33
Aholi tarkibida bolalar salmog‘i ning oshib borishi 1-navbatda bolalar o‘limining
keskin kamayishi b-n bog‘liq. Bolalar salmog‘ining oshib borishiga bevosita ta‘sir
etuvchi omillardan yana biri O‘zbekistonda tug‘ilayotgan bolalar sonining ko‘payib
borishidir. Tug‘ilish sur‘ati 20-a.ning 2-yarmida juda yuqori bo‘lgan. Agar
O‘zbekistonda 1950 y. tug‘ilishning umumiy koeffitsiyenti 30,8 %ni tashkil etgan
bo‘lsa, 1960 y.da 39,8 %ga teng bo‘lgan. Bu davrda tug‘ilgan bolalar 1975-80
y.larda kamolot yoshiga yetganlar va natijada aholi tarkibida 15-19, 20-24 yoshli
guruhlarning salmog‘i ko‘tarilgan. Bu hol esa, o‘z navbatida, O‘zbekistonda yangi
oilalar tarkib topishiga va oilalar miqdorining ko‘payishiga olib kelgan.
BMT ma‘lumotlariga ko‘ra O‘zbekis ton aholisining yosh tarkibi dunyo
aholisi yosh tarkibiga taqqoslansa, bolalar salmog‘ining ancha yuqoriligi kuzatiladi.
O‘zbekiston qarish shkalasi bo‘yicha jahondagi aholisi «yosh» davlatlar
qatoriga kiradi.
O‘zbekistonda mehnat yoshi erkaklar uchun 16-59 yosh, ayollar uchun 16-54
yosh qilib belgilangan. Mehnat yoshidan yuqori, ya‘ni 55 va undan katta ayollar, 60
va undan katta erkaklar soni 19912004 y.larda 18,7 % ga oshdi.
O‘zbekistonda
bugungi demografik vaziyat, ayniqsa, tug‘ilish jarayonining
kamayib borishi (1991 y.da tug‘ilish ning umumiy koeffitsiyenti 34,50/00 ni tashkil
etgan bo‘lsa, 2004 y.da bu ko‘rsatkich 20,50/00ga teng bo‘ldi yoki 140/00 ga
kamaydi) yaqin kelajakda jami aholi salmog‘ida qariyalar ulushining ortib
borishidan dalolat beradi.
Bu hol esa, O‘zbekistonda qariyalarning ijtimoiy-
demografik guruh sifatida gi mavqei oshib borishini ko‘rsatadi.