O’zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi Al-Xorazmiy nomli Urganch Davlat universiteti «tarix» kafedrasi



Yüklə 325,8 Kb.
səhifə3/59
tarix25.12.2023
ölçüsü325,8 Kb.
#195095
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   59
O’zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi A-fayllar.org

Astronomik xronologiya osmonda bo`ladigan turli qonuniyatlarni aniq astronomik vaqt asosida o`rganadi. Tarixiy xronologiya-bu maxsus tarixiy tartib bo`lib, yozma va arxeologik manbalarni tadqiq etish asosida aniq tarixiy hodisalar va hujjatlarni belgilashdir, yoki qisqaroq aytadigan bo`lsak, turli tarixiy hodisalarni hujjatlar asosida sanasini belgilashdir. Xronologiyani o`rganishda albatta astronomik xronologiyaga murojaat qilinadi.
Xronologiya-tarixan vujudga kelgan bilimlar tizimidir. Tabiatni kuzatish, vaqtni aniqlashda qiyin matematik hisoblashlar qadimdayoq xronologiyaning paydo bo`lishiga zamin yaratdi. Xronologiya sharqning qadimgi davlatlarida, avvalo, Bobil (Mesopotamiya)da va Misrda, ayniqsa, rivojlanishi Qadimgi Yunoniston va qadimgi Rimda kuzatilgan4. Xronologiya bilan ilk shug`ullangan olimlar sirasiga qadimgi grek olimlaridan Eratosfen, Ptolemey, Kalliplarni kiritishimiz mumkin. Qadimgi Rim mutafakkirlaridan Varron, Tsenzorin va Makrobiylar ham shular jumlasiga kiradi. Eratosfen Kirenskiy (eramizgacha 276-194 yillar) taniqli qadimgi matematik bo`lib, Aleksandriya va Afinada ishlagan, Misrdagi Aleksandriya kutubxonasini boshqargan (o`z vaqtida matematika, geografiya, falsafa, filologiya, astronomya asoschilaridan biri bo`lib, qadimgi xronologiya haqidagi ishlar unga oiddir).
Taniqli grek matematigi Klavdiy Ptolomey (eramizgacha 2-asr) astronomyaga oid mashhur «Almagesta» asari muallifidir. Asar o`zida o`sha davrning butun astronomk bilimlari bayonini beradi. Ptolomey xronologiya faniga katta hissa qo`shdi. Astronomk kuzatuvlar qadimda podsholar boshqargan yillar bo`yicha qayd etilgan, Shuning uchun Ptolomey «Podsholarning xronologik qonuni»ni tuzgan.
Umuman, Ptolomeyga qadar xronologiya faniga turli sohadagi bilimlarga ega olim Mark Terenskiy Varron (eramizgacha 116-27 yillar) katta hissa qo`shdi. Rimlik yozuvchi va olim Mark Terenskiy Varron Reat shahrida boy va siyosiy yetuk oilada dunyoga keldi. (Shuning uchun uni ba`zida Varron Reatinskiy deb ham atashadi).
Varron Gney Pompey va senat tarafdori bo`lib, Pompey davrida taniqli lavozimlarni egallagan kichik kolleg-konsul bo`lib, sud ishlarini yuritgan. Konsul yo`q davrlarda uning o`rniga barcha jinoiy ishlar bo`yicha sud komissiyalarini boshqargan. Konsullar Varron davrida 8 tadan oshmagan. Varron qaroqchilarga qarshi janglarda, keyinroq Yuliy Sezar bilan jangda Gney Pompeyga qarshi kurashgan (eramizgacha 49-48 yillar). Pompey Varronga G`arbiy Ispaniya mudofaasini topshiradi, lekin Varron tezda Sezarga taslim bo`ladi. Sezar uni kechiradi va unga Rimda jamoat kutubxonasi tashkil etishni topshiradi. Keyinroq, Mark Antoniy davrida Varron qonun oldida javobgar, deb e`lon qilinadi. U zo`rg`a bundan qutuladi. Rimdagi fuqarolar urushidan so`ng Varron o`zini butunlay ilmiy faoliyatga bag`ishlaydi. Varron qomusiy olim edi. U she`riyat va ritorika, tilshunoslik, falsafa, tarix, geografiya, adabiyot va matematika tarixi, huquqshunoslik va qishloq xo`jaligi bilan shug`ullangan. U 600 dan ziyod kitob yozgan bo`lib, ularning ko`pi xronologiyaga bag`ishlangan.
Xronologiyaning keyingi istiqboli o`rta asrlarda yuz berdi. Bu davrda xronologiya bilan ko`plab yirik olimlar shug`ullandilar. Ular orasida SHarqning ajoyib qomusiy olimi Abu Rayhon Beruniy, angl-saks solnomachisi Beda Dostopochtenniy va Kirik bordir5.
Beda Dostopochtenniy (672 yoki 673-626 yillar) Nortumbriyalik monax bo`lib, uning davrida Nortumbriya Angliyaning madaniy markazi edi. B. Dostopochtenniy Uirmutda (Shu yerda tug`ilgan) va monastirlarda yashab, lotin tilida asarlar yozgan. U tomonidan yozilgan «Dunyoning olti yoshi haqida» asari o`rta asrlarning eng mashhur tarixiy xronologik manbasidir. Unda Xristos tug`ilgandan boshlab, hodisalar bayon etilgan. Shuningdek, grammatikaga oid ishlar bo`lib, Angliyaning 7-8 asrlar va undan oldingi davrning asosiy yozma manbasi hisoblanadi. Ayniqsa, uning 731 yilga qadar Britaniyaga yurishlar qilgan Yuliy Sezar haqidagi asari mashhurdir. Angliyada B. Dostopochtenniyni «ingliz tarixining otasi» deb atashadi. U G`arbdagi so`nggi o`rta asrlar davrining teorik xronologiyasi bo`yicha yirik olim sanaladi.
Tarixiy xronologiya fani rivojiga Abu Rayhon ibn Ahmad al-Beruniy (973-1048 ba`zi manbalarda 1051 yillarda) katta hissa qo`shgan. Buyuk olim Xorazmda tug`ilib, 1017-1018 yillar Mahmud G`aznaviy tarafidan G`azna shahriga olib ketilib, o`sha yerda istiqomat qilgan. Beruniy arab, fors tillarida asar yozgan. U sanskrit, grek, suriya va Qadimgi yahudiy tillarini bilgan. Uning asarlari matematika tarixi, geografiya, astranomya, fizika, mineralogiya, etnografiya haqida bo`lib, bugungi kunda ham o`z qimmatini yo`qotmagan. Beruniyning xalqlar o`rtasidagi do`stlik haqida aytgan so`zlari qimmatlidir.
Buyuk qomusiy olim asarlari orasida tarixiy asarlar, Shuningdek, tarixiy xronologiyaga oid asarlari ham mavjud. Bo’lar «O`tmish avlodlaridan qolgan yodgorliklar» va «Hindiston» asarlaridir. «Hindiston» asari 1000 yilda yozilgan bo`lib, turli asarlardagi mashhur xalqlarning to`liq ta`rifi keltirilgan. Beruniy ushbu asar uchun ma`lumotlarni Mahmud G`aznaviyning Hindistonga yurishi davrida to`plagan hind mualliflarining hisobotlari, sanalari, qadimgigrek va forslarning ma`lumotlarini keng tadqiq etish asosida yozilgan. Beruniyning buyukligi u tomonidan Sharqda birinchi bor Yerning shar shaklini-globusni yaratishidir. Uning Yana bir buyukligi Shundan iboratki, u Quyoshning yer atrofida emas, yerning Quyosh atrofida aylanishini bashorat qilganligidir.
Hozirgi paytda tarixiy xronologiyani fan sifatida XVI asrda frantsuz olimi J. Skaliger tarixiy xronologiyaga sistematizatsiya (tizim)ni olib kirib, aniq tarjima usullarini (redaktsiya, reduktsiya) ishlab chiqdi. Shuningdek, Yulian stilidagi solnomalarni ishlab chiqdi. Jozef Jyust Skaliger (5.08.1540-21.01.1609 yillar) so`nggi o`rta asrlardagi frantsuz gumanistlaridan biri bo`lib, filolog va tarixchi edi. Asli ital’yan bo`lgan Skaliger 1562 yilda kal’vinizmni qabul qilib, XVI asrning ikkinchi yarmida Frantsiyada ro`y bergan diniy urushlarda faol ishtirok etgan. Fojeali Varfolomey kechasidan keyin Skaliger Jenevaga qochib ketadi. (Bu davrda ushbu shaharni «Protestantlar Rimi» deb atashardi). Bu yerda u 1572-74 yillarda falsafadan dars beradi. Keyinroq, 1593-1606 yillarda Skaliger Leyden Universitetining professori bo`ldi. U antik davri muallif (Varron, Vergimiy, Katon va boshqa)larning asarlariga sharhlari bilan mashhur bo`ldi. Qiyosiy tilshunoslik, ilmiy xronologiya sohasidagi ishlari ham diqqatga sazovordir.
Solnomalar tavsifi haqidagi ko`plab tadqiqotlar XVII asrda frantsuz monaxi D. Petavi tomonidan amalga oshirildi. Umumiy ta`rif va xronologiya tarixini XIX asrda nemis olimi L. Idelyer, keyinroq XX asr boshlarida boshqa bir nemis olimi F. Gintsed tomonidan yaratildi.
XX asrda xronologiya sohasidagi ishlar, avvalo, alohida turdagi solnomalarni chuqurroq o`rganish va xalq kalendari asosida vaqtni belgilashga bag`ishlandi. Ko`plab ishlar qadimgi tarixdagi solnomalarni hozirgi sistematizmga o`girish, mashhur manbalar asosida boshqaruv yillarini, masalan, fir`avnlar (Misr), anxondlar (Afinada), konsul va imperatorlar (Rimda), Rim papasi, Patriarxlar faoliyatini aniqlashdir. Tarixiy xronologiyaning rivojlanishida uning arxeologiya va boshqa aniq fanlar bilan aloqasi muhim ahamiyatga egadir. Yana ko`proq tarixiy xronologiyada informatsion hisoblash texnikalarining qo`llanishi ham ahamiyatlidir.
Xronologiya tarixiy fanlarning rivojlanishi natijasida vaqtni o’rganadigan fan sifatida XVI asrda vujudga keldi. Xronologiya ilm sifatida Bobil, Misr, Yunoniston va Rimda shakllandi. O’rta asrlarda xronologiyaning rivojlanishiga O’rta Osiyolik olimlar ham o’z hissalarini qo’shdilar. Abu Rayhon Beruniyning “Al-osor al-boqiya ani-l-holiya” (O’tmish xalqlardan qolgan yodgorliklar), “Qonuni Mas'udiy” asarlarida xronologiya faniga oid ko’plab ma'lumotlar berilgan. Umar Hayyom kalendari esa mukammallik jihatidan Grigoriy kalendaridan ham ustun turadi. 1935 yilda Oliy o’quv yurtlarida tarix fakultetlari ocqilgandan keyin boshqa tarixning yordamchi fanlari qatorida talabalarga xronologiya fani ham o’qitila boshlandi.
Xronologiya - yordamchi tarix fanlaridan biri bo’lib, u vaqt to’g’risidagi fandir. Xronologiya so’zi grekcha so’z bo’lib, “xronos” – vaqt, “logos”- fan, ya'ni vaqtni o’rganish haqidagi fan deganidir. Xronologiya vaqtlarni o’rganish, hisoblash haqidagi fan sifatida ikki qismga bo’linadi, bo’lar astronomk (matematik) xronologiya va tarixiy xronologiyadir. Astronomk (matematik) xronologiya osmon jismlarining siljishi to’g’risidagi aniq astronomk davrlarning vaqtini aytib berish uning vazifasi hisoblanadi.
Tarixiy xronologiya tarixiy taraqqiyot davomida vaqtni hisoblash sistemasini o’rganadi, ularning o’zaro bog’liqligini, vaqtlarni bir hisob sistemasidan ikkinchisiga aylantirish uslublarini ishlab chiqadi. Tarixiy xronologiya yuqoridagi hisoblash sistemasidan tarixiy vaqtlarni hisoblashda amalda foydalanadi va tarixiy manbalardagi sanalarning aniqligini tarixiy tahlil qiladi.
Insoniyatning xo’jalik hayotidagi ehtiyoji vaqtni hisoblash zaruratini yuzaga keltirdi. Qadimda vaqtni hisoblashda tabiatning doimiy takrorlanib turuvchi hodisasi bo’lgan sutka, tun, kun, oy fazalarining o’zgarishi, erning yillik aylanma harakatidan foydalanilgan. Asta-sekin vaqtni aniq hisoblashga bo’lgan ehtiyoj yuzaga keldi. Buning uchun osmon jismlar harakatini, umuman astronomyani bilish zarur edi. Bundan tashqari yana bir vazifani, kun, oy, yillar o’rtasidagi farhlarni aniqlash zarurati ham tug’ildi. Buning uchun esa matematik hisob-kitobni puxta bilish lozim edi.
Xronologiya bilim sohasi rivojlanishiga qadimgi Yunoniston va Rim olimlari Erot Kalipp, Gipparx, Varron, Ptolomeylar katta hissa qo’shganlar.

Yüklə 325,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin