Sinf — dars tizimi.
Komenskiy o’qituvchi butun sinf bilan jamoa bo’lib
ish olib borishini, ya’ni sinf — dars tizimida o’qitishni olib borishni tavsiya etdi.
Komenskiy sinf — dars tizimini ishlab chiqadi. Dars vaqtida o’tgan darsni
qaytarish, yangi mavzuni tushuntirish,
mustahkamlash, uyga vazifa berish
kerakligini ko’rsatadi. Darsni rejalashtirish va olib borish to’g’risida ko’rsatmalar
beradi. Har bir darsning o’z mavzusi va o’z vazifasi bo’lishini aytadi. O’qituvchi
o’quvchilarning dars mashg’ulotlarida faol qatnashishlarini ta’minlashi, kuzatib
borishi, sinfda intizom saqlanishi kerakligini uqtiradi. O’quv jarayonini tashkil
qilishni haddat
tashqari oshirib yuborib, o’qituvchi bir vaqtda 300 o’quvchi bilan
dars olib borishi mumkin, deb hisobladi. O’qituvchi o’ziga yaxshi o’quvchini
yordamchi qilib olishi mumkinligini aytadi.
U maktabda o’quv yili va uni o’quv choraklariga bo’lish, ta’tillar berilishini
kiritdi. O’quv kunini (ona tili maktabida 4 soat, lotin maktabida 6 soat) belgilab
berdi. O’quvchilar maktabga
bir vaqtda qabul qilinib, o’qish kuzda (sentyabrda)
boshlanishi kerak, deb hisobladi.
Komenskiy darslik qanday bo’lishi to’g’risida qimmatli fikrlar aytib, o’z
zamonasi uchun namunali bo’lgan bir necha darsliklar yozdi. O’zining nazariy
fikrlarini darsliklarida amalga oshirdi. Darslikda o’quv materiali yetarlicha
bo’lishi, qisqa,
mazmunli, tushunarli, izchil berilishi kerak. Darslik oddiy,
bolalarga tushunarli tilda yozilishi, rasmlarga boy bo’lishi kerak.
Darslikdagi
material muntazam tartib bilan joylashtirilishi, bolalarning yoshiga qarab ravshan
bayon etilishi shart, deydi. Bu fikrlarni o’zining
Dostları ilə paylaş: