O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim V azirligi



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə13/118
tarix02.06.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#123618
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   118
6.5.3 Umumkasbiy fanlar
Ijtimoiy ish kursi
6.5.3.1 Mutaxassislikka kirish:
Ijtimoiy ishning asosiy tushuncha va tamoyillari; ijtimoiy ish tarixi va rivojlanish tendentsiyalari; ijtimoiy ish kasb sifatida, ijtimoiy ish bilim sohasi sifatida; ijtimoiy ish fan sifatida; ijtimoiy ish sohasi va uning tarmoq yo’nalishlari to’g’risida umumiy ma`lumotlar; ijtimoiy ishning jamiyat rivojlanishidagi o’rni; ijtimoiy ishning kontseptsiyasi; ijtimoiy harakat tushunchasi; ijtimoiy ish usullari va texnologiyalarining tipologiyasi; oila ijtimoiy ish ob`ekti sifatida; ijtimoiy ishni boshqa fanlar bilan aloqadorligi; ijtimoiy ish sohasi bo’yicha mutaxassislarni tayyorlash; ijtimoiy ishni tahlil qilish va baholash; axborot oqimini tanlash va tahlil qilish; ijtimoiy ishchining professiogrammasi.
6.5.3.2 Ijtimoiy ish etikasi:
Ijtimoiy ish xodimining etikasi; ijtimoiy ish etikasining asosiy kategoriyalari; ijtimoiy ish xodimining kasbiy va axloqiy sifatlari; inson hayotidagi axloqiy qoidalar; ijtimoiy ish etikasi fanining axloqshunoslik bilan bog’liqligi; zamonaviy ijtimoiy ishda inson eng oliy qadriyat sifatida; axloqiy tizimning asosiy determinantlari; ijtimoiy ish xodimini ma`naviy tanlash muammosi va uning professional-axloqiy tizimda aks etishi; mijozlar o’rtasidagi muloqot madaniyati va etikasi; hamkorlar o’rtasidagi aloqalarda ijtimoiy ish xodimlarining etikasi; ijtimoiy ish xodimlarining mijoz va hamkasblar oldidagi ma`anaviy javobgarlik printsipi; ijtimoiy ish xodimining jamiyat olidagi ma`naviy javobgarlik printsipi; ijtimoiy ish qadriyatlari; ijtimoiy ish etikasi bo’yicha xalqaro kodeks; yosh avlodni tarbiyalashda ma`naviyat va milliy g’oyaning o’rni; ijtimoiy ishda axloqiy dilemmalar.
6.5.3.3 Ijtimoiy ish tarixi, nazariyasi va uslubiyoti:
Ijtimoiy ishning dunyoviy tarixiy ildizlari; jamiyatning turli rivojlanish bosqichida filantropiya va xayriya masalalari; qadimgi SHarqda ijtimoiy himoya masalasi; tajribasining o’ziga xosliklari, ijtimoiy himoya tizimi, Markaziy Osiyoda ijtimoiy ish, «Temur tuzuklari»da ijtimoiy ish masalalarining yoritilishi, Evropa va Amerika olimlarining asarlarida ijtimoiy yordam masalalarining yoritilishi; ijtimoiy ish ijtimoiy farovonlik kontseptsiyasining bir qismi sifatida; AQSHda ijtimoiy ish sohasidagi ijtimoiy ish doktrinasi; Germaniyada ijtimoiy siyosat; G’arb ijtimoiy ish nazariyasining asoslari; ijtimoiy ish sohasida nazariy bilimlarning tarixiy rivojlanishi bosqichlari; ijtimoiy ish sohasi bo’yicha mutaxassislarni tayyorlovchi ixtisoslashgan dastlabki o’quv muassasalar; ijtimoiy ish faoliyat turi sifatida; ijtimoiy ishning tashkiliy modellari; ijtimoiy sug’urta tizimining shakllanishi; ijtimoiy ish sohasida mutaxassislar tayyorlashni yo’lga qo’yilishi; O’zbekistonda mustaqillik davrida ijtimoiy ishning rivoji.
Zamonaviy jamiyatda ijtimoiy ishning fenomeni; ijtimoiy ishning insoniyat rivojlanish bosqichida tutgan o’rni; har-xil ijtimoiy institutlarning ijtimoiy ish sohasida tutgan o’rni; ijtimoiy ishning zamonaviy kontseptsiyasi va shakli; ijtimoiy ishning xalqaro huquqiy me`yorlari va turlari; xorijiy mamlakatlarda ijtimoiy ishning soha sifatidagi rivojlanish bosqichlari; ijtimoiy ishning tashkilotchilik shakli ijtimoiy xizmat va ijtimoiy ish; ijtimoiy ish sohasining mutahassislar bilan ta`minoti; ijtimoiy muammolarni xal etishda xalqaro tajribalardan foydalanish; ijtimoiy ishning nazariyasi va uning vazifalari; ijtimoiy ishda sotsiologik, psixologik va aralash nazariyalar; ijtimoiy ishning asosiy ob`ektlari va faoliyati; ijtimoiy ishdagi professional va noprofessional tushunchalarning shakllari; ijtimoiy ishning o’lchami; jamoatchilik, ijtimoiy guruhlar, aniq ijtimoiy muammolarni xal etishning metodologiyasi; ijtimoiy muammolarni xal etish usullari: tashkiliy bo’limli, ijtimoiy-iqtisodiy, psixologik va pedagogik; guruhli va alohida ijtimoiy terapiya; ijtimoiy ishning texnologiyalari bo’yicha asosiy tushunchalar; ijtimoiy mo’ljal; ijtimoiy tiklanishda ijtimoiy terapiyaning o’rni; ijtimoiy ish sohasi xodimlarining asosiy komponenti va etikasini baholash; ijtimoiy ish xodimlarining ish faoliyatini tipologiyasi; O’zbekiston va xorijiy mamlakatlarda ijtimoiy ish sohasining rivojlanish bosqichlari.

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin