O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim vazirligi urganch Davlat Universiteti Tabiiy fanlar fakulteti Biologiya yo’nalishi


-rasm Jigarsimon yo’sinning dastlabki ko’rinishi



Yüklə 1,27 Mb.
səhifə6/12
tarix15.06.2022
ölçüsü1,27 Mb.
#61494
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Munira Sadriddinova

2.2 2-rasm Jigarsimon yo’sinning dastlabki ko’rinishi


2.2 1-sxema Jigarsimon yo’sinlarning bo’linishi
1. Marshantsiyakabilar sinfchasi. Sinfchaning muhim qabilasi Marshantsiyanamolar (Marchantiales) hisoblanadi. Bu qabila 10 dan ortiq oilani o`z ichiga oladi. Ulardan biri Marshantsiyadoshlar oilasi (Marchantiaceae). Oilaning tipik vakili-oddiy marshantsiya (Marchantia polymorpha). Bu o`simlik tarqalishiga ko`ra kosmopolit. U er yuzining deyarli barcha qit’alarida, o`ta zax joylarda: buloqlarning atroflarida, sharsharalarni quyi qismida, daryo va ko`llarni qirg`oqlarida, o`rmonlarda va shuningdek botqoqliklarda uchraydi. Uning tanasi serbargina dixotomik ravishda shoxlangan tallomdan iborat. Shoxlangan har bir tallomni uchida kichkina o`yiq yoki chuqurchalar bo`lib, shu joyida tallomning o`sish nuqtasi bo`ladi. Tallom shu erdan o`sadi va shoxlanadi . Tallomning ostki tomonida ikki xil oddiy va tilsimon rizoidlar buladi. Ularning vazifasi tallomni tuproqqa biriktirib turish va zarur bo`lgan ozuqa moddalarni o`tkazishdan iborat. Ulardan tashqari tallomning ostki tomonida yana to`q binafsha rangli qorin tangachalar (amfigastriyalar) bir qavat bo`lib joylashgan. Bular boshlang`ich (Embrional) holdagi barg hisoblanadi. Tallom ustki va ostki epidermis bilan qoplangan bo`lib, ustki epidermis tagidan bir qavat joylashgan havo bo`shliqlari, ularni tubidan bir nechta xlorofill donochalariga ega bo`lgan xujayralar mavjud. Har bir havo bo`shliqlarda bittadan ustitsa (og`izcha) o`rin olgan. Ular birgalikda havo bilan tutashgan bo`ladi. Bulardan tashqari, tallomni asosiy qatlamini tashkil e tadigan parenxima xujayralari bo`lib, ularda kraxmal yig`iladi. Ostki
epidermisdan esa rizoidlar vujudga keladi. Marshantsiya vegetativ yo`l bilan ko`payganda, tallomni ustki yuzasida mayda dumaloq savatchalar hosil bo`ladi. Savatchalarni ichki tomonini pastki yuzasida ko`payish kurtaklari joy olgan. Kurtaklar yomg`ir tomchilarining qattiq ta`sir etish natijasida, savatchalardan ajralib qulay sharoitga tushganda, o`sib yangi tallomlarni hosil qiladi.
Jinsiy yo`l bilan ko`payishi, bahor oylarining oxirlariga to`g`ri keladi. Bu vaqtda tallomda alohida anteridiyli va arxegoniyli tirgovuchlar etiladi. Anteridiyli tirgovichi ikki qismdan ya`ni cheti qisman bo`laklarga ajralgan lappak va banddan iborat. Lappak qismi bir nechta oval bo`shliqlardan iborat bo`lib, bu-anteridial bo`shliklardir.Ularning har birida bittadan anteridiy bor. Anteridiy elipssimon tuzilishga ega bo`lib, qisqa banddan iborat. Ikki xivchinli spermatozoyidlar ana shu anteriydagi spermagen xujayralardan hosil bo`lib keyinchalik tashqariga chiqadi. Arxegoniyli tirgovchi shaklan ko`p shu`lali yulduzga o`xshash tanacha va banddan iborat. Arxigoniylar yulduzcha shu`lalari orasida joy olgan. Har bir arxegoniyni tuzilishi kolbachaga o`xshagan bo`lib, qavarib turgan pastki qismida ya`ni qorinchasida tuxum xujayra etiladi. Uning ustki qator qismi ingichkalanib bo`yinchani hosil qiladi. Arxigoniylar perixetsiya degan maxsus qoplagich bilan o`ralgan holda to`da-to`da bo`lib joylashib, ularning bo`yin qismi pastga qaragan bo`ladi. Har bir arxegoniy yana alohida periantsiy deb ataluvchi qavat bilan ximoyalangan. Arxegoniy etilgan vaqtda bo`yin qismini uchi ochiladi va undagi kanalcha xujayralari shilimshiq modda ishlab chiqarib, kanalning ichini to`ldiradi. Ayni shu vaqtda anteridiyda etilgan ikki xivchinli spermatozoidlar tashqariga chiqib, suv tomchilari bilan arxegoniylarga kelib tushadi. Kelib tushgan spermatozoidlar kanal orqali, tuxum xujayraga etib kelib ko`shiladi va natijada otalanish sodir bo`ladi. Otalangan tuxum xujayradan jinssiz nasl sporogoniy hosil bo`ladi. Etilgan sporogoniy qisqa band va ko`sakchadan iboratdir. Ko`sakchada gaploid to`plamga ega bo`lgan sporalar bilan elateralar rivojlanadi. Sporalar etilgandan so`ng, ko`sakcha yuqori tomonidan yoriladi va bir nechta spora va prujinachalar tashqariga sochiladi. Sporalarni tarqalishiga elateralar yordam beradi. Spora qulay sharoitga tushgandan keyin o`sa boshlaydi.
Shunday qilib, marshantsiyaning individual taraqqiyot davri gametofit nasl xukmron bo`lib, u sporalar hosil bo`lgan davrdan jinsiy xujayralar qo`shilib, zigota hosil bo`lgunga qadar bo`lgan davrni egallasa, sporofit nasl esa zigota hosil bo`lishdan spora hosil bo`lgunga qadar qisqa davrni egallaydi va to`lig`icha gametofitga bog`liq ravishda, uning hisobidan oziqlanadi.
Yungermaniyakabilar sinfchasi ham oldingi o`simliklarga yaqin. Ammo ulardan tashqi morfologik tuzilishi jihatlaridan farq qiladi. Bularda anteridiy va arxegoniylar tirgovuchsiz to`g`ridan to`g`ri tallomda hosil bo`ladi.

Yüklə 1,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin