31
Mamlakatda millatlar ning geografik joylashi shi ham bir tekis emas. Buning
birinchi sababi millatlarning tarixiy rivojlanishi bo‘lsa,
ikkinchidan respublikada
xalq xo‘jalik tarmoqlari ning rivojlanish xususiyatlaridir. Qishloq joylarda tub millat
vakillarining soni ko‘payib, boshqa millat vakillarining nufusi kamaymoqda.
Qoraqalpoqlar to‘la-to‘kis o‘z respublikasi doirasida yashaydigan millat hisoblanadi
(94,5 %). O‘zbekis tonning mustaqil taraqqiyoti davrida aholi milliy tarkibida katta
o‘zgarish sodir bo‘ldi. hozirda O‘zbekistonda o‘zbeklar salmog‘i 1989 y.ga nisbatan
8,6 % ga oshdi.
O‘zbekistonda aholining ijtimoiy tarkibi turli davrlarda turlicha bo‘lgan.
Respublikada ishchi va xizmatchilarning soni va ulushi 20-a.ning 90-y.larigacha
bo‘lgan davrda o‘sib borgan. Mazkur davrda ishchi va xizmatchilarning ulushi 32,2
% dan 79,7 % gacha ko‘paygan. Mustaqillikka erishilgach, ko‘p ukladli iqtisodiyot
va bozor munosabatlarining shakllanishi ta‘sirida aholining ijtimoiy tarkibida katta
o‘zgarishlar bo‘ldi (11-jadvalga q.). Xususiy mehnat faoliyatida band aholining tez
sur‘atlar b-n o‘sishi respublika aholisining ijtimoiy tarkibiga katta ta‘sir
ko‘rsatmoqda.
Keyingi yillarda ro‘yxatga olingan ishsizlar soni ham qisqarib bormoqda.
2002 y.da ularning soni 40,3 ming kishini tashkil etgan bo‘lsa, 2005 y.da 27,7 ming
kishiga tushdi. 2005 y.da mehnat organlariga ishga joylashtirishda yordam berishni
so‘rab 410,3 ming fuqaro murojaat qildi. Bu 2004 y.dagiga nisbatan 14,7 ming
kishiga yoki 3,4 %ga kamdir. 2005 y.da mehnat resurslari soni 10196,3 mingni
tashkil etib, 2004 y.ga nisbatan 2,9 %ga ko‘paydi.
Nodavlat sektorida band
bo‘lganlar ulushi 2004 y.dagi 76,9 %dan 77,1 %ga yetdi.
Aholining ma‘lumotlilik darajasi ning ortib borayotganini respublika da oliy
va o‘rta maxsus o‘quv yurtlari va ularda tahsil olayotgan talabalar sonining ortib
borishi b-n taqqoslasa bo‘ladi. O‘zbekistonda 2002/05 y.larda o‘rta maxsus, kasb-
hunar ta‘limi o‘quv muassasalari soni 973 tagacha ko‘paydi. Ularda tahsil olayotgan
o‘quvchilar soni 750,3 mingga yetdi. 2000/01 o‘quv yilida respublikada 61 oliy
o‘quv yurti bo‘lib, ularda 183,6 ming talaba tahsil oldi. Mazkur ko‘rsatkich 2005/06
o‘quv yilida muvofiq ravishda 60 va 264,9 mingni tashkil etdi.