doir, o’simliklar, hayvonlar, inson tanasi haqida), odamning faoliyati haqida (kasb-
hunar, qishloq xo’jaligi, madaniyat), ijtimoiy hayot haqida (davlat boshqarmalari,
sud haqida) ma’lumotlar beradi. Bu kitob ko’p tillarga tarjima qilindi, boshlang’ich
ta’lim uchun 150 yildan ko’proq yaxshi darslik sifatida xizmat qiladi.
Axloqiy tarbiya. Intizom
. Komenskiy yoshligidan boshlab bolada axloq
va odob hosil qilish kerakligini aytadi. Mardlik, o’zini tuta bilish, chidamlilik, vaqt
va vaziyat talab qilganida foyda yetkazishga tayyor bo’lib turish, burchni ado
qilish kabi xislatlar fazilatdir. Shu asosiy fazilatlardan tashqari kamtarlik, mo’min-
qobillik, kishilarga xayrixohlik, pokizalik, puxtalik, xushmuomalalik, kattalarni
hurmatlash, mehnatsevarlik xislatlarni tarbiyalashni ham muhim vazifa, deb
hisoblaydi.
U quyidagilarni axloqiy tarbiya vositalari deb biladi: a) ota-ona, o’qituvchi,
o’rtoqlarining namunasi; b) bolalarga yo’l-yo’riq ko’rsatish, ular bilan suhbatlar
o’tkazish; v) bolalarni yaxshi xulqqa o’rgatishda mashqlar o’tkazish, yalqovlik,
o’ylamay ish qilishga, intizomsizlikka qarshi kurashish.
Komenskiy intizomning katta ahamiyati borligini ko’rsatib, «Intizomsiz
maktab bamisoli suvsiz tegirmondir» degan chex maqolini keltiradi. O’rta asr
maktablarida kaltak vositasi bilan o’rnatiladigan intizomga u qarshi chiqadi.
Bolalarga insoniy muomalada bo’lishni tavsiya etadi. Intizom: o’qituvchining
namuna ko’rsatishi, samimiy, ochiq xayrixohligi, o’qituvchining bolaga bo’lgan
to’g’ri munosabati (agar u bolani sevsa, uning yaxshi bo’lishini istasa, darsi
mazmunli bo’lsa, tushuntira olsa intizomlilik vujudga keladi), bolani ko’pchilik
oldida, o’rtoqlari o’rtasida oqilona maqtash yoki qoralash intizomlilikka olib
keladi, deydi.
Dostları ilə paylaş: