O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta mahsus talim vazirligi



Yüklə 1,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/140
tarix12.04.2023
ölçüsü1,83 Mb.
#96883
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   140
Soha iqtisodiyoti va menejment -O\'quv qo\'llanma

Hamkorlik deb, ma’lum bir murakkab mahsulotni birgalashib tayyorlaydigan 
maxsus ixtisoslashgan korxonalar o‘rtasidagi ishlab chiqarish aloqalarining 
o‘rnatilishiga aytiladi. Odatda, hamkorlik bo‘yicha yarim fabrikatlar, detallar va 
komplekt buyum yetkazib beriladi. Korxonaning ixtisoslashtirish darajasi qanchalik 
tor bo‘lsa, uning boshqa korxonalar bilan ishlab chiqarish aloqalari shunchalik keng 
bo‘ladi. 
Ishlab chiqarish hamkorligini rivojlantirish mahsulot ishlab chiqaruvchi bosh 
korxonalar va ularga kerakli narsalarni yetkazib beruvchi korxonalartomonidan 
tuzilgan hamma xo‘jalik shartnomalarini to‘la - to‘kis jiddiy ravishda bajarishga 
bog’liqdir. 


49 
Ishlab chiqarishhamkorligining quyidagi turlari mavjud: 

buyum hamkorligi, bunda bir korxona boshqa korxonaga, tayyor mahsulotni, 
masalan: samolyot yig’ish uchun akkumulyator, radiator, ovoznigor (priyomnik) 
yetkazib beradi; 

detal bo‘yicha hamkorlik, bunda bosh korxonaga boshqa korxonalar alohida 
detallarni, yig’ish birikmalirini yetkazib beradilar; 

texnologik hamkorlikda bitta korxona boshqa korxonalar uchun alohida 
texnologik jarayonni bajaradi yoki tanovar (quyma, upakovka, shtampovka) larni 
yetkazib beradi. 

tarmoqlararo hamkorlik. Bunda har xil sanoat tarmog’iga tegishli ikkita 
korxona hamkorlik qiladi. Masalan: samolyotsozlik korxonasi ovoznigor korxonasi 
bilan hamkorlik qiladi. 

tarmoq ichidagi hamkorlik. Bunda bir sanoat tarmog’iga tegishli ikkita 
korxona o‘rtasida hamkorlik o‘tkaziladi. Masalan: samolyotsozlik korxonasi 
samolyotga motor ishlab beruvchi korxona bilan hamkorlikda bo‘ladi. 

rayonlararo hamkorlik. Bunda har xil iqtisodiy rayonlarda joylashgan 
korxonalar o‘zaro hamkorlikda bo‘ladilar. 

rayon ichidagi hamkorlik. Bunda bitta rayonda joylashgan ikkita korxona 
orasida hamkorlik o‘rnatiladi. 
Ishlab chiqarishning hamkorlik qilish darajasi sotib olingan detallar, yarim 
fabrikatlar vabutlovchi buyumlarning korxona mahsuloti to‘la tannarxiga nisbati shu 
korxona bilan hamkorlik qilayotgan korxonalar soni bilan tavsiflanadi. Bu ikkala 
ko‘rsatkich o‘zaro bir-biri bilan bog’liq, chunki korxona qancha ko‘p korxonalar 
bilan hamkorlik qilsa, uning ishlab chiqarayotgan mahsulot tannarxida tayyor holda 
sotib olinayotgan detallarva yarim fabrikatlar nisbati shunchalik ko‘payadi. Bu esa 
mahsulot tannarxining pasayishiga va sifatining oshishiga olib keladi. 
Ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish, uning turlari va samaradorligi. 


50 
Ishlab chiqarishni yiriklashtirish deb, bir necha turdagi ishlab chiqarishlarni 
bir yirik korxonada jamlashga aytiladi.Yiriklashgan korxonalarda asosiy ishlab 
chiqarish bilan birgalikda yordamchi ishlab chiqarish ham mavjuddir. 
Yordamchi ishlab chiqarish asosiy ishlab chiqarish uchun bo‘lgan asbob - 
uskuna, energiya turlari bilan, zarur bo‘lganda dastgohlarni ta’mirlash va tuzatish 
uchun xizmat qiladi. Masalan: asbobsozlik, moslama, energiya ishlab chiqarish 
sexlari hamda mexanik ta’mirlash sexlari kiradi. Ishlab chiqarishni 
yiriklashtirishning asosiy maqsadi murakkab, juda katta hajmga ega bo‘lgan va 
ishlab chiqarishda uzoq davr hukm surmaydigan mahsulotlarni yetkazib berishdan 
iborat. Masalan: samolyotsozlik, kemasozlik va h.k.
Yiriklashgan ishlab chiqarishning foydali tomonlari: 

ishlab chiqarish jarayonlarining birgalikda ishlashi bunday korxonalarda har 
qanday murakkab mahsulotning qisqa vaqt ichida ishlab chiqarilishini ta’minlaydi; 

mavjud asosiy ishlab chiqarish fondlari samarali ishlatiladi. Chunki katta 
mehnat hajmi ishlab chiqarishda ishni bir kecha-kunduzda bir necha smenada tashkil 
qilinishiga shart-sharoit yaratadi; 

asosiy materiallar samarali ishlatiladi, chunki asosiy ishlab chiqarishning 
chiqindisidan xalq uchun keng iste’mol mollarini ishlab chiqarishga imkoniyat 
yaratiladi. 
Ishlab chiqarish yiriklashtirilgani sari ishlab chiqarishni boshqarish va unga 
xizmat ko‘rsatish sohasidagi umumiy xarajatlar mahsulot ishlab chiqarishning 
ko‘payishiga nisbatan kamroq darajada ortadi, bu ularni tejab qolishga olib keladi. 
Kamchiliglari: 

yirik korxonalarni loyihalash, qurish, ishga tushirish juda ko‘p vaqt talab 
qiladi; 

bunday korxonalarni qurishga va uni ishga tushirishga sarflanadigan 
mablag’lar uzoq vaqtdan keyin o‘zini qoplaydi. 

Yüklə 1,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin