Komenskiy universitetni Yevropa bo’ylab sayoxat bilan tugatdi. O’z davridagi
ijtimoiy siyosiy hayot, undagi nohaqliklar, agressiy bosqinchiliklar, oddiy xalqning
ezilishi Yan Amos Komenskiyning dunyoqarashini shakllanishida muhim rol
o’ynaydi.
Uning dastlabki asari hisoblangan «Samoga xat»da dvoryanlar, arestokratlar
tomonidan ezilgan oddiy xalkning arzini bayon etadi. Maxsus xat Iusus Xristosga
yo’llangan bo’lib, insoniyatning feodal tuzumiga nisbatan arz dodi, bayon etiladi.
U o’zining «Xat» nomli asarida ezilgan, xo’rlangan, qadri qiymati poymol
etilgan xalqqa Xristos nomidan javob maktubini yozadi.
Jamiyatdagi notekisliklarni, ijtimoiy noxakliklarni yashash darajasini
o’zgartiruvchi kuchni Yan Amos Komenskiy bilim olishda deb biladi.
Ongli mavjudot bo’lish demak tadqiqot etish, aniqlash, oldindan ko’ra bilish,
ya’ni olamda mavjud bo’lgan narsalarni tushunishdir yana u «Olloh insonni bu
dunyoda yaratar ekan, uning sirlari bilan tanishtirib o’tirmaydi. Chunki uning o’zi
tanishib olishi uchun unga aql idrok berdi - deydi. U insoniyatga murojaat qiladi.
O’zlaringizni bilimli qilish uchun kurashingiz! Axir nodonlikdan yana va yana
yomonlik kelib chiqadi».
Yan Amos Komenskiy inson eng mukammal, eng go’zal mavjudod «Ajoyib
mikrokosmosdir» deb ta’lim berdi.
Yan Amos Komenskiy maktabni insonparvarlik ustaxonasi deb ataladi.
Dostları ilə paylaş: