.
4
Mamlakatda tub aholi — o‘zbek millatiga mansub aholi soni 2021 yilga kelib 1989
yilga nisbatan
ikki baravardan ziyodga (107%ga) ko‘paygan. Shuningdek, tojik,
qoraqalpoq, qirg‘iz hamda turkman millati vakillari soni sezilarli darajada o‘sgan.
Ushbu davr mobaynida deyarli barcha yirik etnik guruhlar son jihatdan ko‘payib
borgan bo‘lsa, rus millatiga mansub aholi
1 mln (57,6%ga) kishiga kamaygan.