2.1 1-rasm Yo'sintoifa (Moxtoifa) o'simliklar Moxlar bo'limi vakillari o'zining oddiy tuzilganligi bilan boshqa yuqori o'simliklardan ajraladi. Oliy formalari poya bilan barglarga ajralgan bo'lsa, tuban
Diskasimon ustuncha bo'shliqlarining har birida bittadan antyeridiy etiladi, ular ichida ikki xivchinli spermatazoidlar vujudga keladi.
Urg’ochi o'simlikda esa kalta band ustida yulduzchaga o'xshagan o'simta bo’lib, uni ko'ndalang kesilsa to'da to'da bo'lib joylashgan arxegoniylar ko'rinadi. Unda tuxum xujayra etiladi, Marshan-tsiyaning arxegoniy va antyeridiylarga ega bo'lgan tallomlari jin siy nasl xisoblanadi. Tuxum xujayra urug’langach o'sadi va sharsimon ko'sakchaga aylanadi. Bu sporangiy jinsiz nasl, ya'ni sporofitdir.
P oyabargsimon moxlar sinfining torf moxlar qabilasi faqatgina bitta oilaga bu oila esa bitta sfagnum turkumiga ega. U 350 ga yaqin turga ega bo'lib, botqosliklar o'sib, torf hosil qiluvchi asosiy o'simlik xisoblanadi. Sfagnumning poyasi ancha uzun va nozik bo'lib, juda shoxlangan, mayda barglar bilan qoplangan. Patki shoxlar ko'pincha pastga egilgan bo'lib, uchi va shoxchalari bilan suv ichmaydi. Rizoidga ega emas, poya uchki qismi bilan o'saveradi, ostki qismi esa quriydi, chirimaydi.
2.1 2-rasm Poyabargsimon moxlar Minyeral ozuqalar poya bargdagi kapillyarlar orqali va qisman bo'lsada atmosfyera changidan olinadi vakillarining tanasl esa yer bag’irlab yotadigani tallomdan iborat. Ildizlar o'rnida esa rizoidlar bo'ladi. Moxlarning anatomik tuzilishi xam juda sodda bo'lib, to’qimalarga yassol ajralmaydi. Nasllarning gallanishi aniq bilinadi . Jinsiy nasl (gami-tofit) ustun nasl xisoblanadi. Jinssiz organlar (sporofit) kam taraqqiy qilgan va xamisha gametofit bilan boq’langan bo'ladi. Jinsiy organlar - antyeridiy (yerkak organ ) va arxegoniy (urg’ochi organ) dir.Moxlar jinsiy nasl-gametofitning ustun turishi bilan xamma yuksak o'simliklardan farq qiladi. Moxlar vegetativ yo'l bilan xam ko'payishi mumkin. Yo'sinlar eng qadimgi o'simliklar guruhi hisoblanadi, chunki ulaming qazilma qoldiqlarini toshko'mir davri yotqiziqlaridan topilgan. Aniqrog'i ularning sodda tuzilishiga ega bo'lgan vakillari undan ham oldinroq devon yoki silur davridayoq paydo bo'lgan. Hozirgi davrda o'sayotgan yo'sinlarning taraqqiyoti namgarchilik bilan bog'liq. Shu bilan birga ba'zi bir vakillari uzoq muddatli qurg'oqchilikka ham chidashi mumkin. Yo'sinlaming gametofitidapoya va barg takomillashgan bo'lib. ko'p hujayralari rizoidga ega. Tuban vakillari tanalari tallomdan iborat.
Yo'sinlarning sporofiti sporogon deb ataladi, ko'sakcha va oyoqchadan iborat. Sporogon gametofitda shakllanadi. Spora hosil bo'lishi bilan ko'sakcha yorilib, undan sporalar chiqib, shamol yordamida tarqaladi. Mam tuproqqa tushishi bilan spora o'sib, undan ipsimon yoki plastinkasimon protonema hosil bo'ladi.
Protonema o'sadi va undan gametofit shakllanadi. Voyaga yetgan o'simlikda jinsiy organ I ar arxegoniyva anleridiylar yetiladi. Anteridiy va arxegoniylar ba'zan alohida-alohida tuplarda hosil bo'ladi. Anteridiydan chiqqan spermatozoidlar suv yordamida arxegoniyga tushib, undagi tuxum hujayra bilan qo'shiladi. Natijada zigota, undan esa sporgon shakllanadi. Yo'sinlarning taraqqiyot davrida suv katta ahamiyatga ega, ulaming urug'lanishi faqat suv yordamida boradi. Hozirgi klassifikatsiyalar bo'vicha yo'cintoifa o'simliklar bo'limi 3 ta ajdodga bo'linadi: