O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi abu rayhon beruniy nomidagi toshkеnt davlat tеxnika univеrsitеti



Yüklə 349,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/23
tarix20.11.2023
ölçüsü349,82 Kb.
#161872
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   23
Marketing komunikatsiyasi (2)

 
 
Mavzu bo‘yicha asosiy tushunchalar 
Shaxsiy kommunikatsiya kanali
- mahsulot yoki g‘oya bilan ikki 
yoki undan ortiq kishini tanishtirish, muhokama qilish maqsadidagi 
xabardir. 
Interyerlar - "atrof muhit quroli" bo‘lib, mijozni tovarni sotib 
olishga undaydi.
Siljitish miks
- tovarlarni muvaffaqiyatli bozorga olib chiqishga 
imkon beruvchi, sotuvni rag‘batlantiruvchi va xaridorlar uchun qo‘lay 


11 
bo‘lgan kompaniyalarni yaratuvchi turli xil asbob va metodlarning 
majmuidir. 
Nazorat va muqokama uchun savollar 
 
1. Maqsadli kontakt auditoriyasini aniqlash. 
2.Kommunikatsiya maqsadini aniqlash. 
3.Murojaatnomani yaratish. 
4.Kommunikatsiya kanallarini tanlash. 
5.Siljitish uchun ajratilgan umumiy byudjetni aniqlash. 
6.Siljitishning aralash vositalari tug‘risida qarorlar qabul qilish. 
7.Siljitish natijalarini baholash. 
8.Marketing kommunikatsiyalari kompleksini amalga oshirishni 
boshharish va ushbu jarayonni muvofiqlashtirish. 
3 - mavzu. Sotishni rag‘batlantirish 
Sotishni rag‘batlantirish - marketing kompaniyalarining asosiy 
elementi bo‘lib, iste’molchilar va savdo korxonalariga ayrim tovar va 
xizmatlarni sotishni tezlashtirish va ko‘paytirishga xizmat qiluvchi turli hil 
asosan qisqa muddatli uyg‘otuvchi vositalarni qo‘llashni ko‘zda tutadi. 
Reklama tovarlarni xarid qilish uchun asosni taklif etsa, sotishni 
rag‘batlantirish esa uni rag‘batlantiradi. Sotishni rag‘batlantirish 
iste’molchilarni rag‘batlantirishning turli hil vositalarini o‘z ichiga oladi. 
Jumladan, namunalarni tarqatish, kuponlar, kompensatsiya, bahoni 
tushirish, mukofotlar, sovg‘alar, mijozlarni taqdirlash, tekin sinab 
ko‘rishlar, kafolatlar taklif qilish, ma’lum sharoitlarda sotish, kesishgan 
(hamkorlikdagi) rag‘batlantirish, sotish joylarida namoyish etish. Savdoni 
rag‘batlantirish o‘z ichiga quyidagilarni oladi: baholarni tushirish, reklama 
va namoyish qilish tashlamalari, tekin tovarlar. Ishbilarmon hamkorlar va 
sotish xizmati xodimlarini rag‘batlantirish o‘z ichiga quyidagilarni oladi: 
savdo ko‘rgazmalari va konferensiyalari, savdo vakillari musobaqalari va 
maxsus reklama. 
Sotishni rag‘batlantirish reklama bilan birgalikda foydalanilganida 
samarali hisoblanadi. 
Sotishni rag‘batlantirish vositalari ularning o‘ziga hos vazifalariga 
ko‘ra bir-biridan farq qiladi. Savdo sohasi rag‘batlantirishdan yangi 
xaridorlarni jalb qilish, doimiy mijozlarni taqdirlash va tasodifiy 
xaridorlarni yani bir xarid qilish uchun ilhomlantirish uchun foydalanadi. 


12 
Tovarni “sinash” uchun xarid qilmoqchi bo‘lgan yangi iste’molchilar 
quyidagi uch guruhga bo‘linadi: 

odatda shu toifadagi boshqa tovar markasini xarid qiluvchilar; 

boshqa toifadagi tovarlarni xohlovchilar; 

o‘zxohishini tez-tez o‘zgartirib turuvchilar.
Sotishni rag‘batlantirish va reklamani birgalikda qo‘llashning jiddiy 
muammolaridan biri bo‘lib, kompaniyaning qisqa muddatli va uzoq 
muddatli maqsadlari o‘rtasidagi balanslashganlikni aniqlash hisoblanadi. 
Reklama savdo markasiga bo‘lgan uzoq muddatli moyillikning 
shakllanishiga ta’sir ko‘rsatadi, lekin markaga bo‘lgan xohish bo‘yicha 
sotish rag‘batlantirishni susaytirish masalasi ochiqligicha qoladi. 
Marakaga bo‘lgan qiziqishni faqat bahoni tushirib sotish, kuponlar, 
mukofotlar orqalirag‘batlantirish iste’molchilar ko‘z o‘ngida taklif 
etilayotgan tovarni qadrsizlantirishi mumkin. Shuning uchun baho 
bo‘yicha rag‘batlantirish (bunda markaga bo‘lgan qiziqish davriy tarzda 
chakana baholarni pasaytirish orqali ushlab turiladi) va qo‘shimcha 
ustunliklarni rag‘batlantirish (bunda savdo markasi ovozasini “imijini” 
yaxshilashga e’tibor beriladi) o‘rtasidagi farqni ajratish lozim. 
Sotishni rag‘batlantirish bo‘yicha vazifalarni qo‘yish ma’lum bir 
tovar marketingi vazifalariga asoslanuvchi siljitish bo‘yicha keng 
masalalardan kelib chiqadi. Sotishni rag‘batlantirish bo‘yicha aniq 
vazifalar 
maqsadli 
bozorga 
bog‘liq 
bo‘ladi. 
Iste’molchilarni 
rag‘batlantirish vazifalariga katta partiyadagi tovarlarni xarid qilishni 
rag‘batlantirish, yangi mijozlarni va raqobatchi tovar markalarini xarid 
qiluvchi xaridorlarni jalb qilish kiradi.
Tashqi muqitning siyosiy-huquqiy omillari qatoriga quyidagilar 
kiritiladi: 

qonunchilik; 

moliya-kredit siyosati; 

siyosiy tizimning barqarorligi; 

ijtimoiy dasturlar; 

mintaqaviy mojarolar. 
Marketing faoliyatiga ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy iqtisodiy omillarni 
yoritib bering.: 
Makromuhitning ilmiy-texnik omillarini yoritib bering. 
Marketing faoliyatiga ta’sir ko‘rsatuvchi madaniy omillar tarkibini 
keltiring. Quyidagilar marketingning tabiiy-iqlimiy omillari hisoblanadi: 
So‘nggi yillarda quyidagi kabi ekologik omillar tobora dolzarb 
ahamiyat kasb etmoqda., 


13 

Korxonalar faoliyatiga qanday demografik omillar ta’sir 
ko‘rsatadi. 

Yüklə 349,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin