O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim vazirligi urganch Davlat Universiteti Tabiiy fanlar fakulteti Biologiya yo’nalishi



Yüklə 1,27 Mb.
səhifə7/12
tarix15.06.2022
ölçüsü1,27 Mb.
#61494
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Munira Sadriddinova

2.2.4-rasm,Yungermaniya 
Antotserotsimon yo`sinlar sinfi. Bu sinfga (100 tur) kiruvchi o`simliklar bir uyli ba`zan ikki uyli. Bir uylilarda jinsiy a`zolar anteridiy va arxegoniylar bitta o`simlikda hosil bo`ladi. Tallomining har bir xujayrasida pirenoidli yashil plastinka ko`rinishida yirik xromatofar bor, bu xromatofor yashil suv o`tlarini xromatoforiga o`xshaydi. Sinfning keng tarqalgan vakillaridan biri Anthoceros laevis. Bu o`simlik haydalgan erlarda va ariq bo`ylarida uchraydi. Sporalari sporogonni ikki pallaga ajralishi natijasida tashqariga tarqaladi.

2.2 5-rasm Oddiy marshantsiya
Ajdod vakillari Yer kurrasining tropik qismida va mo"tadil iqlimli mintaqalarda keng tarqalgan, 300 ga yaqin tur kiradi. Ajdod vakillarining tanasi yassi va tasmasimon, balandligi 2-3 sm. Ayrim turlarida sporogonining uzunligi 13 sm gacha yetadi. Tanasi sodda tuzilishga ega bo'lib, bir necha qavat yupqa hujayralardan tashqil topgan bo'lib, ostki tomonida rizoidlari joylashgan.
Ajdod vakillarining ko'payishi vegetativ, jinsiy va jinssiz yo'llar bilan boradi. Ko'p yillik vakillari tallomining ostki tomonida tugunchalar mavjud bo'lib, ular yordamida vegetativ ko'payadi. Ularda jinsiy ko'payish organlari (anteridiy, arxegoniylar) endogen joylashgan. Anteridiylar bittadan yoki guruh bo'lib joylashgan. Yetilgan anteridiydan spermatozoidlar tashqariga chiqib tarqaladi. Arxegoniylar N Q gametofitning yon tomonlarida joylashadi, undan tuxum hujayrasi otalanishidan so'ng dastlab zigota undan esa sporogon hosil bo'ladi. Sporogonda esa sporalar taraqqiy etadi. Sporofit ularda yaxshi taraqqiy etgan. Sporofit uzunchoq ko'sakchadan iborat. Sporalar yetilgandan keyin ko'sakcha ichidan tashqariga sochiladi. Sporalardan ipsimon protonema o'sadi, undan esa yangi yosh gametofit shakllanadi.
Poyabargli yo'sinsimonlar ajdodi Vriopsida (Musci
2.2 6-rasm Poyabargli yo'sinsinlar
Poyabargli yo'sinsimonlarga 25000 ga yaqin tur kiradi. Uning ko'pchilik vakillari tundraning katta hududini egallagan. Uning ayrim vakillari botqoqliklarda, chuchuk suvlarda, vohalarda tarqalgan. Bargli moxlar , asosan,tanasining poya va bargga bo’linganligi protonema stadiyasi aniq ifodalanishi va rizoidlarining ko’p xujayrali xamda sershox bo’lishi bilan jigar moxlardan farq qiladi. Bargli moxlarning sporangiysida faqat sporalar rivojlanib, prujinalar xosil bo’lmaydi. Sporangiysining morfologiyasi xilma xil bo’lib , moxlar sistematika katta rol o’ynaydi. Jinsiy organlar – anterediy va arxegoniylar ko’pincha to’da –to’da bo’lib novda yoki shoxchalarning uchida boshqa – boshqa o’simliklarda , yoki bitta o’simliklarda rivojlanadi. Bargli moxlar bo’laklanuvchi kurtaklar, yon tananing novdalarning tanadan ajralgan uchi yoki tanadan ajralib tushgan biror bir vegetative qismidan xam ko’payadi.

Bargli moxlarning poyasi bo’lingan to’qimalardan iborat, ularda po’st , asosiy to’qima va juda sodda tuzilgan o’tkazuvchi naychalar bor. Ularda xaqiqiy naychalar bog’lami xosil bo’lmaydi. Ularning ko’\pchiligida o’tkazuvchi bog’lam poya markazida joylashgan bo’lib, juda ingichka va uzunasiga cho’ziq, yupqa devko’orchali xujayralardan tuzulgan. Poyasining qolgan qismi parenxima xujayralaridan tashkil topgan.


Xozir bargli moxlarning 18000 turi malum. Bu sinf vakillari tropic mamalakatlardan to qutb mamalakatlarigacha , yani butun yer sharida keng tarqalgan.
Tog’ning shimoliga qaragan yon bag’rida Aulacomnium palustre moxi va Hypnum avlodlari bazi turlari tez tez uchrab, ular ayrim joylarni gilam singari qoplaydi.
Bargli moxlar quruqlikda xam o’sadi. Qumlarda aksari Polytpichum piliferum, qoyatoshlarda phacomitrium moxlari va xakazolar ko’plab uchraydi.


Yüklə 1,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin