O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim vazirligi urganch Davlat Universiteti Tabiiy fanlar fakulteti Biologiya yo’nalishi



Yüklə 1,27 Mb.
səhifə3/12
tarix15.06.2022
ölçüsü1,27 Mb.
#61494
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Munira Sadriddinova

II-Bob Asosiy qism
2.1.Yo`sintoifalarning tarqalishi va ekologiyasi.
Yuksak o'simliklar kichik dunyosi-Cormobionta yoki Embrybionta
Yuksak o'simliklar tashqi ko'rinishi jihatidan raug-barang. Uning tanasi organlarga differentsiallashgan, hamda ularda nasllar gallanishi kuzatiladi. Hozirgi davrda yuksak o'simliklarning soni 500 mingdan ortiq. Ular Yer kurrasining nam tropik o'rmonlaridan tortib, cho'llargacba va Arktikaning doimiy muzliklarida ham uchraydi. Yuksak o'simliklarda yaxshi shakllangan vegetativ va generativ organlar bo'lib, jinssiz va jinsiy usullarda ko'payadi. Riniyatoifa o'simliklar (Rhyniophyta)
Riniotoifalar hozirgi vaqtda ma'lum bo'lgan yuksak o'simliklarning qadimgi vakillari bo'lib hisoblanadi, ular juda sodda tuzilgan, ildizsiz, poyasiz, ayrisimon shoxlangan, mayda tikonsimon bargli o'simliklardir. Riniotoifalar paleozoy erasining silur davrlarida kelib chiqib, toshko'mir davrlarining boshlarida nobud bo'lib, yo'qolib ketgan. 1937 yilda paleobotanik U.Lang riniyalardan ham qadimgi vakilini yuqori silur qoldiqlaridan kuksoniya (Cooksonia) deb atalgan yangi turkumini aniqlagan Keyinchalik kuksoniyaning qoldiqlari yuqori silur qatlamlaridan Chexoslovakiya, Markaziy Qozog'iston, Nyu-York, Shotlandiyadan va G'arbiy Sibirdan ham topilgan. Bu qoldiqlar silur davridan to devon davrining oxirigacha yashagan eng qadimgi yuksak o'simliklar sanalib, ular dastlab psilofitlar bo'limiga birlashtirilgan. Hozirgi paytda ko'pchilik olimlar ularni riniyatoifa o'simliklarlar (Rliyniophita)) deb atashadi. Riniyatoifa o'simliklar bo'limi bitta riniyasimonlar ajdodi va 2 ta qabila: riniyanomalar va psilofitnomalarni o'z ichiga oladi. Tipik vakili sifatida katta riniya olinadi. Katta riniya (Rhynia major) yirik balandligi 0,5m. Poyasining diametri 5mm ga yaqin bo'lgan.Tanasida ildizpoyaga o'xshash gorizontal o'suvchi rizoidlari bo'lgan. Undan yuqoriga qarab poyasimon qismi, pastga tomon esa rizoidlar taraqqiy etgan. Riniyanomalarning yana bir xarakterlari xususiyati shuki, ularning sporangiyalari bir- biriga yaqin joylashgan, bazzan ular qo'shilib o'sib sinangiylarni vujudga keltirgan. Zoosterofillofittoifa o'simliklar (Zosterophyllophyta) Bular ham riniofltlarga o'xshab ketadi, ammo bargsiz bo'lishi bilan farq qiladi. Zoosterofillofitlar ham qadimgi o'simliklar bo'lib, devon davrida zosterofillum (Zosterophyllum) turkumi sho'rlangan joylarda tarqalgan. Sporangiyalari boshoqsimon shaklda bo'lgan. Gosslingiya (Gosslingia) turkumi quyi devon yotqiziqlarida uchratilib, uning sporangiyalari sharsimon shaklda bo'lib qisqa bandga ega bo'lgan. Yosh shoxlari spiralsimon buralganligi bilan ajralib turadi.Bu bo`lim 20 mingdan ortiq turni o`z ichiga oladi. Ular er sharining deyarli barcha qit`alarida keng tarqalgan. Bularning yashashi uchun asosan namlik ya`ni suv muhitini bo`lishi muhim hisoblanadi. Shuning uchun ham ular zax joylarda, tog`larda, ariq bo`ylarida, ba`zan cho`llarda (tortula, funariya, richiya) uchraydi.
Bu bo`lim o`simliklari boshqa yuksak o`simliklar bo`limidan farq qilib, uning asosiy belgisi–hayot jarayonida gametofit naslning ustunligidir. Ammo bularda ham har ikkala nasl ya`ni gametofit va sporofit bir-biriga bog`lik holda rivojlanadi.
Yo`sinsimonlar eng qadimgi o`simliklar bo`lib, ular paleozoy erasining silur, devon davrlaridan boshlab rivojlanib, hozirda ham Shimoliy Yarim sharni o`rmon, tundra zonalarida o`simlik qoplamida muhim o`rin tutadi. Ular kelib chikishi bo`yicha suv o`tlaridan kelib chiqqan deb qaraladi.

Yüklə 1,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin