O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti filologiya fakulteti



Yüklə 88,85 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/10
tarix07.01.2024
ölçüsü88,85 Kb.
#206838
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
LINGVISTIKA DASTUR MAGISTRATURA dastur

 
2. Matn tilshunosligi 
Matn tilshunosligining fan sifatida shakllanishi. 
Matn tilshunosligi fanining 
yuzaga kelishi. Matn muammosi. Matn va uning maqomini belgilash. Matn eng asosiy 
kommunikativ birlik sifatida. Matnning yondosh hodisalarga munosabati. Matn 
alohida tadqiq birligi sifatida. Fonema-leksema-morfema-gap-matn iyerarxiyasi 


haqida. Matnning lingvistik birlik sifatida tildagi sistemaviy qonuniyatlardan chetda 
bo‘la olmasligi. Til va nutq dixotomiyasida matn. Matnga sof nutqiy birlik sifatida 
yondashish. Matn nafaqat nutq birligi, balki til birligi ham ekanligi. Bunday farazning 
falsafiy-metodologik asoslari. Fanning o‘rganish predmeti, maqsad va vazifalari. 
 
Jahon tilshunosligida matn kategoriyasining o‘rganilishi. Chex tilshunosligida
matn lingvistikasi muammolari. Rus tilshunosligida matn lingvistikasi fanining paydo 
bo‘lishi. I.R.Galperin, K.Kojevnikova, Y.A.Referovskaya, G.Y.Solganik, V.G.Gak, 
M.V.Lyapon, O.I.Moskalskaya, A.A.Metsler, O.L.Kamenskaya va boshqalarning 
tadqiqotlari. 
O‘zbek tilshunosligiga matn nazariyasining olib kirilishi. N.M.Turniyozov,
A.Mamajonov, E.Qilichevlarning bu boradagi qarashlari. M.Hakimov, M.Yo‘ldoshev, 
S.Boymirzayeva, D.Xudoyberganovalarning matn muammosiga bag‘ishlangan 
tadqiqotlari. 
Matnning lingvistik tavsifi. 
Til sistemasida matnning tutgan o‘rni. Matnning 
ta’rifi masalasi. Jahon tilshunosligidagi matnga berilgan ta’riflar tahlili. O‘zbek 
tilshinosligidagi matnga berilgan ta’riflar tahlili. Matnning yozma shakli. Matnning 
og‘zaki shakli.
Matnning tarkibiy qismlari va bog‘lovchi vositalar. 
Gap, qo‘shma gap, 
murakkab tuzilmali gaplar; supersintaktik birliklar, period, abzas tushunchalari. 
Ularning o‘zaro munosabati. So‘z, gap va matn. Matn birliklarining semantik-
grammatik jihatlari. Matn birliklarini kengaytirish: kirish so‘zlar, kirish gaplar
ajratilgan bo‘laklar, uyushiq bo‘laklar, undalmalar, takrorlardan foydalanish. 

Ohang. Bog‘lovchisiz gaplarda, uyushiq bo‘laklar, ajratilgan bo‘laklar, 


undalmalarda ohangning o‘rni; teng va ergashtiruvchi bog‘lovchilar, yuklamalar, nisbiy 
so‘zlar, fe’l shakllari; makon va zamon ifodalovchi so‘zlar, sanalar, joy nomlari, alohida 
yirik shaxslar, mamlakatlar; atoqli otlar, okean, dengiz, ko‘l, daryo, tog‘ yoki boshqa 
yirik inshootlar, ayrim olmoshlar, rasmiy hujjatlar va shaxslar, shuningdek, turli boshqa 
vositalar: kasb, amal, katta, olamshumul voqealar. 

Yüklə 88,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin