seminarlar (mantiqiy fiklash, tezkor savol-javoblar);
guruhlarda ishlash;
taqdimotlarni qilish;
individual loyihalar;
jamoa bo‘lib ishlash va himoya qilish uchun loyihalar.
X.Kreditlarni olishuchun talablar: Fanga oid nazariy va uslubiy tushunchalarni to‘la o‘zlashtirish, tahlil natijalarini to‘g‘ri aks ettira olish, o‘rganilayotgan jarayonlar haqida mustaqil mushohada yuritish va joriy, oraliq nazorat shakllarida berilgan vazifa va topshiriqlarni bajarish, yakuniy nazorat bo‘yicha og‘zaki, test, yozma ishni topshirish. Talabalarining pedagogik amaliyoti bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar va tavsiyalar. a) talabalarning bo‘lajak o‘qituvchilarga xos kasbiy sifatlarini egallashi;
b) matematika o‘qitish metodikasini o‘rganish jarayonida olgan nazariy bilimlarni, zamonaviy ta’lim texnologiyalarni boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining amaliy faoliyati bilan bog‘lash va mustahkamlash.
v) matematika o‘qitishda amaliy faoliyat bilan bevosita aloqa bog‘lash, o‘qituvchi kasbiga muhabbat va hurmatni, bolalar bilan olib boriladigan ta’lim arbiya ishlari uchun zarur bo‘lgan kasbiy bilim ko‘nikmalar va malakalarni shakllantirish.
g) matematika o‘qitish jarayonida o‘quvchilarni ijodiy shaxs sifatida rivojlantirish metodikalarini egallash.
d) pedagogik amaliyot davrida maktabdagi ta’lim-tarbiya axvoli, o‘qituvchilarning ilg‘or tajribalari bilan tanishish, o‘quvchilarga ta’lim-tarbiya berish masalalarida sinf o‘qituvchilarga yordam berishi;
e) o‘quvchilar bilan muloqotga kirishish, ularning yosh xususiyatlarini o‘rganish;
j) pedagogik faoliyatga nisbatan ijodiy, tadqiqiy yondashuvlarni ishlab chiqish, o‘zining va boshqalarning faoliyati natijalarini tahlil qilish, mavjud bilimlarni boyitib borish zaruriyatini shakllantirish.
z) Matematika darslarini metodik tahlilini amalga oshirish shartlarini o‘rganishda fan mazmuniga bog‘liq integratsiyalashgan ta’limni o‘ziga xos xususiyatlarga egaligini hisobga olishi.