O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti ishanova m



Yüklə 1,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/78
tarix23.03.2022
ölçüsü1,24 Mb.
#54058
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   78
fayl 773 20210505

Avtoritar  uslubda  faoliyat  olib  boradigan  o‘qituvchi  ish  faoliyati  va 
xarakterida quyidagi xususiyatlar mujassamlashgan bo‘ladi: 
o‘zi yakka holda guruh faoliyatining yo‘nalishlarini belgilaydi; 
o‘zi o‘quvchilarga ko‘rsatmalar va buyruqlar beradi
ta’lim-tarbiyaviy jarayonga javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi
o‘quvchilarning unga so‘zsiz bo‘ysunishini da’vo qiladi; 
qattiq intizom asosida ish olib boradi
topshiriqlarning to‘liq bajarilishini talab qiladi; 
gap qaytargan, fikr bildirgan o‘quvchini yoqtirmaydi; 


132 
 
aytgan tashakkuri ham buyruqdek chiqadi, so‘zlari qattiq va qo‘pol; 
o‘quvchilarga biror muammoni to‘liq tushuntirmasdan talab qiladi. 
Avtoritar  uslublarda  pedagogik  faoliyat  olib  boruvchi  o‘qituvchi  “Mening 
aytganim  aytgan,  deganim  degan”  shaklidagi  tamoyil  asosida  pedagogik  faoliyat 
olib  boradi.  U  sinf  jamoasi  bilan  muloqotga  kirishishda  quyidagi  uslublarni 
qo‘llaydi:  buyruq,  ko‘rsatma  berish,  qattiqqo‘llik  bilan  ishlash,  tarbiyaviy  jazo 
turlarini tez-tez qo‘llash. O‘qituvchi o‘quvchilar bilan muloqot jarayoniga qo‘pol, 
dag‘al,  do‘q-po‘pisa,  majbur  etish,  qo‘rqitish,  cho‘chitish  orqali  kirishadi.  Ushbu 
uslub  o‘qituvchi  asab  tizimini  doimiy  taranglashib  yurishiga  sabab  bo‘lib,  uning 
sog‘ligiga  putur  etkazishi  mumkin.  Natijada  o‘qituvchi  tez  charchaydi.  Avtoritar 
usulning  ijobiy  tomonlari  ham  bor:  ya’ni,  ular  faqat  favqulodda  vaziyatlar 
jarayonida  ishlatilishi  (yong‘inda,  suv  toshqinida,  aholini  evakuatsiya  qilishda) 
mumkin.  O‘qituvchi  muloqotining  ushbu  uslubda  boshqarilishi  sinf  jamoasini 
tarqoqlikka, hamjihatlikning buzilishiga olib keladi. 

Yüklə 1,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin