Yan Amos Komenskiy shaxs kamolatining tabiatga uyg’unligi haqida. Yan Amos Komenskiy «Buyuk didaktika» asarida shaxs kamoloti tabiatga
uyg’un bo’lishi degan g’oyani ilgari suradi. Ushbu g’oya ilk bor ilgari surilgan edi.
Yan Amos Komenskiy inson tabiatning bir kismi va tabiatning bir qismi
sifatida uning eng asosiy umumiy qoidalariga bo’ysunadi, deb hisoblanadi. Yan
Amos Komenskiy «Maktabning aniq tartibini tabiatdan olmoq kerak» deydi.
Inson tabiatga ergashib, hamma narsani bilib olishi mumkin, uning xotirasiz
hamma narsani qamrab oladi, tiklaydi, lekin hyech qachon to’lib toshib ketmaydi.
Komenskiy tarbiya jarayonidagi xar bir pedagogik muammoni dalillar
keltirish yuli bilan isbotlash usulini kiritdi va tarbiyaning umumiy konuniyatini
ta’riflab berishga urindi.
Komenskiyning asarlarida tarbiyaning tabiatga uyg’un bo’lishi to’g’risida
gapirar ekan, tabiat qonuniyatlari asosida bola yoshini davrilarga bo’lishini amaliy
jaryonda isbotlab berdi.
Yan Amos Komenskiy sinf dars sistemasi va uning ta’lim mazmuniga oid qarash. Komenskiy inson tabiatiga asoslanib, yosh buguning umrini xar qaysisi 6
yoshdan bo’lgan davrga ajratadi:
I.
Gudaklik davri – 0 – 6 yosh ona maktabi «Onalar maktabi»
II.
Bolalik davri 6 – 12 – yosh ona tili maktabi «Tillar va hamma
fanlarning ochiq eshigi»
III.
O’smirlik davri – 12 – 18 yosh lotin maktabi Gimnaziya «Xislar
vositasi bilan anglanadigan narsalarning suratlari»
IV.
Yetuklik davri – 18 – 24 yosh Akademiya.
Komenskiy uzluksiz ta’lim tizimini ishlab chikdi va sinf dars sistemasiga
asos soldi. Bir xil yoshda, bir vaktda o’qitish, o’quv yilini chorak va ta’tillarga
bo’lish tuzumini ishlab chikdi. Shaxsni jamoatda tarbiyalash g’oyasini ilgari surdi.
Lotin maktabi: 6 yil.
S i n f l a r.
1. Gramatika
4. Axlok
2. Fizika
5. Dialektika
3. Matematika
6. Ritorika
A k a d ye m i ya
1. Geologiya
2. Yuridik
3. Medisina
Yan Amos Komenskiy mazkur ta’lim tizimiga mo’ljallab bir qator
zamonaviy ta’lim mazmuniga oid darsliklar yaratdi.
Bular «Tillar va hamma fanlarning ochiq eshigi» (1631), «Hislar vositasi
bilan idrok qilinadigan narsalarning suratlari» (1658),
Komenskiy darslik qanday bo’lishi lozimligi haqida bir qancha qimmatli
nazariy fikrlarni aytdi va o’z zamoni uchun namunali bo’lgan bir necha darslik
yozib, o’zining shu nazariy fikrlarini amalda ruyobga chikardi.