O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim vazirligi urganch Davlat Universiteti Tabiiy fanlar fakulteti Biologiya yo’nalishi


-jadval Yo’sintoifalilarning shajarasi



Yüklə 1,27 Mb.
səhifə5/12
tarix15.06.2022
ölçüsü1,27 Mb.
#61494
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Munira Sadriddinova

2.1 1-jadval Yo’sintoifalilarning shajarasi



2.1 1-sxema Yo`sin toifalilar bo`limi 3 ta sinfga bo`linishi


2.2. Jigarsimon— Marcbantiopsida yo‘sinlar muhim belgilari.
J igarsimon yo`sinlar sinfi. Bu sinf 6000 turdan iborat. Bu o`simliklarning asosiy belgilari shundan iboratki, gametofiti dorzoventral tuzilishiga ega, ya`ni ustki va ostki tomoni bir– biridan farq qiladi. Tallomlarining shakli bargsimon tuzilishiga
2.2 1-rasm Jigarsimon yo'sin
ega. Jinssiz nasli sporangiy, band va ko`sakchadan tashkil topgan.
Jigarsimon yo'sinlar gametofitining xilma-xil bo'lishi va sporofitining deyarli o'xshash bo'lishi bilan xarakterlanadi. Ularning ko'pchiligi tropikada tarqalgan bo'lib, asosan sernam tuproqda, ayrimlari esa suvda uchraydi. Epifit vakillari ham mavjud. Jigarsimon yo'sinlar ajdodi yuksak o'simliklar orasida juda sodda tuzilishga ega bo'lgan o'simliklar guruhidir. Tiniq vakili sifatida marshantsiya (Marchantia polimorpha)ni ko'rsatish mumkin. Uning tanasi yashil plastinkasimon bo'lib, dorzoventral, dixotomik shoxlangan bo'ladi. Moxsimonlarning bu sinfi jigar moxlari deb atalishiga sabab , marshaniya – Marchantia polymorpha avlodining turning tallomidan Yevropada jigar kasalliklarini davolashda keng foydalanilgan.Jigar moxlarining vegatativ (gametafit) ikki xil (dorzaventral) tuzilganligi bilan farq qiladi va tanasining usti ostki tomoniga sira o’xshamaydi. Biroq shu bilan birga barg-poyali formalari xam uchrab turadi, lekin bu formaning tanasi poya va bargga bo’linmasa xam dorzvetral tuzulishini yo’qotmaydi. Bularning jinssiz avlodi(sporongiy) band va ko’sakchadan iborat bo’lib, ko’sakchada sporalar va prujinalar(elatera) lar rivojlanadi. Elatera duksimon , ingichka xujayra bo’lib, sporaning sochilib tarqalishiga yordam beradi. Bu sporalar o’sib o’simta yoki protonema xosil qiladi. Jigar moxlarida protonema yaxshi rivojlanmagan , u ko’pincha kalta ip yoki plastinka shaklida bo’ladi.

Jigar moxlari asosan zax va soya joylarda o’sadi. Shu bilan birga ular quruq yerlarda va suvda suzib yuradigan vakillari xam bor. Xozir tabiatda jigar moxlarini 1500 turi mavjud.


Jigarsimon yo'sinlar ajdodining vakillari vegetativ, jinsiy va jinssiz yo'llar bilan ko'payadi. U ko'proq zah yerlarda, o'rmonlarda o'sadi. Tallomining uzunligi 10 sm ga yetadi. Tallomining ostki qismida oddiy va tilsimon rizoidlari va yaxshi taraqqiy etmagan barglari - amfigastriya joylashgan. Marshantsiya vegetativ jinsiy va jinssiz yo'llar bilan ko'payadi. Marshantsiya ikki uyli o'simlik. urg'ochi tallomi tirkovich yulduzchasimon tugallanib, uning ostki qismida arxegoniylar joylashgan. Erkak tallomi tirkovichi qalqonsimon tugallanib, unda anteridiylar hosil bo'ladi. Otalanish suv yordamida boradi. Hosil bo'Igan zigotadan sporogon shakllanadi, sporogonda esa sporalar yetiladi.



Yüklə 1,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin