O‘zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‘rtа mахsus



Yüklə 5,17 Mb.
səhifə51/226
tarix27.12.2023
ölçüsü5,17 Mb.
#199314
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   226
Inson resurslarini boshqarish Xayitov 2019 iqtisodchi kutubxonasi





  • Муваффакиятга эхтиёж

  • Алокадорликка эхтиёж

    • Хокимиятга эхтиёж




  • Гигиеник

омиллар: зарур, лекин етарли эмас

  • Мотивация омиллари:

мехнатдан коникиш
хосил килишади
5.3.1-rasm. Motivatsiya nazariyalari37


1943- yilda psiholog Abraham Maslou kishining xulq-atvori ehtiyojlarning keng doirasi bilan aniqlanadi degan taxminni ifoda qildi. U bu ehtiyojlarni beshta kategoriyaga bo‘lib, bu shajaraning asosida kishining asosiy hayotiy ehtiyojlari (oziq-ovqat, uy joy), uning cho‘qqisida esa nisbatan yuqori shaxsiy qiziqishlar (tan olinish, o‘zini ko‘rsatish) joylashgan deb uqtiradi. Maslouning fikricha, inson – bu “doim nimanidir istaydigan hayvon”. Eng quyi daraja ehtiyojlari hech bo‘lmaganda qisman qondirilganda, kishi keyingi darajadagi ehtiyojlarni qondirishga kirishadi.


A. Maslou bo‘yicha ehtiyojlar klassifikatsiyasi:

  1. Fiziologik ehtiyojlar.

  2. Kelajakka ishonch, xavfsizlikka bo‘lgan ehtiyojlar.

  3. Ijtimoiy ehtiyojlar.

  4. Hurmat, o‘z-o‘zini hurmatga bo‘lgan ehtiyojlar.

  5. O‘zini namoyon qilish ehtiyojlari.

Hayotni davom ettirish uchun zarur bo‘lgan narsalarning barchasi (ovqat, kiyim-kechak, uy-joy) fiziologik ehtiyojlar kategoriyasiga kiritilgan. Inson boshqa maqsadlarga erishishdan oldin ana shu asosiy




37 A.Хайитов. “Инсон ресурсларини бошқариш” фани бўйича ўқув-услубий мажмуа.-Тошкент: Иқтисодиёт, 2018 йил, 128-бет.
ehtiyojlarni qondirishi zarur. Hozirgi vaqtda ishlayotgan va ish haqi olayotgan ko‘pchilik kishilar fiziologik ehtiyojlarni qondira oladi. Shuning uchun yuqori darajadagi qiziqishlar yanada kuchli motivatsion omil bo‘lib qoldi. Masalan, kishi birinchi darajali zarur narsalarni harid qilgandan so‘ng u mumkin bo‘lgan yo‘qotishlardan himoyalanishga intiladi. Xavfsizlikka va shunga o‘xshash ehtiyojlar pul jamg‘armasiga imkoniyat yaratadigan yuqori mehnat haqi yordamida, shuningdek, tibbiy va ijtimoiy sug‘urtalash tizimi, nafaqa ta’minoti dasturlari, bandlik kafolatlari yordamida qondirilishi mumkin. Bu kishilarning bir- biri bilan muloqot qilish, sevish va sevilish, jamoaga tegishli bo‘lish istaqlari ehtiyojlardan yuqorida turadi. Gotorn tadqiqotlari ko‘rsatganidek, bu ijtimoiy ehtiyojlar moliyaviy tomonlarga nisbatan xodimlar uchun ko‘proq ahamiyatga ega. Kishilar shuningdek, tan olinish – o‘z shaxsining umumiy butunning kerakli qismi sifatida his qilishga bo‘lgan ehtiyojga ega. Bundan tashqari ular boshqa kishilar bilan musobaqalashish yutuqlariga asoslanuvchi hurmatga intiladilar. Bu ehtiyojlarning barchasi kishining atrofdagilar oldida “obro‘li” yoki “muhimli”gini belgilovchi status tushunchasi bilan bog‘liq. Bunday ehtiyojlarni qondirish mumkinligi ishda kuchli motivlashtiruvchi omil bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Maslou o‘zini namoyon qilish ehtiyojini kishining barcha o‘z qobiliyatlarini to‘la ishga solishda nimaga qodirligini ko‘rsatishga bo‘lgan istagi deb aniqlaydi. Bu ehtiyoj eng mushquldir. Bu darajaga “etib kelgan” kishilar faqat pul uchun yoki boshqalarda taassurot qoldirish uchun emas, balki o‘z ishining ahamiyatini anglagani va shu jarayonning o‘zidanoq qoniqish hosil qilgani uchun ishlaydilar.
Maslou ierarxiyasi – kishi ehtiyojlari klassifikatsiyasining juda qulay usuli, biroq uni qat’iy sxema sifatida qabul qilmaslik kerak. Kishida nisbatan “yuqori” ehtiyojning paydo bo‘lishi uchun, albatta, har bir darajadagi ehtiyojlar qondirilgan bo‘lishi shart emas. Amalda har bir aniq vaqtda kishini qator ehtiyojlar kompleksi (majmuasi) harakatlantiradi.

Yüklə 5,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   226




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin